Oʻzbekiston respublikasi oliy va oʻrta maxsus ta’lim vazirligi toshkent moliya instituti


 Opsion shartnomalarida bazaviy aktivlar



Yüklə 15,56 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə130/186
tarix14.12.2023
ölçüsü15,56 Kb.
#176885
1   ...   126   127   128   129   130   131   132   133   ...   186
Дарслик Korporativ moliya (2)

18.3. Opsion shartnomalarida bazaviy aktivlar 
Opsion shartnomalarida bazaviy aktivlar sifatida aksiyalar, valyu-
talar, fond indekslari, fyucherslar olinadi. 
Aksiyalar boʻyicha opsionlar
yoki 
fond opsionlari
(
stock options

Chikago opsion birjasida, Filadelfiya fond birjasida (www.fhlx.com), 
Amerika fond birjasida (www.amex.com), Tinch okeani fond birjasi 
(www.pasifex.com) va Xalqaro qimmatli qogʻozlar birjasida 
(www.iseoptions.com) kotirovkalanadi. Opsionlar 1000 dan ortiq turli 
xil aksiyalar boʻyicha tuziladi. Bitta kontrakt uning egasiga 100 ta 
aksiyani belgilangan ijro etilish bahosi boʻyicha sotish yoki sotib olish 
huquqini beradi. Bunday shartnoma miqdori aksiyalarning oʻzi uchun 
ham qulay, qoidaga koʻra 100 dona aksiya boʻyicha lotlar sotiladi. 



279 - 
Xorijiy valyutalar boʻyicha opsionlar
ning katta qismi Filadelfiya 
fond birjasida kotirovkalanadi. U yerda turli xil xorijiy valyutalarni 
oldi-sotdisi boʻyicha Yevropa va amerika opsionlari kotirovkalanadi. 
Bitta shartnoma miqdori valyuta turiga bogʻliq. Masalan, Britaniya 
funt sterlingi boʻyicha bitta opsion shartnomasi uning egasiga 31250 
funt sterling sotib olish yoki sotish huquqini beradi. Yapon ieni 
boʻyicha bitta opsion shartnomasi esa 6,25 million ien sotib olish yoki 
sotish huquqini taqdim etadi.
Butun dunyo boʻyicha turli xil 
fond indekslariga opsionlar
yoki 
indeksli opsionlar (index option)
kotirovkalanadi. Ulardan keng 
tarqalganlari sifatida S&P 500 (SPX), S&P 100 (OEX), Nasdaq 100 
(NDX) va Dou-Jons (DJX) indekslariga opsion shartnomalarini 
keltirish mumkin. Fond indekslari boʻyicha opsionlar ham Yevropa va 
amerika opsionlariga boʻlinadi. Masalan, S&P 500 (SPX) boʻyicha 
opsion Yevropa opsioni, S&P 100 (OEX) boʻyicha opsion esa amerika 
opsioni hisoblanadi. Bitta shartnoma uning egasiga indeksning 100 
baravari miqdoridagi aktivni oldindan kelishilgan ijro etilish bahosi 
boʻyicha sotish yoki sotib olish huquqini beradi. Hisob-kitoblar har 
doim naqd pulda amalga oshiriladi. Masalan, S&P 100 indeksi 
boʻyicha opsion koll ijro etilish bahosi 980 dollarga teng. Qachonki 
indeks bahosi 982 dollarga koʻtarilganda opsion bajariladigan boʻlsa 
opsion sotuvchi uning egasiga (992 – 980) x 100 = 1200 dollar 
toʻlaydi. Naqd hisob-kitoblar kun oxirida qayd etilgan indekslar 
qiymatiga asoslanadi. Ya’ni koʻp holatlarda opsion egalari oʻz sotish 
yoki sotib olish huquqidan foydalanishga ishonch hosil qilgandagina 
sotish yoki sotib olishini e’lon qiladi va odatda investorlar kun 
oxirigacha kutib turadi. 
Fyuchers opsionlari
yoki 
fyuchers boʻyicha opsionlar
(
futures 
option
)da bazaviy aktiv sifatida fyuchers shartnomalari qoʻllanadi.
Bunday opsion aniq belgilab qoʻyilgan bazis aktiv boʻyicha fyuchers 
shartnomasini sotish yoki sotib olish huquqini beradi. Hozirgi vaqtda 
asosida oddiy fyuchers shartnomalari boʻlgan aksariyat aktivlar 
boʻyicha fyuchers opsionlari koʻpchilik uchun qulay. Qoidaga koʻra, 



280 - 
fyuchers shartnomalari va fyuchers opsionlar bitta birjada 
kotirovkalanadi.

Yüklə 15,56 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   126   127   128   129   130   131   132   133   ...   186




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin