Oʻzbekiston respublikasi oliy va oʻrta maxsus ta’lim vazirligi toshkent moliya instituti


 Moliya bozorida korporativ qimmatli qog



Yüklə 15,56 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə26/186
tarix14.12.2023
ölçüsü15,56 Kb.
#176885
1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   ...   186
Дарслик Korporativ moliya (2)

4.2. Moliya bozorida korporativ qimmatli qog
ʻ
ozlar 
kursini belgilab beruvchi omillar 
Moliya bozorining tarkibiy qismi hisoblangan qimmatli qogʻozlar 
bozori boshqa bozor turlaridan oʻz tovarlari xususiyati bilan ajralib 
turadi. Chunki qimmatli qogʻoz – alohida maxsus xususiyatga ega 
boʻlgan tovar hisoblanadi. Qimmatli qogʻozlar bir vaqtning oʻzida 
mulkka egalik qilish va daromad olish tituli sifatida xizmat qiladi. 
Qimmatli qogʻozlar tovar sifatida oʻz nominal bahosiga ega boʻlishiga 
qaramasdan, yuqori bozor bahosi boʻyicha sotilishi mumkin. Bu 
holatni qimmatli qogʻozlarning sanoatga yoki boshqa sohalarga 
joylashtirilgan kapital bir qismi ekanligidan kelib chiqadi. 
Agar qimmatli qogʻozga bozor talabi taklifdan yuqori boʻlsa, oʻz-
oʻzidan bozor qiymati nominal qiymatidan yuqori boʻladi. Qimmatli 
qogʻoz boʻyicha bozor bahosining uning nominalidan keskin darajada 



62 - 
farq qilishi soxta kapital yuzaga kelishiga sabab boʻladi. Soxta kapital 
real kapitalning qogʻozdagi egizagi hisoblanadi.
Soxta kapital bahosi quyidagi ikki omil orqali aniqlanadi: 
1. Kapitalga talab va taklif oʻrtasidagi nisbat; 
2. Emissiya qilingan qimmatli qogʻoz boʻyicha kapitallashgan 
daromad miqdori. 
Fond bozorida real amal qiluvchi kapital (pul va ssuda) bozori 
sifatida amal qiladi. Makrodarajada uning yordamida milliy 
xoʻjalikdagi iqtisodiy jarayonlar oʻz-oʻzidan tartibga solinadi. Bunga 
kapitalni investitsiyalash jarayonini keltirish mumkin. Mazkur jarayon 
kam daromadli tarmoqlardan yuqori daromadli tarmoqlarga kapital 
oʻtishini anglatadi. Natijada investitsiyalangan kapital boʻyicha foyda 
miqdorini taqqoslash yuz beradi. Kapitalning bunday harakat 
mexanizmi koʻpchilikka ma’lum. Ya’ni ma’lum bir tovarga talab 
oshsa mos ravishda ularning narxlari va ularni ishlab chiqarishdan 
foyda ham oshadi. Yangi texnologiyalar asosida faoliyat koʻrsatuvchi 
tarmoqda kapital kam samara bilan ishlovchi xoʻjalik tarmogʻidan 
yoʻnaltiriladi. Bunda qimmatli qogʻozlar mazkur mexanizmning 
ishlashini ta’minlovchi vosita hisoblanadi. Ular yordamida 
kompaniyalarda va jismoniy shaxslarda boʻsh kapital jamlanadi va 
moliyaviy instrumentlar oldi-sotdisi orqali zaruriy yoʻnalishlarga 
yoʻnaltiriladi. Natijada ijtimoiy ishlab chiqarishning optimal tuzilmasi 
shakllanadi va defitsitsiz iqtisodiyot amal qilishiga zamin yaratiladi. 
Mazkur holatda ijtimoiy ishlab chiqarish tushunchasi yalpi talabga 
mos tovar va xizmatlar yetkazib berishni nazarda tutadi. 
Amaliyotda investorlar tomonidan qimmatli qogʻozlarga talab 
quyidagi omillar ta’siri ostida shakllanadi: 
- daromadlilik – dividend, foiz va kurs oʻsishi kabi shakllarda 
daromad keltirish imkoniyati; 
- risk darajasi – ma’lum bir darajada moliyaviy yoʻqotishlar 
keltirish ehtimoli; 
- likvidlilik – qimmatli qogʻozlar evaziga pul mablagʻlari olish 
imkoniyati. 



63 - 
Investor oʻz kapitalini joylashtirish variantlari (oʻz mablagʻlarini 
bank depozitiga joylashtirish, tovar yoki koʻchmas mulk sotib olish va 
boshqalar)ni yuqorida keltirilgan omillarni hisobga olgan holda oʻzaro 
taqqoslaydi.
Bunda moliyalashtirish jarayonida narx shakllanish omillarini 
shartli ravishda uchta guruhga ajratish mumkin: 
- obyektiv omillar; 
- spekulyativ omillar; 
- subyektiv omillar. 
Obyektiv omillar moliya bozorining makro va mikrodarajasida 
koʻzga tashlanadi. Makroiqtisodiy omillar tarkibiga quyidagilar kiradi: 
- mamlakat iqtisodiyotining barqarorligi va rivojlanish 
istiqbollari; 
- yalpi ichki mahsulot tarkibida jamgʻarma va iste’mol 
ulushlarining oʻzaro nisbati; 
- davlat qarzi miqdori va uning yalpi ichki mahsulotdagi 
salmogʻi; 
- kompaniyalar zimmasiga tushayotgan soliq yuki va ssuda foiz 
stavkasi; 
- mamlakatdagi inflyatsiya darajasi; 
- barqaror xorijiy valyutalarga nisbatan milliy valyuta kursi; 
- faoliyatni rivojlantirish maqsadida korporativ tuzilmalar tomo-
nidan mablagʻ jalb qilish uchun emission qimmatli qogʻozlardan foy-
dalanish darajasi. 
Korporativ qimmatli qogʻozlarni muomalaga chiqarish hisobiga 
jalb qilinadigan real kapitaldan foydalanishga obyektiv mikroiqtisodiy 
omillar ham bevosita ta’sir koʻrsatadi. Bunday omillarga asosiy 
kapitalni yangilash darajasi, kompaniyalar moliyaviy barqarorligi va 
toʻlovga layoqatliligi, daromadlilik darajasi, tarmoqning istiqbolliligi 
va boshqalarni kiritish mumkin.
Spekulyativ (bozor) omillari tarkibiga quyidagilarni kiritish 
mumkin: 
- qimmatli qogʻozlar savdosining aniq bir “dasturga” 
asolanganligi; 



64 - 
- fond bozorida qisqa yakunlovchi pozitsiya holati
- korporativ tuzilmalarning oʻz aksiyalarini sotib olishi. 
Spekulyativ omillarning har biriga toʻxtalib oʻtamiz. Qimmatli 
qogʻozlar boʻyicha aniq dasturiy savdo fyuchers shartnomalari asosida 
aksiyalar kurslari oʻrtasida farqdan foyda olish imkoniyatini belgilab 
beradi. Mazkur omil aksiyalarning birja orqali savdosida qoʻshimcha 
beqarorlikka olib keladi. Dasturiy savdo amalda boshqa barcha 
omillarga ham ta’sir koʻrsatishi mumkin. Bunday holat aksiyalar 
bozor bahosining ular haqiqiy bahosiga nisbatan yuqori darajada 
oshgan vaqtda birja savdolarida yuzaga keladi va aksiyaga talabning 
pasayishiga xizmat qiladi. Voqeaning bunday rivojlanishi 
kutilmaganda birja inqiroziga olib keladi. Qisqa muddatli bunday 
pozitsiya oʻz muddatida sotilgan aksiyalarning umumiy miqdorini 
oʻzida aks ettiradi. Agar bu koʻrsatkich yuqori boʻlib ketgan boʻlsa, bu 
holat koʻplab investorlar bir vaqtning oʻzida aksiyalar kursi 
pasayishiga oʻynashidan kelib chiqishini anglatadi. Bunday holatning 
yuzaga kelishi emission qimmatli qogʻozlarning birja savdosida 
qoʻshimcha beqarorlikka sabab boʻladi. Korporativ tuzilmalarning oʻz 
aksiyalarini sotib olishi boshqa kompaniyalar bilan birlashib ketishi 
mumkinligi sharoitida oʻz moliyaviy holatini yaxshilashga intilishi 
yoki ta’sischilarning aksiyalar nazorat paketi orqali oʻz ta’sir 
koʻlamini mustahkamlashni xohlashiga guvohlik beradi. Har qanday 
holatda mazkur omil aksiyalar kursiga oʻz ta’sirini koʻrsatadi. 
Subyektiv omillar ham xilma-xillikka ega. Ularni shartli ravishda 
quyidagilar bilan bogʻliq holda uchta guruhga ajratish mumkin: 
- moliya bozori faoliyat koʻrsatishining texnik jihatlari; 
- korporativ qimmatli qogʻozlarni moliyaviy tahlil qilish 
metodlari (fundamental va texnik tahlil); 
- yetakchi moliyaviy menejerlar (direktorlar) va kompaniyalar, 
fond birjalari, yirik banklar va qimmatli qogʻozlar bozorining boshqa 
institutsional ishtirokchilari pozitsiyalari va yondashuvlari. 
Bunday holatda, kapital qoʻyilmalarni moliyalashtirish jarayonida 
emission qimmatli qogʻozlar kurs qiymati dinamikasiga, ularning 
daromadliligi, xavfsizligi va likvidliligiga ta’sir etuvchi ham obyektiv, 



65 - 
ham subyektiv omillarni hisobga olish lozim. Hattoki iqtisodiyotni va 
korporativ qimmatli qogʻozlar kursi boʻyicha birja operatsiyalarini 
davlat tomonidan tartibga solish sharoitida ham moliya bozoridagi 
holatni tahlil qilish va baholash uchun muhim koʻrsatkichlardan 
foydalanish tavsiya etiladi. 

Yüklə 15,56 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   ...   186




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin