Oʻzbekiston respublikasi oliy va oʻrta maxsus ta’lim vazirligi toshkent moliya instituti


Moliyaviy risklarning asosiy turlari



Yüklə 15,56 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə119/186
tarix14.12.2023
ölçüsü15,56 Kb.
#176885
1   ...   115   116   117   118   119   120   121   122   ...   186
Дарслик Korporativ moliya (2)

Moliyaviy risklarning asosiy turlari 
Moliyaviy barqarorlik pasayish riski (moliyaviy rivojlanish muvo-
zanati buzilish riski)
. Bu risk kapital tarkibi mukammal emasligi 
(foydalaniladigan qarz mablagʻlari ulushi haddan tashqari oshib 
ketishi), pul oqimlari kirimi va chiqib ketishining miqdor jihatdan 
oʻzaro balanslashmaganligi natijasida yuzaga keladi. Bu riskning 
tabiati va yuzaga kelish shakllari moliyaviy leverij amal qilish 
mexanizmida koʻrib chiqiladi. Moliyaviy risklar tarkibida xavflilik 
Moliyaviy 
barqarorlik 
pasayish riski 
Toʻlovga 
layoqatsizlik 
riski 
Investitsion risk 
Inflyatsion risk 
Foiz riski 
Valyuta riski 
Depozit riski 
Kredit riski 
Soliq riski 
Innovatsion 
moliyaviy risk 
Kriminogen risk 
Risklarning boshqa 
turlari 
 
Moliyaviy 
risklar turlari 



258 - 
darajasi (korxona bankrotligini tezlashtirishi) boʻyicha bu risk turi 
yetakchi rol oʻynaydi. 
Toʻlovga layoqatsizlik riski (yoki balanslashmagan likvidlik 
tamoyili. 
Bu risk korporativ tuzilmada pul oqimlari sinxronligi 
buzilishi natijasida aylanma aktivlar likvidlilik darajasi pasayishi 
oqibatida yuzaga keladi. Oʻz moliyaviy oqibati boʻyicha bu risk turi 
eng xavfli risklar qatoriga kiradi. 
Investitsion risk. 
U korporativ tuzilmaning investitsion faoliyatni 
amalga oshirishi jarayonida moliyaviy yoʻqotishlar paydo boʻlishi 
mumkinligini izohlaydi. Bu faoliyat turi bilan mos ravishda 
investitsion risklar real investitsiyalash risklariga va moliyaviy 
investitsiyalash risklariga ajratiladi. Barcha koʻrib chiqilayotgan 
moliyaviy risklar turlari investitsion faoliyatni amalga oshirish bilan 
bogʻliq boʻlib “murakkab risklar” deb nomlanuvchi oʻz navbatida 
kichik turlarga ajraluvchi risklar qatoriga kiradi. Misol uchun, real 
investitsiyalash risklari tarkibiga investitsion loyihalarning oʻz vaqtida 
tayyor boʻlmasligi riski, loyiha-konstruktorlik ishlarining oʻz vaqtida 
tugallanmasligi riski, qurilish-montaj ishlarining oʻz vaqtida 
tugallanmasligi riski, investitsion loyiha boʻyicha moliyalashtirishning 
oʻz vaqtida ochilmasligi riski, loyiha samaradorligi pasayishi bilan 
bogʻliq loyiha investitsion jalb qiluvchanligi yoʻqolishi riski va shu 
kabilar kiritilishi mumkin. Investitsion risklar tarkibiga kiruvchi 
barcha moliyaviy risklar kichik turlari korxona kapitali boʻyicha 
mumkin boʻlgan yoʻqotishlar bilan bogʻlangan. Ular ham eng xavfli 
moliyaviy risklar guruhiga kiritiladi. 
Inflyatsion risk. 
Inflyatsion iqtisodiyot sharoitida bunday risk turi 
moliyaviy risklarning mustaqil turi sifatida qaraladi. Inflyatsion risk 
kapitalning real qiymati, shuningdek, inflyatsiya sharoitida moliyaviy 
operatsiyalarni amalga oshirishdan kutilgan daromadlar qadrsizlanishi 
mumkinligi bilan tavsiflanadi. Shunday ekan, risklarning bu turi 
hozirgi sharoitda doimiy e’tiborni talab qiladi va korxonaning barcha 
moliyaviy operatsiyalariga yoʻldosh boʻladi va korporativ moliyani 
boshqarishda doimiy diqqat e’tibor qaratilishini talab etadi. 



259 - 
Foiz riski. 
Bu risk turi moliya bozoridagi foiz stavkalarining 
kutilmagan oʻzgarishlari (depozit va kredit stavkalari boʻyicha) 
natijasida yuzaga keladi. Mazkur moliyaviy risk turi paydo boʻlish 
sabablari (agarda inflyatsion risk ta’siri boʻlmasa) sifatida davlatning 
tartibga solish siyosati ta’siri ostida moliya bozori kon’yunkturasi 
oʻzgarishi, boʻsh pul mablagʻlariga taklifning oʻsishi yoki pasayishi va 
boshqa omillar koʻrsatib oʻtiladi. Bu risk turining salbiy moliyaviy 
oqibatlari korxona emission faoliyatida (aksiya va obligatsiyalar 
emissiyasi boʻyicha), uning dividend siyosatida, qisqa muddatli 
moliyaviy qoʻyilmalarida va ba’zi boshqa moliyaviy operatsiyalarida 
koʻzga tashlanadi. 
Valyuta riski. 
Bu risk turi tashqi iqtisodiy faoliyatda oʻziga xos 
boʻlgan korxonalarda (xomashyo, materiallar, yarim tayyor 
mahsulotlar import qiluvchi hamda tayyor mahsulot eksport qiluvchi 
korxonalarda) kuzatiladi. Valyuta riski korxona tashqi iqtisodiy 
operatsiyalarida foydalaniladigan xorijiy valyuta ayirboshlash 
kursining 
oʻzgarishi 
bevosita 
ta’siri 
natijasida 
kutilgan 
daromadlarning va bu operatsiyalardan kutilgan pul oqimlarining 
toʻliq olinmasligida koʻrinadi. Bunda xomashyo va materiallar importi 
boʻyicha mos xorijiy valyuta ayirboshlash kursining milliy valyutaga 
nisbatan oshishidan korxona yutqazadi. Bu kursning pasayishi tayyor 
mahsulot eksporti boʻyicha korxona moliyaviy yoʻqotishiga sabab 
boʻladi. 
Depozit riski. 
Bu risk depozit omonatlarining qaytmasligi (depozit 
sertifikatlarining qoplanmasligi) mumkinligida aks etadi. Depozit 
risklari nisbatan kutilmaganda va korxona depozit operatsiyalarini 
amalga oshirish uchun tijorat bankini notoʻgʻri baholash hamda 
muvaffaqiyatsiz tanlash bilan bogʻliq hollarda uchraydi. Depozit 
riskining yuzaga kelish holatlari rivojlangan mamlakatlar amaliyotida 
kamdan-kam holatlarda uchraydi. 
Kredit riski
korxona moliyaviy faoliyatida xaridorlarga tijorat 
krediti yoki iste’mol krediti taqdim etilgan holatlarda uchraydi. Kredit 
riskining yuzaga kelish kreditga berilgan tayyor mahsulot uchun 



260 - 
toʻlov amalga oshirilmasligida yoki oʻz vaqtida hisob-kitoblar 
qilinmasligida koʻzga tashlanadi. 
Soliq riski. 
Moliyaviy riskning bu turi quyidagilarda aks etadi: 
xoʻjalik faoliyatining alohida yoʻnalishlarini amalga oshirishga yangi 
soliqlar va ularga tenglashtirilgan toʻlovlar joriy etish ehtimoli; 
amaldagi soliqlar va majburiy ajratmalar stavkalarining oshish 
ehtimoli; alohida soliq toʻlovlari muddatlari va shart-sharoitlari 
oʻzgarishi; korxona xoʻjalik faoliyati sohasiga taqdim etilgan soliq 
imtiyozlarining bekor qilinishi, soliq tekshiruvlari va boshqalar. 
Korxonalar uchun bunday risklarni oldindan baholash imkoniyati 
mavjud boʻlmaganligi sababli ular moliyaviy faoliyat natijalariga 
jiddiy ta’sir koʻrsatadi.

Yüklə 15,56 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   115   116   117   118   119   120   121   122   ...   186




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin