Oʻzbekiston respublikasi oliy va oʻrta maxsus ta’lim vazirligi toshkent moliya instituti



Yüklə 15,56 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə121/186
tarix14.12.2023
ölçüsü15,56 Kb.
#176885
1   ...   117   118   119   120   121   122   123   124   ...   186
Дарслик Korporativ moliya (2)

 
17.2-rasm.
 Risk-qaytim muvozanati 
Yuqori standart og‘ishish yuqori riskni va shuning bilan bir 
vaqtda, yuqori daromad olish imkonini bildiradi. Ammo, shuni ham 
alohida ta’kidlash lozimki, ko‘pchilik o‘rtasida “yuqori risk yuqori 
daromadni bildiradi”, degan noto‘g‘ri tushuncha yuzaga kelgan. 
Aslida risk-qaytim muvozanati bizga yuqori risk, yuqori qaytim olish 
imkonini beradi deb tushuntiradi, ammo, bunga kafolat yo‘q. Shuni 
doimo yodda tutish zarurki, bu yerda risk – yuqori daromad imkoni 
bilan bir vaqtda, katta miqdorda yo‘qotish ehtimolini ham bildiradi. 
Qay
ti
m
Standart og‘ish (yoki risk) 
Past
risk 
past
qaytim 
Yuqori
risk
 
yuqori
qaytim
imkoni 



262 - 
17.2-rasmga e’tibor beradigan bo‘lsak, tarozining pastki qismi 
so‘ngida riskdan holi bo‘lgan qaytim (risk-free rate of return) turadi va 
u odatda AQSHning davlat qimmatli qog‘ozlari bilan aks etadi (ya’ni, 
nazariy jihatdan ushbu qimmatli qog‘ozlarni defolt bo‘lish ehtimoli 
nolga yaqin). Mazkur holatda AQSH o‘z tarixi davomida biror marta 
ham defolt bo‘lmagan va boshqa bir qancha sabablarga ko‘ra ushbu 
davlatning qimmatli qog‘ozlari investorlar o‘rtasida risksiz (ayniqsa, 
qisqa muddatli sharoitda) deb qabul qilinishini ta’kidlash lozim. 
Riskdan holi bo‘lgan qaytimni tushuntiradigan bo‘lsak, masalan, joriy 
riskdan holi bo‘lgan qaytim 6 foizni tashkil etsa, unda investor hech 
qanaqa riskni o‘z bo‘yniga olmasdan, yiliga 6 foiz daromad olish 
imkoniga ega bo‘ladi. 
Tabiiy savol tug‘iladi: uzoq muddatli indeks fondlar yiliga 12 foiz 
daromad keltirsa, kim ham yiliga 6 foiz (riskdan xoli bo‘lgan 
aktivlardan keladigan) daromadga qanoat qilardi? Ushbu savolning 
javobi oddiy: hattoki butun bozorni aks ettiruvchi indeks fondlarga 
qilingan investitsiyalarda ham risk mavjud. Indeks fondlar qaytimi har 
yili 12 foizni tashkil etmaydi, balki qaysidir yili –5 foiz, boshqa yili 
+25 foizni tashkil etadi va hokazo. Bozor indeksiga investitsiya 
qiluvchi investor davlat qimmatli qog‘ozlarilariga (oldindan qaytimi 
aniq bo‘lgan) nisbatan yuqori daromad olish maqsadida yuqori riskni 
bo‘yniga oladi va ushbu qo‘shimcha qaytim risk premium deb ataladi. 
Bizning misolda risk premium 6 foizni tashkil etadi, ya’ni 12 foiz – 6 
foiz. 
Investor ma’lum daromad olishi uchun mutanosib risk darajasini 
aniqlash anchagina qiyin masala. Bunga asosiy sabab, riskka moyillik 
turli shaxslarda turlicha bo‘lishidadir. Ushbu moyillik 
(investorlarning qaror qabul qilishi bo‘yicha) boshqa omillar bilan bir 
qatorda, investorlarning maqsadi, daromadi va shaxsiy holati 
kabilarga ham bog‘liq bo‘ladi. 
Ko‘pchilik individual investorlar qimmatli qog‘ozlarda yuzaga 
keladigan qisqa-muddatli o‘zgarishlar (notekisliklar)ga nisbatan 
xohishi bo‘lmaydi. Bunday holatda investitsiya portfelini tashkil etish 



263 - 
va uni diversifikatsiya qilish, vaziyatni yumshatish uchun eng maqbul 
yo‘l sanaladi. 
Diversifikatsiya – bu investitsiya portfelida turli xil investit-
siyalarni aralashtirish orqali yagona qimmatli qog‘ozlar portfelining 
umumiy natijasiga risk ta’sirini minimallashtirish bilan amalga 
oshiriladigan risk-menejment texnikasidir. Ushbu texnika qanday 
ishlashi akademik jihatdan murakkab formulalar bilan aks ettiriladi, 
ammo biz bu yerda faqatgina misol keltirish bilan chegaralanamiz 
xolos. 
Faraz qilaylik, siz orolda yashaysiz va butun iqtisod ikkita 
kompaniyadan iborat: bittasi yomg‘irpo‘sh sotsa, ikkinchisi 
quyoshdan himoyalovchi oyna sotadi. Agar investitsiya portfelingiz 
butunlay zontik sotadigan kompaniyadan tashkil topgan bo‘lsa, unda 
yomg‘ir mavsumida yaxshi natija (yuqori daromad), quyoshli kunda 
esa yomon natijaga erishasiz. Investitsiya portfeli aksincha, ikkinchi 
kompaniya qimmatli qog‘ozlaridan tashkil topgan bo‘lsa, quyoshli 
kunda yuqori daromad olib, bulutli kunda zararli natijaga erishasiz. 
Bunday holatda muammoning yechimi 50 foiz mablag‘ni bitta 
kompaniyaga va yana 50 foiz mablag‘ni ikkinchi kompaniyaga
investitsiya qilishdir. Portfelni diversifikatsiya qilish bilan, 
mavsumiga qarab yoki o‘ta yaxshi, yoki o‘ta yomon natijaga erishish 
o‘rniga yil davomida barqaror moliyaviy natijaga ega bo‘lasiz.
Eng yaxshi diversifikatsiyaga erishishning sinalgan asosiy uchta 
tajribasi mavjud: 
- investitsiya portfelini naqd pul, aksiya, obligatsiya, o‘zaro 
bog‘liq fondlar va ko‘chmas mulk kabi turli investitsiya
yo‘nalishlaridan tashkil etish kerak; 
- investitsiya portfelini riski turli darajada bo‘lgan qimmatli 
qog‘ozlardan tashkil etish kerak. Risk darajasi turlicha bo‘lgan 
investitsiyalarni amalga oshirish yirik miqdordagi yo‘qotishlarni 
boshqa sohalar hisobidan qoplash imkonini beradi; 
- qimmatli qog‘ozlarni turli sanoat sohalari bo‘yicha tanlash 
kerak. Bu sanoatga xos risklar ta’sirini minimallashtiradi.



264 - 
Diversifikatsiya uzoq muddatli moliyaviy maqsadlarga erishish va 
bunda riskni minimallashtirishga yordam beruvchi eng muhim 
komponent hisoblanadi. Shuning bilan bir vaqtda, diversifikatsiya 
zararga qarshi o‘ta kafolatli dastak emas. Qanchalik diversifikatsiya 
qo‘llashingizdan qat’iy nazar, investitsiya qilish ma’lum darajada 
riskka tortilish bilan bog‘liq bo‘lib qolaveradi. 
Shu o‘rinda investorlarni qiziqtiradigan yana bir savol tug‘ilishi 
tabiiy, bu – optimal diversifikatsiyaga erishish uchun investitsiya 
portfeli nechta qimmatli qog‘ozdan tashkil topishi kerak? Portfel 
nazariyachilarining ta’kidlashlaricha porfelga 20ga yaqin qimmatli 
qog‘ozlarni qo‘shish, qimmatli qog‘ozlarga xos bo‘lgan individual 
risklarni sezilarli darajada pasaytiradi. Bunda investor turli hajmdagi 
va turli sanoat sektorlaridagi qimmatli qog‘ozlarni xarid qilgan deb 
faraz qilinadi, albatta. Mazkur amaliyot rivojlangan fond bozori 
mavjud mamlakatlar iqtisodiyotiga xos. Lekin boshqa tomondan 
iqtisodiyotni tarkibiy o‘zgartirish jarayonida diversifikatsiyalash 
amaliyoti nafaqat qimmatli qog‘ozlar bozori, balki boshqa sektorlar 
uchun ham xosdir.

Yüklə 15,56 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   117   118   119   120   121   122   123   124   ...   186




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin