Oʻzbekiston respublikasi oliy va oʻrta maxsus ta’lim vazirligi toshkent moliya instituti


 Korxonalarda investitsion strategiyani ishlab



Yüklə 15,56 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə107/186
tarix14.12.2023
ölçüsü15,56 Kb.
#176885
1   ...   103   104   105   106   107   108   109   110   ...   186
Дарслик Korporativ moliya (2)

15.2. Korxonalarda investitsion strategiyani ishlab 
chiqish tamoyillari 



230 - 
Korxona investitsion strategiyasini ishlab chiqish jarayonida 
strategik investitsion qarorlar ishlab chiqish va qabul qilish quyidagi 
asosiy tamoyillar asosida tashkil etilishi lozim. 
Invayronmentalizm tamoyili. 
Konstitutsionalizm (tashkilotning 
tashqi muhit bilan investitsion munosabatlari yopiqligi)ga qarama-
qarshi ravishda invayronmentalizm korxonaga tashqi investitsion 
muhit bilan faol oʻzaro munosabatga kirishuvchi, oʻz-oʻzini tashkil 
etishga qodir, ya’ni oʻziga xos makon, zamon va funksional 
tuzilmalarga ega ochiq tizim sifatida qaraydi. Bu korxona investitsion 
strategiyasini shakllantirish darajasining ba’zi sifatlarini ta’minlaydi.
Muvofiqlik tamoyili.
Korxona iqtisodiy rivojlanishining umumiy 
qismida birinchi navbatda operatsion faoliyat rivojlanishini 
ta’minlovchi investitsion strategiya umumiy strategiyaga nisbatan 
boʻysunuvchan xarakterga ega. Shuning uchun investitsion 
strategiyada strategik maqsadlar operatsion faoliyat yoʻnalishlari bilan 
oʻzaro muvofiqlashtirilgan boʻlishi lozim. Bunda investitsion 
strategiyaga korxona operatsion faoliyati strategik rivojlanishiga 
jiddiy 
ta’sir 
koʻrsatuvchi 
korxona 
samarali 
rivojlanishini 
ta’minlashning asosiy omillaridan biri sifatida qaraladi.

Investitsion strategiyani amalga oshirishni ta’minlovchi 
operatsion faoliyat bazaviy strategiyalari quyidagilardir: 
-
cheklangan oʻsish strategiyasi; 
-
jadallashgan oʻsish strategiyasi; 
-
qisqartirish (siqish) strategiyasi; 
-
birlashtirish (kombinatsiyalash) strategiyasi. 
Cheklangan oʻsish strategiyasida mahsulotlar assortimenti barqa-
rorligi va ishlab chiqarish texnologiyalariga ilmiy-texnik taraqqiyot 
natijalaridan juda past darajada foydalaniladi. Odatda bu strategiya 
bozor kon’yunkturasining nisbatan kuchsiz tebranishi va raqobat 
pozitsiyasining barqarorligi sharoitida tanlanib, investitsion strategiya 
birinchi navbatda, mahsulot ishlab chiqarish va sotish hajmining 
cheklangan oʻsishini ta’minlovchi takror ishlab chiqarish jarayoni va 
aktivlar oʻsishini samarali ta’minlashga yoʻnaltiriladi.



231 - 
Jadallashgan oʻsish strategiyasi korxona tomonidan oʻz 
faoliyatida yuqori sur’atlarda taraqqiy etayotgan sohalarda ilmiy-
texnik taraqqiyot natijalarining yuqori darajada qoʻllanilishini oʻzida 
aks ettiradi. Bunday bazaviy strategiya asosidagi investitsion 
strategiya investitsion faoliyatni rivojlantirishning yuqori sur’atlarini 
ta’minlashning zarurligini hisobga olgan holda tashkil etiladi. 
Shuningdek, investitsion faoliyatni turli shakllarda va yoʻnalishlarda 
hududlar va tarmoqlar (sohalar) boʻyicha diversifikatsiyalashga 
harakat qilinadi. 
Qisqartirish (siqish) strategiyasiga korxonaning hayotiy sikli 
soʻnggi bosqichlarida, shuningdek, iqtisodiy rivojlanishning inqiroz 
fazasida koʻproq e’tibor qaratiladi. Oʻz mohiyati boʻyicha bu 
strategiya ortiqcha faoliyatlardan voz kechishni anglatadi. U ishlab 
chiqarilayotgan mahsulot hajmi va assortimentini qisqartish, 
bozorning alohida segmentidan chiqish va boshqalarni nazarda tutadi. 
Bunday sharoitda investitsion strategiya boʻshayotgan kapital uzoq 
muddatli moliyaviy barqarorlikni ta’minlovchi investitsiyalash 
obyektlarida foydalanish asosida yuqori aylanuvchanlikni ta’minlashi 
lozim.
Birlashtirish (kombinatsiyalash) strategiyasidan yirik korxonalar-
ning investitsion faoliyatni tarmoq va hududlar boʻyicha keng 
diversifikatsiyalashida foydalaniladi. U turli tipdagi xoʻjalik yuriti-
shning strategik zonalari yoki strategik xoʻjalik markazlari alohida 
strategiyalarini oʻzida birlashtiradi. Korxona investitsion strategiyasi 
strategik boshqaruvning alohida obyektlari boʻyicha ularni rivojlanti-
rishning strategik maqsadlari bilan bogʻliqlikda tabaqalashtiriladi.
Kombinatsiyalash tamoyili. 
Bu tamoyil investitsion faoliyatni 
strategik, joriy va operativ boshqarishning oʻzaro yaxlitligini ta’min-
lashga xizmat qiladi. Korxona tomonidan ishlab chiqilgan investitsion 
strategiyaning investitsion faoliyatni strategik boshqarish jarayonidagi 
muhimligidan kelib chiqqan holda strategik rejalashtirishga alohida 
e’tibor qaratiladi. Investitsion faoliyatni strategik boshqarish asosida 
korxona investitsion portfelini shakllantirishga qaratilgan taktik (joriy) 
boshqaruv shakllantiriladi. Oʻz navbatida, taktik boshqaruv alohida 



232 - 
real investitsion loyihalarni amalga oshirish va moliyaviy 
instrumentlar portfelini qayta tarkiblash yoʻlida investitsion faoliyatni 
operativ boshqarishning bazasi hisoblanadi. Investitsion portfelni 
shakllantirish oʻrta muddatli boshqaruv jarayoni boʻlib, strategik 
qarorlar va korxonaning joriy investitsion imkoniyatlari doirasida 
amalga oshiriladi. 
Real investitsion loyihalarni amalga oshirish va moliyaviy 
instrumentlar portfelini qayta tarkiblashni operativ boshqarish qisqa 
muddatli boshqaruv jarayoni hisoblanadi va alohida investitsion 
loyihalar va moliyaviy instrumentlar boʻyicha operativ qarorlar ishlab 
chiqish va qabul qilishni, zarur hollarda investitsion portfelni qayta 
koʻrib chiqish haqida qarorlar tayyorlash nazarda tutadi. 
Strategik boshqaruvni asosan tadbirkorlik stiliga yoʻnaltirish 
tamoyili. 
Korxonaning istiqbolga yoʻnaltirilgan investitsion xatti-
harakatlari ikkita stil boʻyicha oʻzaro farqlanadi: konservativ stil va 
tadbirkorlik (agressiv) stili. Konservativ stil qabul qilinadigan 
strategik investitsion qarorlarning mumkin boʻlgan variantlarini 
minimallashtirish orqali investitsion faoliyat boʻyicha strategik 
maqsadlar qoʻyilishini oʻzida ifodalaydi. Ya’ni bunda investitsion 
faoliyat yoʻnalishlari va shakllarining muhim oʻzgarishlari faqatgina 
operatsion faoliyatni oʻzgartirish jarayonida amalga oshiriladi. 
Konservativ oʻsish stili korxona faoliyatini yuqori risklilik sharoitida 
yuqori foyda olishga yoʻnaltirishni inkor etadi va minimal foydani 
ta’minlovchi operatsion faoliyatga qaratiladi.
Investitsion faoliyatning tadbirkorlik stili asosini korxona tomo-
nidan doimiy ravishda investitsion faoliyat barcha yoʻnalishlari va 
shakllari boʻyicha samarali investitsion qarorlar qabul qilish tashkil 
etadi. Mazkur stil qoʻllanilganda investitsion faoliyatni amalga oshirish-
ning yoʻnalishlari, shakllari va metodlari tashqi investitsion muhit 
omillarining oʻzgarishini inobatga olgan holda doimiy almashtirib 
boriladi. 
Investitsion moslashuvchanlik va muqobillik tamoyili
. Investitsion 
strategiya tashqi investitsion muhit omillarining oʻzgarishiga moslashuv-
chanlikni hisobga olgan holda ishlab chiqilgan boʻlishi lozim. Bundan 



233 - 
tashqari strategik investitsion qarorlar asosida investitsion faoliyatni 
amalga oshirishning yoʻnalishlari, shakllari va metodlarining mumkin 
boʻlgan (muqobil) variantlarini doimiy qidirish, ulardan eng yaxshisini 
tanlash va shu asosda umumiy investitsion strategiyani qurish hamda uni 
samarali amalga oshirish mexanizmini shakllantirish yotishi kerak.
Innovatsion faoliyat. 
Investitsion strategiyani shakllantirishda 
investitsion faoliyat orqali korxonaning bozordagi raqobat 
pozitsiyasini oshirishni ta’minlovchi texnologik yangiliklarni joriy 
etishga bosh mexanizm sifatida qaraladi. Nafaqat investitsion 
strategiyani, shu bilan birga, korxonaning strategik rivojlanish 
umumiy maqsadlarini amalga oshirishda ham ilmiy-texnik 
taraqqiyotning soʻnggi natijalaridan foydalanishga alohida e’tibor 
qaratiladi. Mazkur tamoyil aynan yuqoridagilar bilan izohlanadi. 
Investitsion risklarni minimallashtirish tamoyili. 
Amaliy jihatdan 
korxonada investitsion strategiyani shakllantirish jarayonida qabul 
qilingan barcha investitsion qarorlar investitsion risklarga duch keladi. 
Har bir korxonada investitsion strategiyani ishlab chiqish jarayonida 
riskka munosabat boʻyicha turli investitsion xatti-harakatlar bilan 
bogʻliqlikda ularga yoʻl qoʻyishning mumkin boʻlgan darajasi 
tabaqalashtirilgan holda oʻrnatilishi lozim. 
Asoslanganlik tamoyili. 
Investitsion strategiyalarning alohida 
parametrlarini ishlab chiqish va uni amalga oshirishni nafaqat bilim, 
shu bilan birga malaka va boshqaruv tajribasiga, shuningdek, 
investitsion madaniyatga ega, professional mutaxassislar – moliyaviy 
menejerlar ta’minlashi lozim. 

Yüklə 15,56 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   103   104   105   106   107   108   109   110   ...   186




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin