7. Sof joriy qiymat ( NPV )ni aniqlangan holatlardan qaysi birida loyiha amalga oshirish uchun qabul qilinadi? a)
NPV ˃ 0 holatida;
b)
NPV ≥ 0 holatida;
d)
NPV ˂ 0 holatida;
e)
NPV ≤ 0 holatida.
8. Investitsiyalar samaradorligini baholashda keng foydalani- ladigan koʻrsatkichlardan biri keltirilgan javobni belgilang. a) daromadlilikning ichki me’yori;
b) bitta aksiyaga toʻgʻri keladigan daromad miqdori;
d) qayta moliyalash stavkasi;
e) inflyatsiya darajasi;
9. NPV nolga teng boʻlganda investitsion loyiha boʻyicha pul oqimlarining sof joriy qiymatini aniqlashga xizmat qiluvchi diskontlashning koeffitsientlari yoki foiz stavkalarini anglatadigan koʻrsatkichni belgilang. a)
IRR; b)
fc; d)
EPS; e)
CIF.
-
243 -
10.
IRR qanday holatda loyiha amalga oshirish uchun qabul
qilinadi?
a)
IRR ˃ r; b)
IRR ˃ NPV; d)
IRR ˂ r; e)
IRR ≠ r.
-
244 -
XVI BOB. KORPORATIV TUZILMALARDA AYLANMA KAPITAL 16.1. Aylanma kapitalning iqtisodiy mohiyati, ahamiyatli jihatlari Korporativ tuzilmalar faoliyatida aylanma kapital bevosita muhim
ahamiyatga ega hisoblanadi. Chunki aynan aylanma kapital ham
korporativ tuzilma moliyaviy-xo‘jalik faoliyati uzluksizligini
ta’minlashga xizmat qiladi. Aylanma kapital qisqa muddatli aktivlar,
shuningdek majburiyatlarni o‘z ichiga oladi. Umumiy olganda “Sof
aylanma kapital – biznesni yuritish uchun qisqa muddatga talab
qilinadigan kapital hisoblanadi”.
37
Aksariyat loyihalar firmaning sof aylanma kapitaliga investitsiya
qilishini talab qiladi. Sof aylanma kapitalning tarkibiy qismlari pul
mablag‘lari, moddiy zaxiralar (inventar), debitor qarzdorlik va
kreditor qarzdorlikdan iborat. Aylanma kapital o‘zida korporativ
tuzlima kundalik faoliyatini yuritish uchun zarur bo‘lgan naqd pulni
ham o‘z ichiga oladi.
Aylanma kapital darajasi ishlab chiqarish jarayonining avvalida
pulning firmadan chiqib, keyin unga qaytib kelishi oralig‘idagi vaqt
uzunligini o‘zida aks ettiradi. Kompaniya avval mahsulot yetkazib
beruvchilardan xomashyo yoki tayyor mahsulot shaklida moddiy
vositalar sotib oladi. Firma, odatda moddiy vositalarni qarzga sotib
oladi, ya’ni firma sotib olish vaqtida zudlik bilan pul berish
imkoniyatiga ega bo‘lmaydi. Moddiy vositalar hatto tayyor mahsulot
bo‘lsa ham, savdo peshtaxtalarida ma’lum bir vaqt turib qoladi. Nihoyat,
moddiy vosita sotilganda, firma naqd pul tushishini kutib o‘z
xaridorlariga tovarni qarzga berishi mumkin. Firmaning
pul aylanmasi 37
Jonathan Berk, Peter DeMarzo. Corporate finance. USA: Pearson, 2014. P. 886.
-
245 -
– bu firmaning dastlabki moddiy vositani sotib olish uchun pul to‘lashi
va mahsulot sotilganidan keyin pul tushgan davr oralig‘idagi vaqt bilan
o‘lchanadi.
Firmaning