-
70 -
Korporativ moliyaviy munosabatlarda vaqt omilini hisobga olish
foiz hisoblash texnikasi asosidagi diskontlash va oʻsib
borish
metodlaridan foydalangan holda amalga oshiriladi. Bu metodlarning
mohiyati hozirgi yoki kelgusidagi talab qilingan turli davrlarga
taalluqli pul mablagʻlari miqdorini aniqlashni oʻzida aks ettiradi.
Mazkur jarayonda oʻsib boruvchi qiymat me’yori sifatida foiz stavkasi
(
interest rate
)dan foydalaniladi.
Tor ma’noda foiz stavkasi qarz mablagʻlaridan
foydalanganlik
uchun toʻlanadigan summani oʻzida aks ettiradi. Lekin korporativ
moliyaviy munosabatlarda bu tushuncha kengroq talqin qilinadi. Ya’ni
foiz stavkasi quyidagilarda namoyon boʻladi:
- amalga oshirilayotgan operatsiyalar boʻyicha olinadigan
foydaning
qoʻyilgan
mablagʻ
miqdoriga
nisbati
sifatida
hisoblanadigan va foizlarda yoki birlik
ulushlarda aks etadigan
daromadlilik darajasini belgilovchi vosita sifatida;
- kapitalning muqobil qiymati sifatida.
Oʻsib borish
tushunchasi foiz hisoblash natijasida dastlabki
summaning ortib borishi jarayonini anglatadi.
Oʻsib borish metodining iqtisodiy
mazmuni operatsiyalarni
amalga oshirish natijasida dastlabki summaga qoʻshimcha ravishda
olinadigan yoki olinishi mumkin boʻlgan summa miqdorini aniqlashni
anglatadi. Boshqacha aytganda oʻsib borish metodi ma’lum bir
n
vaqtlar uchun belgilangan
r
foiz stavkasidan kelib chiqqan holda joriy
qiymat (
PV
)ning kelgusidagi qiymatini aniqlash imkonini beradi.
Bunda foydalaniladigan
r
stavka ba’zida oʻsish stavkasi deb ataladi.
Diskontlash
tushunchasi pul mablagʻlarini
joylashtirish jarayonida
kelgusida ma’lum bir belgilangan summani olish (egalik qilish) uchun
joylashtirish talab etiladigan pul mablagʻi miqdorini aniqlashni oʻzida
aks ettiradi. Iqtisodiy ma’noda diskontlash orqali topiladigan
PV
miqdori
ayni paytda belgilab olingan
FV
kelgusi qiymat orqali aniqlab olinadi.
Ta’kidlash kerakki, diskontlash mohiyatiga koʻra mablagʻlar
miqdori oʻsib borishini oʻzida aks ettiradi. Bu jarayonda foydalani-
ladigan
foiz stavkasi
r
diskont normasi deb ataladi. Qayd etib oʻtish
kerakki, moliyaviy operatsiyalarni amalga oshirish shartlariga bogʻliq
-
71 -
ravishda mablagʻlar oʻsib borishini aniqlash kabi diskontlash ham oddiy,
murakkab yoki uzluksiz (muntazam) foizlar qoʻllanilishi orqali amalga
oshiriladi.
Dostları ilə paylaş: