Oʻzbekiston respublikasi oliy va oʻrta maxsus ta’lim vazirligi toshkent moliya instituti


 Moliyaviy risklarni boshqarishda diversifikatsiyalash ama-



Yüklə 15,56 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə126/186
tarix14.12.2023
ölçüsü15,56 Kb.
#176885
1   ...   122   123   124   125   126   127   128   129   ...   186
Дарслик Korporativ moliya (2)

9. Moliyaviy risklarni boshqarishda diversifikatsiyalash ama-
liyoti korxonalar uchun qanday imkoniyatni yaratib beradi? 
a) risklarni taqsimlash imkoniyatini
b) risklarni butunlay neytrallashtirish imkoniyatini; 
d) risklarni oldindan baholash imkoniyatini; 
e) moliyaviy risklarning oldini olish imkoniyatini. 
10. Moliyaviy operatsiya ishtirokchilari oʻrtasida risklarni 
taqsimlash amaliyoti toʻgʻri keltirilgan javobni belgilang. 
a) risklarni investitsion loyiha ishtirokchilari oʻrtasida taqsimlash; 
b) risklarni birlamchi tartibda yakka holda sugʻurtalash; 
d) risklarni mol yetkazib beruvchi zimmasida qoldirish
e) risklarni bosh moliyalashtiruvchi zimmasiga oʻtkazish.
 
 



270 - 
 
 
 
XVIII BOB. OPSIONLARNING MOHIYATI VA 
QO
ʻ
LLANILISHI 
 
18.1. Opsionlarning mohiyati va ularning 
tasniflanishi 
 
Opsion
kelishilgan muddat davomida ma’lum bir mukofot 
summasi hisobiga belgilangan miqdordagi tovarlar yoki moliyaviy 
instrumentlarni belgilangan (kelishilgan) narx boʻyicha sotib olish 
yoki sotish huquqini beruvchi bitimni oʻzida aks ettiradi. Bundan 
koʻrinib turibdiki, opsionlarning ikkita asosiy turi amal qiladi. Ya’ni 
xarid qilish boʻyicha opsion (
option call
) kelajakda bitimda 
belgilangan shartlarda bazis aktivini sotib olish huquqini bersa, sotish 
boʻyicha opsion (
option put
) oʻz egasiga kelajakda bazis aktivini 
bitim shartlariga muvofiq sotish huquqini beradi. Bitimda qayd 
etilgan bazaviy aktivlar bahosi opsionning ijro etilish (bajarilish) 
bahosi (
strike price
) deb ataladi. Bitimda kelishilgan sana bitim 
muddatining tugash sanasi (
expiration date
) yoki toʻlov muddati 
(
maturity
) deb ataladi. Opsion bitimini amalga oshirish stiliga koʻra 
Amerika opsioni va Yevropa opsioniga boʻlinadi. Amerika opsion 
(American option)lari ular amal qilish muddatining tugaguniga qadar 
istalgan paytda bajarilishi mumkin. Yevropa opsion (European 
option)lari esa ularning tugash muddatiga kelibgina amalga 
oshirilishi mumkin. Opsionlar birjada va birjadan tashqarida 
kotirovkalanadi. 
Fond 
birjalarida 
aksariyat 
holatlarda 
kotirovkalanadigan opsionlar boʻyicha bitta opsion bitimining 
predmeti sifatida 100 ta aksiyani sotib olish yoki sotish olinadi. 
Alohida qayd etib oʻtish kerakki, opsionlar uning egasiga ma’lum 
bir faoliyatni amalga oshirish huquqini beradi va hech qanday 
majburiyatni yuklamaydi. Ya’ni opsionlar bazaviy aktivlarni sotish 
yoki sotib olish majburiyatini yuklovchi forvard va fyuchers 



271 - 
shartnomalaridan oʻzaro farqlanadi. Shuningdek, e’tibor qaratiladigan 
yana bir jihat borki, forvard va fyuchers shartnomalarini tuzish hech 
qanday xarajat talab qilmaydi, opsionlar boʻyicha esa toʻlov amalga 
oshirilishi shart. Bu toʻlov opsion boʻyicha mukofot deb ataladi. 
Dunyodagi eng katta opsion birjasi sifatida Chikago opsion birjasi 
(CBOE – Chicago Board of Options Exchange, www.cboe.com) 
faoliyat yuritadi. 1973-yilda mazkur opsion birjasida birinchi marta 
opsion bitimi tuzilganligini ham ta’kidlash lozim. 
Quyidagi jadvalda 2017-yil 29-mayda savdolarning yopilish 
vaqtida qayd etilgan Intel kompaniyasi aksiyalariga amerika 
opsionlari bahosi keltirilgan (18.1-jadval). Opsionlarning amal qilish 
muddatlari iyunda, iyulda va oktyabrda tugaydi. Iyundagi opsionlar 
2017-yil 21-iyungacha, iyuldagi 2017-yil 19-iyulgacha, oktyabrdagi 
esa 2017-yil 18-oktyabrgacha amal qiladi. 2017-yil 29-mayda 
savdolarning yopilish vaqtida Intel kompaniyasi aksiyalari bahosi 
20,83 dollarga teng. 
18.1-jadval 

Yüklə 15,56 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   122   123   124   125   126   127   128   129   ...   186




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin