-
274 -
teng, chunki dastlabki investitsiya (opsion mukofoti) 500
dollarni
tashkil etadi. Bir qarashda investor mazkur holatda opsionni
bajarmasligi kerak. Lekin operatsiyani bajarmaslik, oʻz navbatida, 500
dollarning yoʻqotilishiga sabab boʻladi.
Bundan xulosa qilish
mumkinki, opsion muddati tugash sanasida aksiya bahosi opsionni
bajarish bahosidan yuqori boʻlsa uni bajarish lozim.
Opsion koll egasi aksiyalar bahosi oʻsishini, opsion put egasi esa
aksiya bahosi pasayishini kutadi. Yana bir holatni koʻrib chiqamiz.
Investor IBM kompaniyasi 100 ta aksiyasiga 70
dollar ijro etilish
bahosi bilan Yevropa opsion put sotib oldi. Faraz qilaylik,
aksiyalar
joriy bahosi 70 dollarga, opsion amal qilish muddati 3 oyga,
bitta
aksiyani sotish boʻyicha opsion mukofoti 7 dollarga, oʻz
navbatida
dastlabki investitsiya summasi esa 700 dollarga teng.
18.2-rasm.
IBM kompaniyasi bir dona aksiyasiga Yevropa opsion
put sotib olish boʻyicha foyda miqdori. Opsion mukofoti 7 dollar,
ijro etilish bahosi 70 dollar.
Opsion Yevropa opsioni boʻlganligi sababli uning amal qilish
muddati tugash vaqtida agar aksiyalar bahosi 70 dollardan past boʻlsa
bajariladi. Faraz qilaylik, oʻsha payt aksiyalar bahosi 55 dollarga teng.
Bunday holatda investor 100 ta aksiyani 55 dollardan
sotib olishi va
opsion put sharti boʻyicha 70 dollardan sotishi mumkin. Natijada
investor operatsiya boʻyicha 1500 dollar samaraga ega boʻladi, opsion
-7
3
13
23
30
40
50
60
70
80
90
100
-
275 -
mukofotini hisobga olgan holda operatsiya boʻyicha sof foyda 800
dollarni tashkil etadi. Lekin investorning foyda olishiga hech qanday
kafolat yoʻq. Agarda muddat tugash vaqtida aksiya bahosi 90 dollarga
teng boʻlsa opsion put oʻz ahamiyatga ega boʻlmaydi va investor 700
dollar yoʻqotadi. Quyidagi rasmda investor
foyda yoki zararining
aksiyaning yakuniy bahosiga bogʻliqligi koʻrsatilgan (18.2-rasm).
Amerika opsionlari Yevropa opsionlariga nisbatan birmuncha
ommabop hisoblanadi. Chunki Amerika
opsionlarini bajarish uchun
Yevropa opsioni kabi tugash muddatini kutish talab qilinmaydi.
Shundan kelib chiqqan holda quyida asosan amerika opsionlarining
muddatdan oldin bajarilishi bilan bogʻliq holatlarni koʻrib chiqamiz.
Dostları ilə paylaş: