-
265 -
- yuqori miqdordagi qarz kapitalidan foydalanishdan voz kechish;
- past likvidli aylanma aktivlardan yuqori darajada
foydalanishdan
voz kechish;
- vaqtincha boʻsh pul mablagʻlaridan qisqa muddatli moliyaviy
investitsiyalarda foydalanishdan voz kechish.
Operatsiyalar boʻyicha chegaralar belgilash
amaliyotida esa
quyidagilarga e’tibor qaratiladi:
- qarz mablagʻlaridan foydalanish boʻyicha chegara belgilash (oʻz
mablagʻlariga nisbatan);
- yuqori likvidli aktivlar minimal chegarasini
belgilash;
- iste’mol va tijorat kreditlarining bitta xaridor boʻyicha
maksimal
miqdorini belgilash;
- bitta bankka joylashtirish mumkin boʻlgan maksimal depozit
miqdorini belgilish;
- emitentlarga nisbatan qimmatli qogʻozlar boʻyicha maksimal
moliyaviy qoʻyilmalar miqdorini belgilash;
- debitorlik qarzi boʻyicha maksimal muddatni belgilash.
Xedjirlash
orqali
moliyaviy
risklarning
oldini
olish
quyidagilardan foydalanish orqali amalga oshiriladi:
- fyuchers shartnomalaridan foydalanish orqali xedjirlash;
- opsionlardan foydalanish orqali xedjirlash;
- svop operatsiyalaridan foydalanish orqali xedjirlash.
Diversifikatsiyalash
amaliyoti bevosita
risklarni taqsimlash
imkoniyatini yuzaga keltiradi va bu jarayon quyidagilar orqali amalga
oshirilishi mumkin:
- moliyaviy faoliyat turlarini diversifikatsiyalash;
- valyuta portfelini diversifikatsiyalash;
- depozit portfelini diversifikatsiyalash;
- kredit portfelini diversifikatsiyalash;
- qimmatli qogʻozlar portfelini diversifikatsiyalash;
- real investitsiyalash dasturlarini diversifikatsiyalash.
Risklarni taqsimlash
moliyaviy operatsiya ishtirokchilari oʻrtasida
amalga oshiriladi va bu amaliyot quyidagi jarayonlarda tashkil etilishi
mumkin:
- risklarni investitsion loyiha ishtirokchilari oʻrtasida
taqsimlash;
-
266 -
- xomashyo va materiallar boʻyicha risklarni mol yetkazib
beruvchilar va xaridor oʻrtasida taqsimlash;
- lizing munosabatlarida asosiy vosita ma’naviy eskirishini lizing
oluvchi va lizing beruvchi oʻrtasida taqsimlash.
Shuningdek, moliyaviy risklarni
neytrallashtirishning ichki
mexanizmlaridan
hisoblanuvchi
boshqa
metodlar
sifatida
quyidagilarni ham keltirish mumkin:
- moliyaviy jarimalar yoki chegirmalar qoʻllash;
- kafolatlar olish;
- fors-major holatlari roʻyxatini qisqartirish.
Dostları ilə paylaş: