Oʻzbekiston respublikasi oliy va oʻrta maxsus ta’lim vazirligi toshkent moliya instituti


.2. Risk va daromadlilik (qaytim)ning o‘zaro



Yüklə 15,56 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə120/186
tarix14.12.2023
ölçüsü15,56 Kb.
#176885
1   ...   116   117   118   119   120   121   122   123   ...   186
Дарслик Korporativ moliya (2)

17
.2. Risk va daromadlilik (qaytim)ning o‘zaro 
bog‘liqligi
38
 
Yuqorida ta’kidlab o‘tganimizdek, korporativ tuzilmalar moliya-
viy-xo‘jalik faoliyati turli xil risklar bilan o‘zaro bog‘liq. Mazkur 
holatda riskli operatsiyalarni amalga oshirish korporativ tuzilma 
uchun qanday miqdorda daromad keltirishini baholash bugungi 
iqtisodiy sharoitda muhim ahamiyatga ega. Chunki risklar va ularning 
qaytimini o‘z vaqtida va to‘g‘ri baholash har bir tijorat tashkilotining 
faoliyat samaradorligi va davomiyligini ta’minlash imkonini beradi. 
Keltirilayotgan 
jihatlar 
moliyaviy 
menejerlardan 
korporativ 
tuzilmalarning investitsiya faoliyatini amalga oshirishlarida ham 
o‘ziga xos e’tibor va chuqur bilim talab etadi. Shu boisdan quyida 
investitsion jarayonlarda risk-qaytim masalalarini keltirib o‘tamiz. 
“Investitsiya lug‘atlarida risk tushunchasi, qilingan investitsiya 
qaytimining kutilayotganidan boshqacha bo‘lish ehtimoli deb tushuni-
tiriladi. Texnik jihatdan bu, statistik usul – standart og‘ishish (standard 
deviation) orqali o‘lchanadi. Oddiygina qilib aytadigan bo‘lsak, 
38
Mazkur paragraf iqtisod fanlari nomzodi, dotsent U.Burxonovning “Moliyaviy 
konsepsiyalar” ilmiy maqolasi asosida kiritildi (U.Burxonov. Moliyaviy konsepsiyalar. // 
Moliya, 2010. №4. B. 12-20). 



261 - 
investitsion faoliyatda risk degani, amalga oshirilgan investitsiyaning 
ayrim qismini, yoki hammasini yo‘qotish ehtimoli borligini bildiradi. 
Riskning past darajasi, odatda, investitsiyadan keladigan kam 
daromad bilan, yuqori darajali risk esa, yuqori daromad imkoniyati 
mavjudligi bilan assotsiatsiyalanadi. Risk-qaytim muvozanati deyil-
ganda, investorning past riskni o‘z bo‘yniga olishi bilan bir vaqtda
yuqori qaytim olish xohishi (imkoni) o‘rtasidagi muvozanat tushu-
niladi. Ushbu muvozanatni grafik ko‘rinishida quyidagicha aks ettirish 
mumkin (17.2-rasm). 

Yüklə 15,56 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   116   117   118   119   120   121   122   123   ...   186




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin