Mulkdorlar mulkini maksimallashtirish
Moliyalashtirish manbalari va
usullarini tanlash
Sof foydani taqsimlash
Investitsion qarorlar
qabul qilish
Zar
ar
si
zl
ik
nuqt
asi
ni
bel
gi
las
h
D
ar
om
adl
il
ikn
i
bel
gi
las
h
Mol
iya
las
ht
ir
ish
m
anb
as
ini
bel
gi
las
h
Mol
iya
las
ht
ir
ish
usul
ini
tan
la
sh
Fo
yd
an
i ta
qs
im
lash
m
ex
an
izm
in
i ish
lab
ch
iq
is
h
Div
id
en
d
to
ʻlash
m
ex
an
izm
in
i ish
lab
ch
iq
is
h
-
46 -
stavkalari va bank kreditlaridan tadbirkorlarning foydalana olish
imkoniyatiga, kapital bozoriga, narxlarga, raqobatga va boshqalarda
koʻrish mumkin. Shundan kelib chiqqan holda moliyaviy menejer
qabul qilinishi kutilayotgan iqtisodiy islohotlarning kompaniya
faoliyatiga ta’sirini va yuzaga kelishi mumkin boʻlgan oqibatlarini
oldindan tahlil qila olishi talab etiladi. Bu jihatga korporativ moliyaviy
strategiyani ishlab chiqish va amalga oshirishda jiddiy e’tibor
qaratiladi.
Ma’lumki, har qanday kompaniyada moliyalashtirishning ikkita
tamoyilial manbasi boʻlishi mumkin. Bular qarz mablagʻlari va
xususiy mablagʻlar. Ularni tanlash va kompaniyani moliyalashtirish
tarkibidagi ulushini belgilash koʻp jihatdan uning iqtisodiy
samaradorligiga bogʻliq. Bundan tashqari mijozlarni kreditlash
siyosati,
qarzlarni
undirish,
qisqa
muddatli
ehtiyojlarni
moliyalashtirish usullari ham kompaniya faoliyat samaradorligini
aniqlashda va qarzlar boʻyicha foizlarni toʻlash imkoniyatini
baholashda katta ahamiyat kasb etadi. Aynan keltirib oʻtilayotgan
jihatlardan kelib chiqqan holda moliyaviy menejer biznesni
moliyalashtirishning eng foydali yoʻllarini belgilab bera olishi lozim.
Shuningdek, moliyaviy menejerdan erishilgan foydadan foydala-
nish boʻyicha shunday siyosat ishlab chiqish talab qilinadiki, natijada
investorlar (aksiyadorlar)ning manfaatlari qanoatlantirilishi lozim.
Bunda dividend siyosatini tanlash investorlarning tiplari va shartlariga
koʻp jihatdan bogʻliq. Umumiy holda dividend siyosati bir tomondan
kompaniya strategik maqsadlari bilan muvofiq kelishi, ikkinchi
tomondan aksiyadorlar manfaatlarini qanoatlantira olishi zarur.
Odatda kichik biznes subyektlari moliyaviy menejment
sohasidagi mutaxassislarni jalb qilmaydilar. Ba’zida bu vazifani mos
bilimlarga ega boʻlgan yagona yoki yirik mulkdor sanalgan
kompaniya direktori bajaradi. Umuman olganda esa butun moliyaviy
boshqaruv bilan bosh hisobchi shugʻullanadi.
Biznesning yiriklashib borishi bilan kompaniyalarda alohida shtat
birligida moliyaviy menejerni qabul qilish imkonini topish foydadan
holi boʻlmaydi. Yuqorida ta’kidlaganimiz kichik biznesda moliyaviy
-
47 -
menejment sohasini olib borayotgan hisobchilarning korporativ mo-
liyani boshqarishning zamonaviy yondashuvlarini tushunishi va
amalda qoʻllay olishi soha rivojiga, korxonaning uzoq muddatli
muntazam oʻsib borishiga zamin yaratadi. Zero bugungi kun amaliyoti
risklarni boshqara oluvchilarni haqiqiy moliyachi sifatida tan
olmoqda.
Bugungi kunda oʻz xususiy biznesini boshlayotgan har bir shaxs
faoliyat turidan qat’iy nazar quyidagi uchta savolga javob bera olishi
talab etiladi:
1. Sizga qancha miqdorda uzoq muddatli investitsiyalar zarur
boʻladi? Ya’ni siz qaysi sohada faoliyat koʻrsatmoqchisiz va unda
qanday turdagi binolar, uskuna va inshootlar talab qilinadi?
2. Oʻz faoliyatingizni uzoq muddatli moliyalashtirish uchun
qanday manbalardan foydalanmoqchisiz? Bunda oʻzingizga sherik
ham jalb qilmoqchimisiz?
3. Kundalik moliyaviy operatsiyalarni qanday tartibda boshqar-
moqchisiz?
Keltirilgan masalalar bugungi kunda korporativ moliyani bosh-
qarishda oʻta muhim masalalar hisoblanadi.
Odatda aksiyadorlarning har kunlik faoliyat bilan bogʻliq qarorlar
qabul qilish jarayonida toʻgʻridan-toʻgʻri ishtirok etmasligi yirik
kompaniyalar moliyaviy boshqaruvidagi farqli xususiyat hisoblanadi.
Buning oʻrniga korporatsiya menejerlar yollaydi. Menejerlar
ta’sischilar manfaatlari uchun faoliyat yuritadi va ular nomidan
qarorlar qabul qiladi. Yirik korxonalarda yuqorida keltirilgan uchta
savolga moliyaviy menejer javob beradi.
Moliyaviy boshqaruv funksiyalari odatda kompaniyaning yuqori
darajadagi rahbarlariga yuklatiladi, masalan moliyaviy masalalar
boʻyicha boshqaruv raisi oʻrinbosari (rivojlangan davlatlarda vitse-
prezident) yoki moliyaviy direktor (CFO – chief financial officer).
Korporativ tuzilmalar faoliyatida moliyaviy menejer uchta
masalani hal qilish borasida qaygʻurishi lozim. Bu masalalar
quyidagilar:
- kapital qoʻyilmalar byudjetini tuzish;
-
48 -
- kapital tarkibini optimallashtirish;
- aylanma kapitalni boshqarish.
Ularning har biriga toʻxtalib oʻtamiz.
Kapital qoʻyilmalar byudjetini tuzish – bu korxonada uzoq
muddatli investitsiyalarni rejalashtirish va boshqarish jarayonidir.
Rejalashtirishning mazkur jarayonida moliyaviy menejer korxona
uchun ahamiyatli boʻlgan investitsion imkoniyatlardan foydalanish
orqali ularni oʻzlashtirishga harakat qiladi. Kapital qoʻyilmalar
byudjetini tuzishda kutilayotgan pul mablagʻlari tushumlari miqdori
va muddati, ularning kelib tushish yoki tushmaslik ehtimoli kabi
masalalarga ham e’tibor qaratiladi.
Kapital tuzilmasi – bu qarz kapitali va xususiy kapitalning oʻzaro
yigʻindisidir. Moliyaviy menejer bu masalada korxonaning uzoq
muddatli investitsiyalarini amalga oshirish uchun zarur moliyaviy
resurslarni jalb qilish manbalariga e’tibor qaratadi. Firmaning kapital
tuzilmasi oʻz operatsiyalarini moliyalashtirish uchun foylaniladigan
xususiy kapital va uzoq muddatli qarzdorlikning yigʻindisini oʻzida
ifodalaydi. Bu sohada moliyaviy menejer oldida har doim muammoli
vaziyat paydo boʻladi. Birinchidan, qancha miqdorda qarz mablagʻi
olish lozim, boshqa tomondan qarz kapitali va xususiy kapital oʻzaro
nisbati qanday holatda optimal hisoblanadi. Bunda tanlangan nisbat
risklilik darajasiga va kompaniya bozor qiymatiga ta’sir koʻrsatmaslik
kerak. Ikkinchidan, firma uchun afzal qanday moliyalashtirish
manbalari mavjud.
Aylanma kapitalni boshqarishda esa asosiy e’tibor pul mablagʻlari
tushumini ta’minlash va majburiyatlarni oʻz vaqtida qoplashga yoʻnal-
tiriladi.
Dostları ilə paylaş: |