Oʻzbekiston respublikasi oliy va oʻrta maxsus ta’lim vazirligi toshkent moliya instituti



Yüklə 15,56 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə18/186
tarix14.12.2023
ölçüsü15,56 Kb.
#176885
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   186
Дарслик Korporativ moliya (2)

Nazorat savollari 
 
1.
Korporativ moliyaviy munosabatlar yuzaga kelish sabablari. 
2.
Aksiyadorlar bilan bir tomonlama va ko‘p tomonlama 
munosabatlar. 
3.
Korporativ tuzilmalarning moliya bozori institutlari bilan 
munosabatlari. 
4.
Mol yetkazib beruvchilar va xaridorlar bilan munosabatlar. 
5.
Korporativ tuzilma va davlat o‘rtasidagi ko‘p tomonlama 
munosabatlar. 
6.
Korporativ tuzilmalarning bank-kredit institutlari bilan 
munosabatlari. 
7.
Korporativ tuzilmalarning fond bozori institutlari bilan 
munosabatlari. 
8.
Korporativ tuzilmalarning ijtimoiy institutlar bilan hamkorligi. 
9.
Korporativ tuzilma va davlat byudjeti oʻrtasidagi munosabatlar. 
 
 



42 - 
 
 
 
III BOB. KORPORATIV TUZILMALARDA MOLIYAVIY 
MENEJERNING ROLI 
 
3.1. Korporativ tuzilmalarda moliyaviy
boshqaruvning xususiyatlari
Korxona rahbariyati oʻz kundalik faoliyatida moliyaviy rejalash-
tirish, moliyaviy qarorlar qabul qilish, natijalarni tahlil qilish va 
baholash hamda boshqa shu kabi bilan bogʻliq koʻplab muammolar 
bilan toʻqnash keladi. Tadbirkorga kutilgan natijani (foydani) 
keltirishi lozim boʻlgan har qanday yangi loyiha ma’lum bir gʻoyalar 
asosida paydo boʻladi. Bu gʻoyalar mahsulot ishlab chiqarish, xizmat 
koʻrsatish, qayta sotish maqsadida tayyor mahsulotlarni sotib olish va 
boshqalarga yoʻnaltirilgan boʻlishi mumkin. Shuningdek, bu daromad 
olish maqsadida boshqa kompaniyaga oʻz pul mablagʻlarini 
investitsiyalash toʻgʻrisidagi gʻoyalar ham boʻlishi mumkin. 
Koʻp sonli imkoniyatlar va bozordagi jiddiy raqobat sharoitida 
tadbirkor oʻziga toʻgʻri yoʻnalish belgilab olishni bilishi juda zarur. 
Faraz qilaylik, siz uyali aloqa xizmati koʻrsatish boʻyicha oʻz 
biznesingizni boshlashni xohlaysiz. Tasavvur qiling, ayni vaqtda 
hudud boʻyicha bunday xizmat koʻrsatish bilan shugʻullanadigan oʻnta 
kompaniya muvaffaqiyatli ishlab kelmoqda. Bu kompaniyalardan har 
biri oʻz raqobatchilarini diqqat bilan kuzatib boradi. Xizmat koʻrsatish 
sifati va texnologiyasida orqada qolmaslikka, shuningdek, imkon 
qadar kengroq abonentlar doirasini qamrab olishga intiladi. Agar 
barcha uyali aloqa kompaniyalari bir xil texnologiyalardan foydalansa 
va bir xil maqsad sari intilsa, bu uzoq muddatli planda koʻrinadiki, 
ular amaliy jihatdan bir xil narx boʻyicha bir xil xizmatlarni 
iste’molchiga taqdim etadilar. Birorta ham uyali aloqa kompaniyasi 
raqobatchilariga qaraganda oʻz xizmati uchun yuqori narx belgilay 
olmaydi, aks holda oʻz mijozlarini yoʻqotadi. Natijada biz 



43 - 
mikroiqtisodiyotda ideal raqobat (sof raqobat) deb ataluvchi holatga 
ega boʻlamiz. Ideal raqobat sharoitida bitta tarmoqqa kiruvchi 
kompaniyalar bir xil tovar va xizmatlarni taklif qilgan holda, bir xil 
narx belgilaydilar va qoʻshimcha ravishda deyarli bir xil daromadga 
ega boʻladilar.
Agarda ideal raqobat haqiqatda mavjud boʻlganda tadbirkorning 
jamiyatdagi oʻrni va hayoti zerikarli, kelajagi esa yoʻq boʻlardi. 
Haqiqatdan ham bunday sharoitda xususiy biznesni boshlashning 
umuman keragi ham boʻlmasdi. Ya’ni, oddiy tarzda pul mablagʻlarini 
boshqa kompaniyaga joylashtirish va oʻzi xohlagan oʻrtacha 
daromadni olish mumkin boʻlardi.
Har bir tadbirkorning ish jarayonidagi ishonchi va umidi 
bozordagi barqaror balansni buzishga, raqobatchilariga qaraganda 
yaxshiroq mahsulot ishlab chiqarishga, ish jarayonini yanada samarali 
tashkil etishga, bozorning mumkin qadar kattaroq qismini egallashga, 
erkin raqobat sharoitida gʻolib chiqishga va bevosita oʻz shartlarini 
oʻtkazishga undaydi. Faqatgina ana shunda biznesning uzoq muddatli 
muvaffaqiyatini va aksariyat raqobatchilarga qaraganda yuqoriroq 
foyda olishni ta’minlash mumkin. Bozorni egallash va shu orqali 
foydaning doimiy ravishda oʻsib borishini ta’minlashda kompaniya 
biznesi rivojlantirishning aniq strategiyasi belgilanishi alohida 
ahamiyat kasb etadi.
Shundan kelib chiqqan holda belgilangan strategik maqsadlarga 
erishish uchun talab qilinadigan iqtisodiy resurslarni jamlay olishi va 
ulardan nafaqat ishlab chiqarish nuqtai nazaridan, balki moliyaviy 
nuqtai nazardan ham eng samarali usullardan foydalana olishi lozim. 
Bunda moliyaviy samaradorlikni ta’minlash moliyaviy menejerning 
bosh vazifasi hisoblanadi.
Moliyaviy menejer – bu biznes egasining agenti boʻlib, u mulkdor 
manfaatlari uchun faoliyat yuritishi lozim. Uning faoliyati kompaniya-
ning boshqa rahbarlaridan ajralmagan holda amalga oshiriladi. Ya’ni, 
moliyaviy menejer umumiy strategik maqsadlarga erishish uchun 
rejalashtirish boʻlimi, marketing, buxgalteriya va boshqa asosiy 
boʻlimlar bilan oʻaro hamohang tarzda faoliyat yuritishi talab etiladi.



44 - 
Moliyaviy menejment foydani maksimallashtirish, aksiya kursini 
va biznes qiymatini maksimallashtirish, aksiyaga toʻgʻri keladigan 
foyda va dividend darajasini oshirish, shuningdek, xoʻjalik subyekti 
raqobatbardoshligi va moliyaviy barqarorligini oshirish maqsadida pul 
mablagʻlari, moliyaviy resurslarni shakllantirish, taqsimlash va 
ulardan foydalanish jarayonini boshqarishni anglatadi. Bundan asosiy 
maqsad kompaniya mulkdorlarining (aksiyadorlarining) boyligini 
orttirish hisoblanadi. Umumiy holda aksiyadorlar mulkini oshirib 
borish va biznesning strategik maqsadi hisoblangan foydani 
maksimallashtirish masalalari bir-biriga oʻzaro bogʻliqligini ham 
ta’kidlash lozim. Bunda moliyaviy menejerlar oldiga qoʻyiladigan 
asosiy va strategik masala uzoq muddatli istiqbolda foydani muntazam 
ravishda maksimallashtirib borish orqali korxona bozor bahosini 
oshirib borish hisoblanadi.

Yüklə 15,56 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   186




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin