-
74 -
Oddiy foizlar boʻyicha diskontlash
Oddiy foiz stavkalariga bogʻliq ravishda qisqa muddatli
moliyaviy operatsiyalarni tahlil qilish
jarayonida diskontlashning
ikkita metodi – matematik va tijorat diskontlashlar qoʻllaniladi.
Birinchi holatda joriy qiymatni aniqlash me’yori sifatida oʻsib borish
jarayonida qoʻllaniladigan
r
stavkadan foydalaniladi. Tijorat
diskontlashida esa joriy qiymatni aniqlash me’yori sifatida hisob
stavkasi (keyingi oʻrinlarda
d
simvolidan foydalaniladi) qoʻllaniladi.
Matematik diskontlash
Matematik diskontlash pul mablagʻlar oʻsib
borishini aniqlashga
teskari tartibda
FV, r, n
koʻrsatkichlari oldindan aniq boʻlgan holda
PV
miqdorini aniqlash tartibini anglatadi. Bunda qabul qilingan
belgilashlarni
hisobga olgan holda
r
stavka boʻyicha diskontlash
formulasi quyidagi koʻrinishda boʻladi:
𝑃𝑉 =
𝐹𝑉
(1+𝑟×
𝑡
𝑉
)
.
(4.4)
FV
va
PV
oʻrtasidagi, ya’ni kelgusi qiymat va joriy qiymat
oʻrtasidagi farq
diskont
deb ataladi. Bunda foydalaniladigan joriy
qiymatni aniqlash me’yori
r
dekursiv foiz stavkasi deb yuritiladi.
Misol koʻrib chiqamiz.
Nominal qiymati 100 birlikka teng boʻlgan, 90 kundan keyin qop-
lanadigan, talab qilinadigan daromadlilik me’yori 12% boʻlgan
kuponsiz obligatsiyani sotib olish uchun investordan qancha mablagʻ
toʻlash talab etiladi?
Odatiy foizlardan foydalanilsa:
PV = 100/(1+0,12x90/360) = 97,087 birlik.
Aniq foizlardan foydalanilsa:
PV = 100/(1+0,12x90/365) = 97,12 birlik.
Tijorat diskontlash
Diskontlashning bu metodi xorijiy amaliyotda asosan veksellarni
banklarda
hisobga olishda, shuningdek, ayrim holatlarda qisqa
muddatli bank kreditlari berishda qoʻllaniladi. Uning mazmunini
-
75 -
operatsiya boʻyicha hisoblanadigan
foizlar summasining muddat
oxirida qaytarib olinadigan summa tarkibida aks etishida koʻrishimiz
mumkin. Bu jarayonda
d
hisob stavkasi qoʻllaniladi. Hisob stavkasi
boʻyicha diskontlash formulasi quyidagi koʻrinishga ega:
𝑃𝑉 = 𝐹𝑉(1 − 𝑑 × 𝑛) = 𝐹𝑉 (1 − 𝑑 ×
𝑡
𝑉
).
(4.5)
Hisob stavkasi boʻyicha diskontlash jarayonida ham vaqt bazasi
sifatida 360/360, 365/360 yoki 360/365
foiz aniqlash shakllaridan
foydalaniladi. Bunda foydalaniladigan
d
joriy qiymatni aniqlash
keltirish me’yori antisipativ foiz stavkasi deb yuritiladi.
Misol koʻrib chiqamiz.
100 000 birlik qiymatga teng oddiy veksel 90 kundan keyin
toʻlash sharti bilan bankda hisobga olindi. Bank hisob stavkasi 15%.
Veksel egasi oladigan summani aniqlang.
PV = 100 000 x (1 – 0,15 x 90/360) = 96 250 birlik.
Mos
ravishda bank tomonidan
100 000 – 96 250 = 3750
birlik
bank foydasi sifatida hisobga olinadi.
Mazkur amaliyotdan koʻrinib
turibdiki,
d
stavkaning belgilanishi
natijasida bank diskont koʻrinishida daromad oladi, veksel egasi esa
bankdan veksel nominalidan past summani oladi.
Diskontlashning ikkala koʻrib chiqilgan usullarining qoʻllanishi
bir-biriga nisbatan turli natijalarni keltiradi. Bu holat
d=r
da ham
shunday. Grafikdan koʻrinib turibdiki,
d
hisob stavkasi
r
odatiy
stavkaga qaraganda diskontlanayotgan summani bir muncha tezroq
kamaytirish imkonini beradi (5.3-jadval).
5.3-jadval
Dostları ilə paylaş: