-
237 -
0
-100000,00
1,00
-100000,00
-100000,00
1
25000,00
1,10
22727,27
-77272,73
2
30000,00
1,21
24793,39
-52479,34
3
35000,00
1,33
26296,02
-26183,32
4
40000,00
1,46
27320,54
1137,22
5
45000,00
1,61
27941,46
29078,68
6
50000,00
1,77
28223,70
57302,37
Jami
-100000,00
225000,00
157302,37
57302,37
Jadval ma’lumotlaridan koʻrinib
turibdiki, pul oqimlari toʻgʻri
baholangan holatda loyiha amalga oshirilgan xarajatlarni toʻliq
qoplash (taxminan 4-yil oxirida) imkonini beradi. Shuningdek,
NPV
(57302,37)ga teng birlikda qoʻshimcha foyda olish imkonini beradi.
Koʻp sonli tadqiqotlar koʻrsatib
beradiki,
NPV
koʻrsatkichi
belgilangan davr mobaynida pul mablagʻlari kirimi va chiqib ketishi
oʻrtasidagi munosabatni oʻzida
aks ettiradi, shuningdek,
amalga
oshirilgan xarajatlarni qoplash va qoʻyilmalarning berilgan
daromadliligi me’yoriga erishishi haqida tasavvur beradi.
NPV
mutlaq koʻrsatkich sifatida oʻzaro jamlash xususiyatiga ham
ega. Ya’ni turli loyihalar boʻyicha
NPV
lar oʻzaro jamlanishi mumkin:
NPV (A,B,C)= NPV(A)+ NPV(B)+ NPV(C).
Mazkur mezonning muhim xususiyatlaridan
biri sifatida kelib
tushgan mablagʻlarni reinvestitsiyalash stavkasi boʻyicha aniq
taxminni keltirish mumkin.
NPV
metodida loyihani amalga
oshirishdan kelib tushadigan mablagʻlar
korxona uchun kapitalning
oʻrtacha tortilgan qiymatini anglatuvchi berilgan diskont me’yori (
r
)
boʻyicha reinvestitsiyalanishi aniq belgilab berilmaydi.
NPV
metodi loyihani amalga oshirish natijasida korxona qiymati
oʻzgarishi haqida fikr yuritish imkonini beradi. Shuningdek,
NPV
koʻrsatkichining qoʻllanilishi orqali
taqqoslama baholash mutlaq
miqdorlarni taqqoslashning murakkabligi kabi amaliyotda har doim
ham qulay emas.
Misol koʻrib chiqamiz.
Faraz qilaylik ikkita loyiha koʻrib chiqish uchun taqdim etilgan.
Qabul qilingan diskont me’yori 10 foiz. Mos ravishda pul oqimlarini
-
238 -
baholash va
NPV
hisob-kitobi quyidagi jadvalda keltirilgan (15.2-
jadval).
15.2-jadval
Dostları ilə paylaş: