-
258 -
darajasi (korxona bankrotligini tezlashtirishi) boʻyicha
bu risk turi
yetakchi rol oʻynaydi.
Toʻlovga layoqatsizlik riski (yoki balanslashmagan likvidlik
tamoyili.
Bu risk korporativ tuzilmada pul oqimlari sinxronligi
buzilishi natijasida aylanma aktivlar likvidlilik darajasi pasayishi
oqibatida yuzaga keladi. Oʻz moliyaviy oqibati boʻyicha bu risk turi
eng xavfli risklar qatoriga kiradi.
Investitsion risk.
U korporativ tuzilmaning investitsion faoliyatni
amalga oshirishi jarayonida moliyaviy yoʻqotishlar paydo boʻlishi
mumkinligini izohlaydi. Bu faoliyat turi bilan mos ravishda
investitsion risklar real investitsiyalash risklariga va moliyaviy
investitsiyalash risklariga ajratiladi. Barcha koʻrib chiqilayotgan
moliyaviy risklar turlari investitsion faoliyatni amalga oshirish bilan
bogʻliq boʻlib “murakkab risklar” deb nomlanuvchi oʻz navbatida
kichik turlarga ajraluvchi risklar qatoriga kiradi.
Misol uchun, real
investitsiyalash risklari tarkibiga investitsion loyihalarning oʻz vaqtida
tayyor boʻlmasligi riski, loyiha-konstruktorlik ishlarining oʻz vaqtida
tugallanmasligi riski, qurilish-montaj ishlarining oʻz vaqtida
tugallanmasligi riski, investitsion loyiha boʻyicha moliyalashtirishning
oʻz vaqtida ochilmasligi riski, loyiha samaradorligi pasayishi bilan
bogʻliq loyiha investitsion jalb qiluvchanligi yoʻqolishi riski va shu
kabilar kiritilishi mumkin. Investitsion
risklar tarkibiga kiruvchi
barcha moliyaviy risklar kichik turlari korxona kapitali boʻyicha
mumkin boʻlgan yoʻqotishlar bilan bogʻlangan. Ular ham eng xavfli
moliyaviy risklar guruhiga kiritiladi.
Inflyatsion risk.
Inflyatsion iqtisodiyot sharoitida bunday risk turi
moliyaviy risklarning mustaqil turi sifatida qaraladi. Inflyatsion risk
kapitalning real qiymati, shuningdek, inflyatsiya sharoitida moliyaviy
operatsiyalarni amalga oshirishdan kutilgan daromadlar qadrsizlanishi
mumkinligi bilan tavsiflanadi. Shunday ekan, risklarning bu turi
hozirgi sharoitda doimiy e’tiborni talab qiladi va korxonaning barcha
moliyaviy operatsiyalariga yoʻldosh boʻladi va korporativ moliyani
boshqarishda doimiy diqqat e’tibor qaratilishini talab etadi.
-
259 -
Foiz riski.
Bu risk turi moliya bozoridagi
foiz stavkalarining
kutilmagan oʻzgarishlari (depozit va kredit stavkalari boʻyicha)
natijasida yuzaga keladi. Mazkur moliyaviy risk turi paydo boʻlish
sabablari (agarda inflyatsion risk ta’siri boʻlmasa) sifatida davlatning
tartibga solish siyosati ta’siri ostida moliya bozori kon’yunkturasi
oʻzgarishi, boʻsh pul mablagʻlariga taklifning oʻsishi yoki pasayishi va
boshqa omillar koʻrsatib oʻtiladi. Bu risk turining salbiy moliyaviy
oqibatlari korxona emission faoliyatida (aksiya va obligatsiyalar
emissiyasi boʻyicha), uning dividend siyosatida, qisqa muddatli
moliyaviy qoʻyilmalarida va ba’zi boshqa moliyaviy operatsiyalarida
koʻzga tashlanadi.
Valyuta riski.
Bu risk turi tashqi iqtisodiy faoliyatda oʻziga xos
boʻlgan korxonalarda (xomashyo,
materiallar, yarim tayyor
mahsulotlar import qiluvchi hamda tayyor mahsulot eksport qiluvchi
korxonalarda) kuzatiladi. Valyuta riski korxona tashqi iqtisodiy
operatsiyalarida foydalaniladigan xorijiy valyuta ayirboshlash
kursining
oʻzgarishi
bevosita
ta’siri
natijasida
kutilgan
daromadlarning va bu operatsiyalardan kutilgan pul oqimlarining
toʻliq olinmasligida koʻrinadi. Bunda xomashyo va materiallar importi
boʻyicha mos xorijiy valyuta ayirboshlash kursining milliy valyutaga
nisbatan oshishidan korxona yutqazadi. Bu kursning pasayishi tayyor
mahsulot eksporti boʻyicha korxona moliyaviy yoʻqotishiga
sabab
boʻladi.
Depozit riski.
Bu risk depozit omonatlarining qaytmasligi (depozit
sertifikatlarining qoplanmasligi) mumkinligida aks etadi. Depozit
risklari nisbatan kutilmaganda va korxona depozit operatsiyalarini
amalga oshirish uchun tijorat bankini notoʻgʻri baholash hamda
muvaffaqiyatsiz tanlash bilan bogʻliq hollarda uchraydi. Depozit
riskining yuzaga kelish holatlari rivojlangan mamlakatlar amaliyotida
kamdan-kam holatlarda uchraydi.
Kredit riski
korxona moliyaviy faoliyatida xaridorlarga tijorat
krediti yoki iste’mol krediti taqdim etilgan holatlarda uchraydi. Kredit
riskining yuzaga kelish kreditga berilgan
tayyor mahsulot uchun
-
260 -
toʻlov amalga oshirilmasligida yoki oʻz vaqtida hisob-kitoblar
qilinmasligida koʻzga tashlanadi.
Soliq riski.
Moliyaviy riskning bu turi quyidagilarda aks etadi:
xoʻjalik faoliyatining alohida yoʻnalishlarini amalga oshirishga yangi
soliqlar va ularga tenglashtirilgan toʻlovlar joriy etish ehtimoli;
amaldagi soliqlar va majburiy ajratmalar stavkalarining oshish
ehtimoli; alohida soliq toʻlovlari muddatlari va shart-sharoitlari
oʻzgarishi; korxona xoʻjalik faoliyati sohasiga taqdim etilgan soliq
imtiyozlarining
bekor qilinishi, soliq tekshiruvlari va boshqalar.
Korxonalar uchun bunday risklarni oldindan baholash imkoniyati
mavjud boʻlmaganligi sababli ular moliyaviy faoliyat natijalariga
jiddiy ta’sir koʻrsatadi.
Dostları ilə paylaş: