Oʻzbekiston respublikasi oliy va oʻrta maxsus ta’lim vazirligi toshkent moliya instituti


 Moliyaviy menejmentning maxsus funksiyalari quyidagilar



Yüklə 15,56 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə24/186
tarix14.12.2023
ölçüsü15,56 Kb.
#176885
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   ...   186
Дарслик Korporativ moliya (2)

8. Moliyaviy menejmentning maxsus funksiyalari quyidagilar: 
a) aktivlarni, kapitalni, investitsiyalarni, pul oqimlarini, moliyaviy 
risklarni boshqarish
b) tashkil etish, tahlil, rejalashtirish, motivatsiya va nazorat; 
d) taftish oʻtkazish, tekshirish, hisob-kitobni amalga oshirish; 
e) moliyaviy nazoratchilarga hamrohlik qilish, tegishli hujjatlarni 
tekshiruvchilarga taqdim etish. 
9. Pul oqimlarining sinxronligini ta’minlash deganda nimani 
tushunasiz? 



55 - 
a) pul mablagʻlari kirimi va chiqib ketishining vaqt va miqdor 
jihatdan oʻzaro mos kelishini ta’minlash; 
b) toʻlovga layoqatlilikni ta’minlash uchun pul mablagʻlari 
tushumini doimiy nazorat qilib borish
d) aksiyadorlar oldidagi majburiyatlardan kelib chiqqan holda pul 
mablagʻlari harakatini qonuniy tashkil etish; 
e) davlat va kontragentlar bilan moliyaviy munosabatlarda toʻlov 
majburiyatlarini oʻz vaqtida toʻliq bajarishni ta’minlashga qaratilgan 
faoliyat. 
10. Korxonaning bozor bahosi deganda nima tushuniladi? 
a) korxonani sotish natijasida egalik qilish mumkin boʻlgan pul 
miqdori; 
b) korxona aktivlarining bozor bahosi; 
d) ma’lum bir sanadagi korxona balans qiymati
e) korxona bozor bahosi degan tushuncha bozor iqtisodiyoti 
sharoitida amal qilmaydi. 
 
 
 



56 - 
 
 
 
IV BOB. MOLIYA BOZORIDA KORPORATSIYA 
 
4.1. Moliya bozorining korporativ tuzilmalar 
faoliyatidagi ahamiyati va o
ʻ
zaro faoliyat uyg
ʻ
unligi 
Biznesning tashkiliy shakli sifatida korporatsiyalarning asosiy 
afzalligi mulk huquqini oʻtkazish va yangi aksiyalar paketini emissiya 
qilish yordamida qoʻshimcha moliyaviy resurslar jalb qilishning 
nisbatan osonligida namoyon boʻladi. Bu ikkala afzallik moliya bozori 
orqali amalga oshiriladi va industrial rivojlangan davlatlarda 
korporativ moliyalashtirish amaliyotida muhim rol oʻynaydi. Moliya 
bozori moliyaviy instrumentlari (qimmatli qogʻozlar) yordamida pul 
mablagʻlari oqimlarini investorlardan foydalanuvchilarga (qarz 
oluvchilarga) yoʻnaltirishga xizmat qiluvchi barcha bozor institutlari 
majmuini oʻzida ifodalaydi. Moliya bozori xilma-xillikka ega, lekin 
ularning oldi-sotdi predmeti bitta – turli xil shakllarda taqdim 
etiladigan pul hisoblanadi. Moliya bozori tarkibiga eng muhim uchta 
segment kiritiladi: 
- naqd pul va oʻxshash funksiyalarni bajaruvchi qisqa muddatli 
toʻlov vositasi sifatida bir yilgacha muddatda muomalada boʻladigan 
vositalar (cheklar, solo-veksellar, akkreditivlar va boshqalar) bozori; 
- ssuda kapitali bozori, ya’ni uzoq va qisqa muddatli kreditlar 
bozori – kredit bozori;
- qimmatli qogʻozlar bozori – fond bozori. 
Koʻpincha, moliya bozori ikkita segmentga pul bozori va kapital 
bozoriga boʻlinadi.
Moliya bozori amal qilishining obyektiv zarurligini xoʻjalik 
subyektlarining pul mablagʻlariga boʻlgan talab va bu talabni qoplash 
uchun manbalarning har doim ham mos tushavermasligi bilan izohlash 
mumkin. Amaliyotda boʻsh pul mablagʻlari kapital egasi (investor) 
qoʻlida boʻlsa, bozorning boshqa bir subyekti, ya’ni emitentda pul 



57 - 
mablagʻlariga boʻlgan talab yuzaga keladi. Boʻsh pul mablagʻlarini 
vaqtinchalik qayta taqsimlash uchun moliya bozoridan foydalaniladi. 
Moliya bozorining funksional vazifasi pul mablagʻlarini egasidan 
(investordan) foydalanuvchiga tomon harakatlantirishda vositachi 
sifatida ishtiroki bilan belgilanadi. 
Kelgusida yuqori daromadli moliyaviy aktivlarga investitsiyalash 
uchun boʻsh pul mablagʻlarini oʻzida jamlagan yuridik va jismoniy 
shaxslar kapital egalari, ya’ni investorlar sifatida moliya bozoriga 
chiqadi. Yakka tartibdagi alohida shaxslar (uy xoʻjaligi) bevosita 
(yakka tartibda) yoki moliyaviy vositachilar (moliya-kredit institutlari) 
orqali oʻzlarining jamgʻarmalarini qoʻyilma sifatida amalga oshiradi. 
Qoʻshimcha foyda olish maqsadida tadbirkorlik faoliyatining turli 
obyektlariga pul mablagʻlarini moliya bozoridan oladigan korporativ 
tuzilmalar mablagʻlarni jalb qiluvchilar hisoblanadi. Moliya bozori 
ishtirokchilari oʻrtasidagi oʻzaro bogʻliqlikni quyidagi rasmdan 
koʻrish mumkin (4.1-rasm). 
 
4.1-rasm.

Yüklə 15,56 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   ...   186




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin