-
252 -
nisbatan arzonroqligi bilan izohlanadi. Tijorat kreditining xarajati
kredit shartlariga bevosita bog‘liq. Qancha yuqori chegirma taklif
qilinsa, kredit xarajati shunchalik katta bo‘ladi. Yuqorida ta’kidlangan
chegirma qisqa muddatli kredit taklif etilganda balandroq bo‘ladi.
Kompaniya ikkita turli xil ta’minotchining qaysi biridan tijorat krediti
olishni tanlaganda, tabiiyki, eng arzoniga murojaat qiladi. Yana shuni
qo‘shimcha qilish kerakki, firma iloji boricha qarzni uzish
muddatining eng oxirgi kunida to‘lovni amalga oshiradi. Misol uchun,
agar chegirma tatbiq etiladigan muddat - 10 kun bo‘lsa
va firma
chegirmadan foydalansa, to‘lov 10 kun ichida amalga oshirilishi
lozim, 2 kun ichida emas. Agar chegirma qabul qilinmasa va “2/10,
Net30” shartlariga muvofiq harakat qilinsa, to‘lov 30-kuni amalga
oshiriladi, 16-kuni emas. Toki ta’minotchilar bilan munosabatlar
buzilmas va o‘rtadagi munosabatlarga putur yetmas ekan, firma o‘z
pulini iloji boricha saqlab qolishi va ularni o‘ziga
ishlashga majbur
qilishi lozim. Mazkur bo‘limda biz firmalar o‘z kreditorlik
qarzdorliklarini nazorat qilish uchun foydalaniladigan ikkita uslubni
ko‘rib chiqamiz.
Kreditorlik qarzlarining qaytarilish kunlarini aniqlash. Bu ham
debitorlik qarzlari bilan muomalaga o‘xshab ketadi. Firma qarzlari
yuzasidan to‘lovlarni eng optimal vaqtda amalga oshirishi uchun
o‘zining kreditorlik qarzdorligi holatini monitoring qilib borishi kerak.
Bunda to‘lov muddati kechikayotgan kreditorlik qarzlari kunlarini
hisoblab chiqarish va ularni kredit muddatlariga solishtirish kerak.
To‘lanmagan kreditorlik qarzlari muddati – bu balansdagi kreditorlik
qarzi yuzaga kelgan muddat va to‘lov muddati orasidagi farqdan kelib
chiqib aniqlanadi. Agar kreditorlik qarzi yuzaga kelganiga 40 kun
bo‘lgan bo‘lsa va kredit sharti “2/10, Net30” bo‘lsa,
firma umuman
olganda bu to‘lovni kechiktirish mumkin deb hisoblaydi va
ta’minotchi bilan yuz berishi mumkin bo‘lgan muammolarga risk
qiladi va aksincha, kreditorlik qarzi yuzaga kelgan muddat 25 kunni
tashkil etsa, firma chegirmani olmagan hisoblanadi va qolgan 5
kunning oxirgi sanasida to‘lovni amalga oshiradi.
-
253 -
Muddati o‘tgan kreditorlik qarzini boshqarish ham qarzdor
oldidagi murakkab masalalardan biri hisoblanadi. Ayrim firmalar
to‘lovlarni amalga oshirish vaqtini inobatga
olmaydilar va ularni
kechiktirib to‘laydilar. Bu amaliyotda muddati o‘tgan kreditorlik qarzi
deyiladi. Masalan, 2/10, Net 30 ko‘rsatkichlari berilgan taqdirda,
firma 45 kun o‘tmaguncha to‘lovni amalga oshirmaslikni tanlashi
mumkin. Ushbu amallar natijasida tijorat kreditining xarajatlari
kamayadi. Chunki firma tomonidan mablag‘larni ishlatish muddati
uzayadi. Kredit stavkasi ushbu davr mobaynida bir xil bo‘lishi bilan
bir qatorda $2/$98=2.04 foiz, firma hozirda $98 AQSH dollarini 35
kun mobaynida imtiyozli davrdan tashqari muddatda ishlatadi,
vaholanki tijorat krediti shartlariga muvofiq ushbu muddat 20 kun etib
belgilab qo‘yilgan.
Tijorat krediti bo‘yicha muddati o‘tgan muddati o‘tgan kreditorlik
qarzi qiymatini aniqlash bo‘yicha misol ko‘rib chiqamiz.
Agarda firma kreditorlik qarzdorligini 60 kungacha cho‘zsa, 1/15,
Net 40 shartlarda berilgan Kreditning
eng maqbul yillik qiymati
qanday bo‘ladi?
Kredit foizi berilgan davr uchun $1/$99=1.01 foiz. Agar firma
to‘lovni 60-kungacha kechiktirsa, u mablag‘lardan imtiyozli davrdan
tashqari 45 kun davomida foydalanadi. 365/45=8.11 45 kunlik davr
bir yil ichida. Shunday qilib, maqbul yillik foizlar quyidagicha
(1.0101)8.11 – 1 =8.49%.
Shuningdek firmalar to‘lovni o‘ttizinchi
kuni amalga oshirib,
faqat chegirmali narxni to‘lashlari mumkin. Ayrimlar faqat chegirmali
narx to‘lovini amalga oshirishi mumkin va hatto o‘ttizinchi kundan
keyin ham to‘lashlari mumkin. Ushbu harakatlar bir tomondan tijorat
kreditining yillik foizlari kamaytirsa, ikkinchi tomondan firma ushbu
harakatlar natijasida qo‘shimcha xarajatlarga ham duch kelishi
mumkin. Yetkazib beruvchilar naqd pulda ishlar / xizmatlar yetkazib
berilganda to‘lash yoki naqd pulda oldindan to‘lash kabi shartlarni
joriy qilish orqali to‘lovlarni doimiy ravishda kechiktirib amalga
oshiradigan firmalarga nisbatan chora ko‘rishlari mumkin. To‘lovlarni
kechiktirgan firma ushbu holatda qo‘shimcha harajatlarga duch keladi
-
254 -
hamda to‘lovlarni amalga oshirish uchun yetarlicha naqd pulga ega
bo‘lish uchun kredit olish masalasida bank bilan muzokara qilishiga
to‘g‘ri kelishi mumkin. Yetkazib beruvchi shu bilan birga huquqbuzar
mijoz bilan biznes munosabatlarga chek qo‘yishi,
mijoz esa boshqa
manba izlashi, u esa nisbatan qimmatli yoki sifati past bo‘lishi
mumkin. Firma kredit reytingining pastligi boshqa istalgan yetkazib
beruvchi bilan yaxshi shartlarda mahsulotlarni sotib olishga
qiyinchilik tug‘dirishi mumkin. Bundan tashqari, firma sotuvning
shartlariga uzil-kesil rozi bo‘lganidan so‘ng, kelishilgan shartnoma
shartlarini buzish ko‘pchilik odamlar ongida biznes etikasiga to‘g‘ri
kelmaydigan munosabatlarni shakllantiradi.
Dostları ilə paylaş: