Oʻzbekiston respublikasi oliy va oʻrta maxsus ta’lim vazirligi toshkent moliya instituti


Investitsiyalar iqtisodiy samaradorligini baholash metodlari



Yüklə 15,56 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə109/186
tarix14.12.2023
ölçüsü15,56 Kb.
#176885
1   ...   105   106   107   108   109   110   111   112   ...   186
Дарслик Korporativ moliya (2)

 Investitsiyalar iqtisodiy samaradorligini baholash metodlari 
tasniflanishi 
 
Bugungi kunda korporativ moliyani boshqarish amaliyotida koʻ-
pincha investitsiyalar samaradorligini baholashdagi zamonaviy yonda-
shuvlarni oʻzida aks ettiruvchi dinamik mezonlardan foydalaniladi. 
Ularning qoʻllanilishi qarorlar qabul qilish jarayonida talab 
qilinadigan daromadlilik me’yori, vaqt boʻyicha pul mablagʻlari 
qiymati, loyiha risklilik darajasi, kapital bahosi kabi muhim omillarni 
hisobga olish va muvofiqlashtirish imkonini beradi. 
Dinamik metodlar ba’zida diskontli metodlar deb ataladi va ular 
investitsion loyihani amalga oshirish bilan bogʻliq pul oqimlarining 
joriy miqdorini aniqlashga xizmat qiladi. Bu jarayon quyidagilarga 
imkon beradi: 
- loyihani amalga oshirishning har bir davri oxiridagi pul oqimini 
aniqlash; 
- mos davrlar boʻyicha olingan barcha ijobiy pul oqimlarini qayta 
investitsiyalash imkoniyatlari; 
- loyiha boʻyicha qoʻyilmaga mos foiz stavkasi koʻrinishida aks 
etgan loyiha samaradorligini baholash. 
Bunday baholash sifatida. odatda, quyidagilardan foydalaniladi: 
- korxona uchun kapitalning oʻrtacha yoki chegaraviy qiymati; 
- uzoq muddatli kreditlar va moliyaviy instrumentlar boʻyicha 
foiz stavkalari; 
- bir xil risk darajalariga ega muqobil qoʻyilmalar daromadliligi; 
- investor talab qiladigan qoʻyilmalar daromadliligi me’yori va 
boshqalar. 
Amalda bunday baholash natijasiga ta’sir koʻrsatuvchi omillar 
inflyatsiya va risk hisoblanadi. Quyida baholash haqida soʻz 
yuritganda “diskont me’yori” atamasidan foydalangan holda uning 
iqtisodiy tarkibini koʻrib chiqamiz. 
 
Sof joriy qiymat (NPV) 
Loyihaning sof joriy qiymati (
Net Present Value – NPV
) quyidagi 
formula boʻyicha aniqlanadi: 



236 - 
𝑁𝑃𝑉 = ∑
𝐶𝐹
𝑡
(1 + 𝑟)
𝑡
= ∑
𝐶𝐼𝐹
𝑡
(1 + 𝑟)
𝑡
− ∑
𝐶𝑂𝐹
𝑡
(1 + 𝑟)
𝑡
𝑛
𝑡=0
𝑛
𝑡=0
𝑛
𝑡=0
.
 
bu yerda, r – diskont me’yori;
n – loyihani amalga oshirish davrlari soni;
CF

– t 
davrdagi loyiha operatsiyalaridan pul oqimlari;

CIF

– t 
davrdagi loyihadan jami tushumlar;
COF
t
 – t 
davrdagi loyiha boʻyicha jami toʻlovlar. 
Sof joriy qiymat (
NPV
)ni aniqlash natijasidagi umumiy yagona 
qoida shuki, 
NPV ˃0 
holatda loyiha amalga oshirish uchun qabul 
qilinadi. Qolgan holatlarda esa oʻz-oʻzidan inkor qilish lozim boʻladi. 
Agar hisob-kitob qilinganda pul oqimlarining sof joriy qiymati 
ijobiy (
NPV ˃0
)
 
boʻlsa, bu loyihani amalga oshirish vaqti davomida 
dastlabki xarajatlar (IC
0
) qoplangani va daromadlilik me’yori r 
talabiga mos foyda olinishi ta’minlanganini anglatadi. Boshqacha 
aytganda, 
NPV 
loyihani muvaffaqiyatli amalga oshirish natijasida
 
erish
ilgan, yangitdan yaratilgan qoʻshimcha qiymat hisoblanadi. 
Salbiy miqdordagi
 NPV 
berilgan daromadlilik me’yori loyihaning 
zarar keltirishini va hech qanday qoʻshimcha qiymat yaratilmasligini 
anglatadi. 
NPV = 0 
da esa loyiha hech qanday daromad ham, zarar 
ham keltirmasligini anglatadi. 
Misol koʻrib chiqamiz.
Kompaniya yangi uskuna sotib olishga mablagʻ yoʻnaltirmoqchi. 
Yangi uskunaning bahosi yetkazib berish va oʻrnatish bilan 100000 
birlikni tashkil etadi. Uskunani joriy etish natijasida 6 yil mobaynida 
mos ravishda 25000, 30000, 35000, 40000, 45000 va 50000 birlikdagi 
sof daromad olinishi kutilmoqda. Qabul qilingan diskont me’yori 10 
foiz. Loyihaning iqtisodiy samaradorligini aniqlaymiz. 
Quyidagi jadvalda mazkur misol uchun 
NPV
ning toʻliq hisob-
kitobi keltirilgan (15.1-jadval). 
15.1-jadval 

Yüklə 15,56 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   105   106   107   108   109   110   111   112   ...   186




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin