-
248 -
kompaniyalar banklar bo‘lmasada, ammo nega ular kreditlar bilan
shug‘ullanishadi? Ularning bunday istaklariga bir necha sabablar bor.
Avvalo bozordan ko‘ra past narxda kreditlash imkoniyati ba’zi
mijozlar uchun xizmatlar haqini pasaytirish imkonini beradi. Misol
tariqasida avtomobil ishlab chiqaruvchilarini ko‘rib chiqaylik. Moliya
bo‘limi hamma avtomobillar narxini past ushlamasdan, ular yomon
kredit imkoniyatiga ega mijozlarni qiziqtiruvchi, ammo yaxshi kredit
imkoniyatiga ega xaridorlar uchun jozibador bo‘lmagan kredit
shartlarini ishlab chiqishadi. Shu tariqa, yomon kredit imkoniga ega
xaridolrlar chegirma narxlarda mahsulot sotib olishga imkoniyatlari
etadi.
Ikkinchidan, mahsulot yetkazib beruvchi o‘z mijozi bilan
aloqalarni saqlab qoladi, mijozining kredit imkoniyatlari haqida
bankdagilardan ko‘ra ko‘proq ma’lumotga ega bo‘ladi. Shu bilan
birga, mahsulot yetkazib beruvchi agar tovar puli o‘z vaqtida
to‘lanmasa, keyin boshqa tovar yetkazib bermaslik ehtimoli bilan
“qo‘rqitib”, mijoz to‘lovlari ishonchlilik darajasini ham oshirib boradi.
Va nihoyat, xaridor defolt bo‘lgan taqdirda, ta’minotchi tovarlarni
garov sifatida ushlab qolishi mumkin. Bu kabi inventarizatsiya
begonadan ko‘ra mijoz bilan bevosita ishlaydigan ta’minotchilar,
jumladan, sanoatdagi ta’minotlar uchun juda katta ahamiyatga ega.
Firmaning kreditor va debitor qarzlari davomiyligi muddatiga
hissa qo‘shuvchi omillardan biri bu naqd pul berilganidan boshlab, pul
haqiqatda firma hisobiga tushgan payt orasidagi kechikishdan iborat.
Bunday kechikish aylanma kapitalga bo‘lgan talabga o‘z ta’sirini
ko‘rsatadi.
Dostları ilə paylaş: