Oʻzbekiston respublikasi oliy va oʻrta maxsus ta’lim vazirligi toshkent moliya instituti


 Moliyaviy risklarni neytrallashtirishning ichki



Yüklə 15,56 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə122/186
tarix14.12.2023
ölçüsü15,56 Kb.
#176885
1   ...   118   119   120   121   122   123   124   125   ...   186
Дарслик Korporativ moliya (2)

 
17.3. Moliyaviy risklarni neytrallashtirishning ichki 
mexanizmlari 
Amaliyotda 
korxonalar 
miqyosida 
moliyaviy 
risklarni 
neytrallashtirishning ichki va tashqi mexanizmlari keng qoʻllaniladi. 
Bunda moliyaviy risklarni neytrallashtirishning ichki mexanizmlari 
sifatida risklardan qochish, moliyaviy operatsiyalar boʻyicha 
chegaralar belgilash, xedjirlash, diversifikatsiyalash, risklarni 
taqsimlash va boshqa metodlarni keltirish mumkin. 
Risklardan qochish
amaliyotida korxona tomonidan quyidagilarga 
e’tibor qaratiladi: 
- risklilik darajasi yuqori boʻlgan moliyaviy operatsiyalardan voz 
kechish; 
- shartnoma majburiyatlarini tizimli ravishda buzib kelayotgan 
hamkorlardan voz kechish; 



265 - 
- yuqori miqdordagi qarz kapitalidan foydalanishdan voz kechish; 
- past likvidli aylanma aktivlardan yuqori darajada foydalanishdan 
voz kechish; 
- vaqtincha boʻsh pul mablagʻlaridan qisqa muddatli moliyaviy 
investitsiyalarda foydalanishdan voz kechish. 
Operatsiyalar boʻyicha chegaralar belgilash
amaliyotida esa 
quyidagilarga e’tibor qaratiladi: 
- qarz mablagʻlaridan foydalanish boʻyicha chegara belgilash (oʻz 
mablagʻlariga nisbatan); 
- yuqori likvidli aktivlar minimal chegarasini belgilash
- iste’mol va tijorat kreditlarining bitta xaridor boʻyicha maksimal 
miqdorini belgilash; 
- bitta bankka joylashtirish mumkin boʻlgan maksimal depozit 
miqdorini belgilish; 
- emitentlarga nisbatan qimmatli qogʻozlar boʻyicha maksimal 
moliyaviy qoʻyilmalar miqdorini belgilash; 
- debitorlik qarzi boʻyicha maksimal muddatni belgilash.
Xedjirlash
orqali 
moliyaviy 
risklarning 
oldini 
olish 
quyidagilardan foydalanish orqali amalga oshiriladi: 
- fyuchers shartnomalaridan foydalanish orqali xedjirlash; 
- opsionlardan foydalanish orqali xedjirlash; 
- svop operatsiyalaridan foydalanish orqali xedjirlash. 
Diversifikatsiyalash 
amaliyoti bevosita risklarni taqsimlash 
imkoniyatini yuzaga keltiradi va bu jarayon quyidagilar orqali amalga 
oshirilishi mumkin: 
- moliyaviy faoliyat turlarini diversifikatsiyalash; 
- valyuta portfelini diversifikatsiyalash; 
- depozit portfelini diversifikatsiyalash; 
- kredit portfelini diversifikatsiyalash; 
- qimmatli qogʻozlar portfelini diversifikatsiyalash; 
- real investitsiyalash dasturlarini diversifikatsiyalash. 
Risklarni taqsimlash
moliyaviy operatsiya ishtirokchilari oʻrtasida 
amalga oshiriladi va bu amaliyot quyidagi jarayonlarda tashkil etilishi 
mumkin:
- risklarni investitsion loyiha ishtirokchilari oʻrtasida taqsimlash



266 - 
- xomashyo va materiallar boʻyicha risklarni mol yetkazib 
beruvchilar va xaridor oʻrtasida taqsimlash; 
- lizing munosabatlarida asosiy vosita ma’naviy eskirishini lizing 
oluvchi va lizing beruvchi oʻrtasida taqsimlash. 
Shuningdek, moliyaviy risklarni neytrallashtirishning ichki 
mexanizmlaridan 
hisoblanuvchi 
boshqa 
metodlar 
sifatida 
quyidagilarni ham keltirish mumkin: 
- moliyaviy jarimalar yoki chegirmalar qoʻllash; 
- kafolatlar olish; 
- fors-major holatlari roʻyxatini qisqartirish. 

Yüklə 15,56 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   118   119   120   121   122   123   124   125   ...   186




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin