3.3. O
ʻ
zbekistonda korporativ boshqaruvni
rivojlantirish bo
ʻ
yicha amalga oshirilayotgan
islohotlar
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2015-yil 24-apreldagi
“Aksiyadorlik jamiyatlarida zamonaviy korporativ boshqaruv uslubla-
-
49 -
rini joriy etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi farmoni asosida mam-
lakatimizda aksiyadorlik jamiyatlaridagi moliyaviy boshqaruvni
takomillashtirishga alohida e’tibor qaratilmoqda. Shuningdek, toʻgʻri-
dan-toʻgʻri xorijiy investitsiyalarni keng jalb etish, aksiyadorlik
jamiyatlari faoliyatining samaradorligini tubdan oshirish, boʻlajak
investorlar uchun ularning ochiqligi va jozibadorligini ta’minlash,
zamonaviy korporativ boshqaruv uslublarini joriy qilish, korxonalarni
strategik boshqarishda aksiyadorlar rolini kuchaytirish uchun qulay
sharoitlar yaratishda ham mazkur farmon alohida ahamiyat kasb etadi.
Mamlakatimizda
korporativ
boshqaruv
tizimini
yanada
rivojlantirishning asosiy yoʻnalishlari etib quyidagilar belgilangan:
- xalqaro tajribani chuqur tahlil qilish va shu asosda zamonaviy
korporativ boshqaruv uslublarini joriy etish, ishlab chiqarish,
investitsiya, moddiy-texnik, moliyaviy va mehnat resurslaridan
foydalanish samaradorligini oshirish;
- chet el kapitali ishtirokida aksiyadorlik jamiyatlarini tashkil
etish, aksiyadorlik jamiyatlariga xorijiy investitsiyalarni keng jalb
qilish uchun qulay sharoitlar yaratish;
- eski boʻlinmalar va lavozimlarni tugatish, zamonaviy xalqaro
standartlar va bozor iqtisodiyoti talablariga mos yangi boʻlinma va
lavozimlarni joriy etishni inobatga olgan holda, aksiyadorlik
jamiyatlarini boshqarish tuzilmasini tubdan qayta tashkil etish;
- aksiyadorlik jamiyatlarini strategik boshqarish, boshqaruv
xodimlarining samarali faoliyatini nazorat qilishni ta’minlashda
aksiyadorlar, jumladan, minoritar aksiyadorlar rolini oshirish;
- yetakchi xorijiy ta’lim muassasalari bilan hamkorlik asosida
boshqaruv xodimlarini tayyorlash va ularning kasb darajasini oshirish,
shuningdek, aksiyadorlik jamiyatlarida rahbarlik lavozimlariga chet
ellik yuqori malakali menejerlarni jalb qilish.
Yetakchi xorijiy kompaniyalarda boshqaruvni tashkil etish
tizimini chuqur oʻrganish asosida ishlab chiqilgan aksiyadorlik
jamiyatining namunaviy tashkiliy tuzilmasi tasdiqlandi.
Aksiyadorlik jamiyatlari faoliyatining samaradorligini oshirish va
korporativ boshqaruv tizimini takomillashtirish komissiyasi Oʻzbekis-
-
50 -
ton Respublikasi Xususiylashtirish, monopoliyadan chiqarish va
raqobatni rivojlantirish davlat qoʻmitasi, boshqa manfaatdor idoralar
va aksiyadorlik jamiyatlarining kuzatuv kengashlari bilan hamkorlikda
uch oy muddatda aksiyadorlik jamiyatlari tashkiliy tuzilmasini
ularning tarmoq xususiyatlarini inobatga olgan holda, namunaviy
tuzilmaga muvofiqlashtirishni ta’minlashi lozimligi belgilandi.
Shuningdek, davlat ulushiga ega aksiyadorlik jamiyatlarining
rahbarlari tarkibini uch oy muddatda korporativ boshqaruvning
zamonaviy uslublari va tamoyillari, menejment va marketingni,
axborot-kommunikatsiya texnologiyalari hamda ularni ishlab
chiqarishni boshqarish tizimida qoʻllay bilishi boʻyicha attestatsiyadan
oʻtkazish, attestatsiya yakunlari boʻyicha boʻshagan lavozimlarga
yangicha fikrlaydigan, zamonaviy talablarga javob beradigan yuqori
malakali rahbarlar, shuningdek, xorijiy menejerlarni jalb etish
choralarini koʻrish masalalariga e’tibor qaratilgan.
Aksiyadorlik jamiyatlari faoliyatining samaradorligini oshirish va
korporativ boshqaruv tizimini takomillashtirish komissiyasining
Germaniya hamda boshqa iqtisodiy rivojlangan davlatlarning yetakchi
ta’lim muassasalarini jalb etgan holda, tugatiladigan Oliy biznes
maktabi negizida Korporativ boshqaruv ilmiy-ta’lim markazini tashkil
etish, uning zimmasiga korporativ boshqaruvning tashkiliy shakllari
va zamonaviy uslublarini joriy qilishni metodik ta’minlash,
shuningdek, xalqaro talab va standartlarga muvofiq ushbu sohada
boshqaruv xodimlarini tayyorlash hamda ularning malakasini oshirish
vazifasini yuklash toʻgʻrisidagi taklifi qabul qilingan.
Vazirlar Mahkamasi bir oy muddatda Korporativ boshqaruv
ilmiy-ta’lim markazini tashkil etish toʻgʻrisidagi qarorni belgilangan
tartibda qabul qilsin va uning vazifalari, tuzilmasi, tinglovchilarni
qabul qilish kvotasi, shuningdek, markazning samarali faoliyatini
ta’minlash choralarini belgilamoqda. Korporativ boshqaruv tizimini
tubdan takomillashtirish boʻyicha chora-tadbirlar dasturi qabul
qilingan boʻlib, unda asosiy yoʻnalishlar belgilab berilgan. 2015-yil 1-
iyuldan boshlab aksiyadorlik jamiyati ijro organining rahbarini
tayinlash toʻgʻrisidagi qaror, odatda, xorijiy menejerlar ham ishtirok
-
51 -
etishi mumkin boʻlgan tanlov asosida qabul qilinadi; aksiyadorlar,
jumladan, minoritar aksiyadorlar xoʻjalik sudiga ularning huquqlari va
qonuniy manfaatlari buzilgani haqida da’vo arizasi bilan murojaat
qilganda, ularga davlat bojini toʻlash muddati uzaytiriladi va bu boj
aybdor tomonidan undiriladi.
Aksiyadorlik jamiyatlari faoliyatining samaradorligini oshirish va
korporativ boshqaruv tizimini takomillashtirish komissiyasi boshqa
manfaatdor vazirlik va idoralar bilan hamkorlikda Germaniya hamda
boshqa rivojlangan davlatlarning muvaffaqiyatli tajribasi asosida
2015-yil 1-avgustga qadar Korporativ boshqaruv kodeksini ishlab
chiqish belgilangan va xalqaro amaliyotni inobatga olgan holda
yagona hujjatda quyidagilar aks etishi nazarda tutilgan:
- korporativ boshqaruvning ilgʻor uslublarini joriy etish boʻyicha
tavsiyalar, jumladan, uzoq muddatli istiqbolda rivojlanish strategiyasi
va vazifalari, ichki nazorat tizimlari va ijro organining aksiyadorlar
hamda investorlar bilan samarali oʻzaro hamkorlik mexanizmlarini
belgilash;
- aksiyadorlik jamiyatlari faoliyatining koʻlami, tarmoq xu-
susiyatlari va yoʻnalishlarini inobatga olgan holda, namunaviy
tashkiliy tuzilmani joriy qilish;
- aksiyadorlik jamiyatlari faoliyatining ochiqligini oshirish, ular
tomonidan xalqaro standartlar asosida audit va moliyaviy hisobot
axborotini nashr qilish.
2015 yilning 1 iyulidan aksiyadorlik va boshqa xoʻjalik
jamiyatlari nomlarida ularning ustav kapitalida davlat ulushidan qat’iy
nazar, «davlat» soʻzidan foydalanishga yoʻl qoʻyilmasligi belgilab
qoʻyildi.
2015-2018 yillarda barcha aksiyadorlik jamiyatlari yillik
moliyaviy hisobotni nashr etishi va Xalqaro audit standartlari hamda
Xalqaro moliyaviy hisobot standartlariga muvofiq tashqi auditni
oʻtkazishi ma’lumot uchun qabul qilindi. Aksiyadorlik jamiyatlari
faoliyatining samaradorligini oshirish va korporativ boshqaruv
tizimini takomillashtirish komissiyasi 2015 yilning 1 iyuliga qadar
aksiyadorlik jamiyatlarining yillik moliyaviy hisobotini xalqaro
-
52 -
standartlarga muvofiq nashr etish jadvalini tasdiqlasin. Aksiyadorlik
jamiyatlari boshqaruv xodimlari sifatida jalb qilingan xorijiy
mutaxassislarning mehnatiga haq toʻlash fondidan yagona ijtimoiy
toʻlov toʻlash; xorijiy mutaxassislarning boshqaruv xodimlari
sifatidagi faoliyatidan olgan daromadlari daromad soligʻi, toʻlov
manbaidan olinadigan daromad soligʻi, shuningdek, fuqarolarning
Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi Byudjetdan
tashqari pensiya jamgʻarmasiga toʻlanadigan majburiy sugʻurta
badallaridan ozod etiladi.
Dostları ilə paylaş: |