Oʻzbekiston respublikasi oliy va oʻrta maxsus ta’lim vazirligi toshkent moliya instituti



Yüklə 15,56 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə118/186
tarix14.12.2023
ölçüsü15,56 Kb.
#176885
1   ...   114   115   116   117   118   119   120   121   ...   186
Дарслик Korporativ moliya (2)

Nazorat savollari 
 
1.
Aylanma kapitalni uzluksizligini ta’minlashda e’tibor 
qaratiladigan jihatlar. 
2.
Aylanma kapitalga ta’sir etuvchi omillar. 
3.
Aylanma kapitalni boshqarishda tijorat krediti qo‘llanilishi. 
4.
Debitorlik qarzlari tarkibi va monitoringi. 
5.
Debitorlik qarzlarini boshqarishda rag‘batlantirish va jarimalar 
qo‘llash. 
6.
Kreditorlik qarzlarini boshqarishda majburiyatlar va 
mutanosiblik monitoringi.
 
 



255 - 
 
 
XVII BOB. RISK VA DAROMADLILIK 
 
17.1. Moliyaviy risklarning iqtisodiy mohiyati va 
tasniflanishi 
Har bir insoniy faoliyat xavf-xatarlardan xoli emas, xususan 
iqtisodiy faoliyat ham. Iqtisodiy faoliyatdan koʻzlangan maqsadlarga 
erishishga turli xil risklar bevosita oʻzining salbiy ta’sirini koʻrsatadi. 
Korporativ tuzilmalarning moliyaviy-xoʻjalik faoliyati koʻp sonli 
moliyaviy risklardan holi emas. 
Korporativ 
tuzilmalarda 
moliyaviy 
risklar 
belgilangan 
maqsadlarni amalga oshirishning noaniqligi sharoitida moliyaviy 
faoliyatdan koʻzlangan maqsad natijalariga yoʻnaltirilgan mulkdorlar 
yoki moliyaviy menejerlar tomonidan qabul qilingan muqobil 
moliyaviy qarorlarni tanlashning iqtisodiy zarar (moliyaviy 
yoʻqotish)lar keltirish ehtimolini oʻzida aks ettiradi. Risklarning 
asosiy belgilari boʻyicha tasniflanishini quyidagi jadvalda keltiramiz 
(17.1-jadval).
17.1-jadval
Moliyaviy risklarning asosiy belgilari boʻyicha tasniflanishi 
 
№ 
Tasniflanish belgisi 
Tasniflanishi 

Tavsiflanadigan 
obyekti boʻyicha 
1.1. Alohida moliyaviy operatsiyalar riski 
1.2. Moliyaviy faoliyatning turli 
koʻrinishlari boʻyicha risklar 
1.3. Yaxlit korxona moliyaviy risklari 

Tadqiq qilinadigan 
instrumentlar majmui 
boʻyicha 
2.1. Individual moliyaviy risklar
2.2. Portfel moliyaviy risklar 

Oʻzaro uygʻunligi 
boʻyicha 
3.1. Oddiy moliyaviy risklar 
3.2. Murakkab moliyaviy risklar 

Yuzaga kelish 
manbalari boʻyicha 
4.1. Tashqi yoki tizimli risklar
4.2. Ichki yoki tizimsiz risklar 



256 - 

Moliyaviy oqibatlari 
boʻyicha 
5.1. Faqat iqtisodiy zarar yetkazuvchi 
risklar 
5.2. Foydaning kamayishiga ta’sir etuvchi 
risklar 
5.3. Iqtisodiy yoʻqotishlarga sabab 
boʻluvchi yoki qoʻshimcha daromadlilik 
risklari 

Vaqt jihatdan paydo 
boʻlish tavsifiga koʻra 
6.1. Doimiy moliyaviy risklar 
6.2. Vaqtinchalik moliyaviy risklar 

Yuzaga kelish ehtimoli 
darajasi boʻyicha 
7.1. Yuzaga kelish ehtimoli past darajada 
boʻlgan moliyaviy risklar
7.2. Yuzaga kelish ehtimoli oʻrtacha 
darajada boʻlgan moliyaviy risklar 
7.3. Yuzaga kelish ehtimoli yuqori 
darajada boʻlgan moliyaviy risklar 
7.4. Yuzaga kelish ehtimolini aniqlash 
mumkin boʻlmagan moliyaviy risklar 

Moliyaviy yoʻqotishlar 
darajasi boʻyicha 
8.1. Yoʻl qoʻyilishi mumkin boʻlgan 
(ta’siri kam) moliyaviy risklar 
8.2. Keskin moliyaviy risklar 
8.3. Halokatli moliyaviy risklar 

Oldindan koʻra bilish 
imkoniyati boʻyicha 
9.1. Prognozlashtiriladigan moliyaviy 
risklar 
9.2. Prognozlashtirilmaydigan moliyaviy 
risklar 
10 
Sugʻurtalash 
imkoniyati boʻyicha 
10.1. Sugʻurtalanadigan moliyaviy risklar 
10.2. Sugʻurtalanmaydigan moliyaviy 
risklar 
Bunday belgilar boʻyicha tasniflash risklarni boshqarish jarayo-
nidagi tabaqalanishning asosiy parametrlarida koʻzga tashlanadi. Bir 
vaqtning oʻzida risklarning aniq turi tavsifi ularning doimiy harakati 
haqidagi tasavvurni beradi va risklarning paydo boʻlish darajasini 
hamda ular boʻyicha mumkin boʻlgan moliyaviy yoʻqotishlar 
darajasini baholash imkonini beradi. Moliyaviy risklarning turlari 



257 - 
boʻyicha xilma-xilligi ularni tasniflash tizimida keng diapazonda aks 
etadi. Shuni qayd etish kerakki, yangi moliyaviy texnologiyalarning 
yuzaga kelishi, yangi moliyaviy instrumentlardan va boshqa 
innovatsion omillardan foydalanish mos ravishda moliyaviy 
risklarning yangi koʻrinishlari yuzaga kelishiga sabab boʻladi. 
Korporativ tuzilmalar moliyaviy-xoʻjalik faoliyatida yuzaga 
kelishi mumkin boʻlgan moliyaviy risklarning asosiy turlari 
quyidagilar (17.1-rasm). 
17.1-rasm.

Yüklə 15,56 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   114   115   116   117   118   119   120   121   ...   186




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin