Oʻzbekiston respublikasi oliy va oʻrta maxsus ta’lim vazirligi toshkent moliya instituti



Yüklə 15,56 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə30/186
tarix14.12.2023
ölçüsü15,56 Kb.
#176885
1   ...   26   27   28   29   30   31   32   33   ...   186
Дарслик Korporativ moliya (2)

V BOB. PUL MABLAG
ʻ
LARINING VAQT BO
ʻ
YICHA 
QIYMATI KONSEPSIYASI 
 
5.1. Pul mablag
ʻ
larining vaqt bo
ʻ
yicha qiymatining 
iqtisodiy mohiyati va moliyaviy operatsiyalarda vaqt 
omilini hisobga olishning ahamiyati
Pul mablagʻlarining vaqt boʻyicha qiymati (
time-value of money

konsepsiyasi korporativ moliyaning fundamental asoslaridan biri 
hisoblanadi. Mazkur konsepsiyaga muvofiq biz turli vaqtlarda egalik 
qiladigan pul mablagʻlari bir xil boʻlmagan qimmatga egalik qiladi. 
Ustiga-ustak biznesda va kundalik hayotimizda pulga egalik qilish 
vaqti pul mablagʻlarining miqdoriga nisbatan katta amamiyatga ega. 
Masalan, milliy pul birligining bugungi qimmati bir qancha vaqt 
oʻtgandagiga nisbatan qadrliroq. Ya’ni u ayni paytda joriy iste’molni 
qanoatlantirishga sarflanishi yoki kelajakda qoʻshimcha daromad olish 
uchun investitsiya sifatida qoʻyilishi mumkin. 
Ma’lum vaqtdan soʻng zarur miqdordagi pul mablagʻlariga egalik 
qilish uchun korxona ma’muriyati mavjud pul mablagʻini hozirning 
oʻzida yoʻnaltirish lozim boʻladi. Bunda qaror qabul qilishda 
kelgusidagi pul oqimlari pul mablagʻlarining joriy vaqtdagi qiymati 
(
present value - PV
)dan kelib chiqqan holda baholashni amalga 
oshirish lozim. Pul mablagʻlarining joriy qiymati va kelgusi qiymatini 
baholash uchun moliyachilar pul oqimlarini diskontlash boʻyicha 
maxsus metodikadan foydalanadilar. 
Bozor iqtisodiyoti sharoitida moliyaviy operatsiyalar oʻtkazish 
jarayonida vaqt omili muhim rol oʻynaydi. Shundan kelib chiqqan 
holda biznesning oltin qoidasi hisoblangan quyidagi fikr shakllangan: 
Bugun olingan pul mablagʻi summasi yertaga olinadigan pul 
mablagʻi summasi ekvivalentidan yuqori. 



70 - 
Korporativ moliyaviy munosabatlarda vaqt omilini hisobga olish 
foiz hisoblash texnikasi asosidagi diskontlash va oʻsib borish 
metodlaridan foydalangan holda amalga oshiriladi. Bu metodlarning 
mohiyati hozirgi yoki kelgusidagi talab qilingan turli davrlarga 
taalluqli pul mablagʻlari miqdorini aniqlashni oʻzida aks ettiradi. 
Mazkur jarayonda oʻsib boruvchi qiymat me’yori sifatida foiz stavkasi 
(
interest rate
)dan foydalaniladi. 
Tor ma’noda foiz stavkasi qarz mablagʻlaridan foydalanganlik 
uchun toʻlanadigan summani oʻzida aks ettiradi. Lekin korporativ 
moliyaviy munosabatlarda bu tushuncha kengroq talqin qilinadi. Ya’ni 
foiz stavkasi quyidagilarda namoyon boʻladi: 
- amalga oshirilayotgan operatsiyalar boʻyicha olinadigan 
foydaning 
qoʻyilgan 
mablagʻ 
miqdoriga 
nisbati 
sifatida 
hisoblanadigan va foizlarda yoki birlik ulushlarda aks etadigan 
daromadlilik darajasini belgilovchi vosita sifatida; 
- kapitalning muqobil qiymati sifatida. 
Oʻsib borish
tushunchasi foiz hisoblash natijasida dastlabki 
summaning ortib borishi jarayonini anglatadi. 
Oʻsib borish metodining iqtisodiy mazmuni operatsiyalarni 
amalga oshirish natijasida dastlabki summaga qoʻshimcha ravishda 
olinadigan yoki olinishi mumkin boʻlgan summa miqdorini aniqlashni 
anglatadi. Boshqacha aytganda oʻsib borish metodi ma’lum bir 
n
vaqtlar uchun belgilangan 
r
foiz stavkasidan kelib chiqqan holda joriy 
qiymat (
PV
)ning kelgusidagi qiymatini aniqlash imkonini beradi. 
Bunda foydalaniladigan 

stavka ba’zida oʻsish stavkasi deb ataladi. 
Diskontlash
tushunchasi pul mablagʻlarini joylashtirish jarayonida 
kelgusida ma’lum bir belgilangan summani olish (egalik qilish) uchun 
joylashtirish talab etiladigan pul mablagʻi miqdorini aniqlashni oʻzida 
aks ettiradi. Iqtisodiy ma’noda diskontlash orqali topiladigan 
PV
miqdori 
ayni paytda belgilab olingan 
FV 
kelgusi qiymat orqali aniqlab olinadi. 
Ta’kidlash kerakki, diskontlash mohiyatiga koʻra mablagʻlar 
miqdori oʻsib borishini oʻzida aks ettiradi. Bu jarayonda foydalani-
ladigan foiz stavkasi 
r
diskont normasi deb ataladi. Qayd etib oʻtish 
kerakki, moliyaviy operatsiyalarni amalga oshirish shartlariga bogʻliq 



71 - 
ravishda mablagʻlar oʻsib borishini aniqlash kabi diskontlash ham oddiy, 
murakkab yoki uzluksiz (muntazam) foizlar qoʻllanilishi orqali amalga 
oshiriladi. 

Yüklə 15,56 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   26   27   28   29   30   31   32   33   ...   186




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin