Loyihalarni amalga oshirish shartlari, birlikda Loyiha IC 0 CF t PV t NPV A
-10000
16500
15000
5000
B
-100000
115000
105000
5000
Ikkala loyiha boʻyicha ham sof joriy qiymat 5000 birlikni tashkil
etadi, bu oʻz navbatida tanlash shart boʻlgan holatda eng yaxshi
variantni aniqlash imkonini bermaydi.
Shundan kelib chiqqan holda korporativ moliyani boshqarish
amaliyotida nisbiy koʻrsatkich hisoblangan daromadlilikning ichki
me’yori va rentabellik indeksini kabi koʻrsatkichlardan foydalanish
maqsadga muvofiq.
Daromadlilikning ichki me’yori Daromadlilikning ichki me’yori (
Internal Rate of Return – IRR )
investitsiyalar samaradorligini baholashda keng foydalaniladigan
mezon hisoblanadi.
Daromadlilikning ichki me’yori tushunchasi
NPV nolga teng
boʻlganda investitsion loyiha boʻyicha pul oqimlarining sof joriy
qiymatini aniqlashga xizmat qiluvchi diskontlashning koeffitsientlari
yoki foiz stavkalarini anglatadi.
Daromadlilikning ichki me’yori quyidagi tenglama orqali aniq-
lanadi:
𝑁𝑃𝑉 = ∑
𝐶𝐹
𝑡
(1 + 𝐼𝑅𝑅)
𝑡
= ∑
𝐶𝐼𝐹
𝑡
(1 + 𝐼𝑅𝑅)
𝑡
− ∑
𝐶𝑂𝐹
𝑡
(1 + 𝐼𝑅𝑅)
𝑡
= 0
𝑛
𝑡=0
𝑛
𝑡=0
𝑛
𝑡=0
.
Bu tenglama matematik ifodalardan foydalanish orqali
IRR ni
aniqlash imkonini beradi. Bunda NPV=0 ekanligini, ya’ni dastlabki
xarajat va pul tushumlari oʻzaro miqdori teng ekanligini unutmaslik
lozim.
-
239 -
Umumiy holda
IRR noldan yuqori boʻlsa investitsiyalar iqtisodiy
jihatdan samarali hisoblanadi. Qaror qabul qilish jarayonida
IRR miqdori investor tomonidan talab qilinadigan daromadlilik stavkasiga
nisbatan solishtiriladi. Bunda agar
IRR˃r boʻlsa, loyiha ijobiy
NPV ni
va daromadlilikni ta’minlaydi. Agarda
IRR˂r boʻlsa xarajatlar
daromadlardan oshib ketadi va loyiha foydali hisoblanmaydi.
Investitsion loyihalarni baholashda
IRR koʻrsatkichi qator ijobiy
xususiyatlarga ega. Birinchidan, mazkur koʻrsatkich loyihalarni
moliyalashtirish uchun jalb qilinadigan manbalarga toʻlovlarning
maksimal stavkasi sifatida koʻrib chiqiladi.
Ikkinchidan,
IRR ning belgilanishi investitsion xarajatlar
foydaliligining minimal stavkasi sifatida talqin qilinishi mumkin.
Agarda bu koʻrsatkich kapital oʻrtacha qiymatidan yoki ma’lum bir
tarmoqdagi daromadlilik me’yoridan yuqori boʻlsa, loyiha amalga
oshirish uchun tavsiya qilinishi mumkin.
Uchinchidan, daromadlilikning ichki me’yori investitsiyani
qoplashning chegaraviy darajasi sifatida amal qilishini ta’kidlash
lozim. Mazkur mezon loyihaga qoʻshimcha kapital qoʻyilmalar
amalga oshirishning maqsadga muvofiqligini belgilab beradi.
IRR ni qoʻlda hisob-kitob qilish koʻp mehnat talab qilishi mumkin.
Lekin investitsion tahlilning bugungi zamonaviy dasturiy vositalari bu
koʻrsatkichni tez va samarali aniqlash imkonini beradi. Xususan,
jadval protsessorlari hisolablangan Microsoft Excel dasturi
IRR ni
hisoblash uchun maxsus funksiyalarga ega.
Yuqoridagi misol boʻyicha
IRR 26 foizga teng. Shunday ekan,
olinayotgan natija diskont me’yoridan yuqori va
IRR mezoniga koʻra
loyiha qabul qilinishi tavsiya etiladi. Mazkur holatda operatsiya
boʻyicha samaradorlik 26% – 10% = 16%ni tashkil etadi.
Investitsion tahlilda foizlarda aks etadigan
IRR koʻrsatkichi NPV
koʻrsatkichiga nisbatan foydalanish uchun juda qulay hisoblanadi.
Mazkur amaliyotda nisbiy miqdorlar natijani aniqroq koʻrsatib beradi.
IRR mezonining axborot uchun belgilanishining asosiy sababi
amaliyotda uning ommabopligi va tushunarliligi hisoblanadi. Koʻp
sonli xorijiy tadqiqotlar shuni koʻrsatadiki, 75 foiz moliyaviy
direktorlar deyarli har doim investitsiyalar samaradorligini baholashda
mazkur koʻrsatkichdan foydalanadi.
-
240 -
Bundan tashqari
IRR koʻrsatkichi diskontlash stavkalarini
belgilash borasidagi taxminlarsiz loyihani baholash imkonini beradi.