Oʻzbekiston respublikasi oliy va oʻrta maxsus ta’lim vazirligi toshkent moliya instituti


Moliya bozori ishtirokchilari oʻrtasidagi oʻzaro bogʻliqlik



Yüklə 15,56 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə25/186
tarix14.12.2023
ölçüsü15,56 Kb.
#176885
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   ...   186
Дарслик Korporativ moliya (2)

 Moliya bozori ishtirokchilari oʻrtasidagi oʻzaro bogʻliqlik 
Moliya bozori ishtirokchilari 
Moliya bozorida hal qiluvchi 
funksiyalarni bajaruvchi 
ishtirokchilar 
Moliya bozorida yordamchi 
funksiyalarni bajaruvchi 
ishtirokchilar 
Nodavlat moliyaviy 
vositachilar 
Qimmatli 
qogʻozlarni 
va moliyaviy 
xizmatlari 
sotuvchilar 
Moliyaviy operatsiyalar 
bevosita ishtirokchilari 
Qimmatli 
qogʻozlarni va 
moliyaviy 
xizmatlari sotib 
oluvchilar 
Brokerlik 
faoliyatini 
amalga 
oshiruvchi 
moliyaviy 
vositachilar 
Dilerlik 
faoliyatini 
amalga 
oshiruvchi 
moliyaviy 
vositachilar 
Fond birjasi 
Valyuta birjasi 
Depozitariylar 
Hisob-kitob kliring 
markazlari 
Informatsion-konsultatsion 
markazlar 



58 - 
Moliya bozorining amaldagi faoliyati iqtisodiyotda tadbirkorlik 
faoliyati natijalariga javobgar va toʻla xoʻjalik mustaqilligiga ega boʻl-
gan real mulkdorlarning mavjudligi bilan chambarchas bogʻliq. Faqat-
gina ana shunday mulkdorlarning mustaqilligi moliya bozorida tijorat 
bitimlarini tuzish va moliya bozori instrumentlarini pulga almash-
tirishga talab yuzaga kelishiga imkon beradi. Sanoati rivojlangan dav-
latlarda institutsional mulkdorlar sifatida aksiyadorlik kompaniyalari 
qatnashadi. Aksiyadorlik kompaniyalari va moliya bozori oʻrtasidagi 
oʻzaro ta’sir mexanizmini quyidagi rasm orqali izohlash mumkin (4.2-
rasm).
4.2-rasm.
Korporatsiyalar va moliya bozori oʻrtasidagi pul oqimlari
Moliya bozori boshqa har qanday bozor kabi sotuvchi va 
xaridorni uchrashtirish joyi hisoblanadi. Moliya bozorida qarz 
Aktivlarga investitsiyalar 
Korporatsiya 
Moliyaviy 
vositachilar 
Aktivlar 
Aylanma 
aktivlar 
Uzoq muddatli 
aktivlar 
Harakatdagi aktivlarga 
pul mablagʻlari 
Moliya bozori 
(investorlar va 
kreditorlar) 
Aksiyalar 
Qisqa muddatli qarzlar 
Uzoq muddatli qarzlar 
Davlat 
Bu yerda: 
1. Pul mablagʻlarini jalb qilish uchun qimmatli qogʻozlar emissiyasi; 
2. Korporativ qimmatli qogʻozlar emissiyasi hisobiga jalb qilingan pul 
mablagʻlari; 
3. Harakatdagi aktivlarga pul mablagʻlari;
4. Davlat foydasiga soliqlar va majburiy ajratmalar; 
5. Investorlar va kreditorlarga toʻlanadigan dividendlar va foizlar;
6. Soliqlar toʻlangandan soʻng korporatsiya aktivlariga reinvestitsiya 
qilinadigan foizlar va dividendlarning bir qismi; 
7. Moliyaviy vositachilarga toʻlanadigan komission mukofotlar.











59 - 
majburiyatlarini ifodalovchi obligatsiyalar va ulush munosabatini 
ifodalovchi qimmatli qogʻozlar aksiyalar sotiladi va sotib olinadi.
Lekin, sotiladigan qimmatli qogʻozlar savdosini tashkil etish, 
sotuvchilari va xaridorlariga koʻra ham oʻzaro farqlanishi mumkin.
Moliya bozorida qimmatli qogʻozlari bozori birlamchi va 
ikkilamchi boʻlishi mumkin. 
“Birlamchi bozor” atamasi davlat yoki korporatsiya tomonidan 
qimmatli qogʻozlarni birlamchi savdosini anglatadi. Ikkilamchi bozor 
esa dastlabki realizatsiyadan keyin moliyaviy instrumentlar qayta oldi-
sotdi qilinadigan bozor hisoblanadi. Aksiyalar korporatsiyalar tomoni-
dan muomalaga chiqariladi. Qarz munosabatli qimmatli qogʻozlar esa 
korporatsiyalardan tashqari davlat tomonidan ham emissiya qilinadi.
Moliya bozori davlat tomonidan boshqaruv obyekti boʻlib 
hisoblanadi. Boshqaruv obyekti sifatida moliya bozori quyidagi 
parametrlarga koʻra tavsiflanadi: 
- bozor sigʻimi va kon’yunkturasi; 
- moliyaviy instrumentlar boʻyicha balanslashtirilgan talab va 
taklif; 
- qimmatli qogʻozlar realizatsiyasi shartlari; 
- qimmatli qogʻozlarning daromadliligi va moliyaviy risk darajasi. 
Moliya bozori sigʻimi tushunchasi aniq bir turdagi qimmatli 
qogʻozlar boʻyicha ularga boʻlgan talab va taklifdan kelib chiqqan 
holda mumkin boʻlgan yillik (oylik) savdo koʻlamini anglatadi. 
Moliya bozoridagi holat ijobiy va salbiy holatlarga ajratiladi. 
Mamlakatimizda moliyaviy aktivlarga talab ularga boʻlgan taklifga 
nisbatan sezilarli darajada past. Moliya bozorida kon’yunkturaning 
oʻzgarishi moliyaviy instrumentlar bozor bahosi oʻzgarishida 
namoyon boʻladi. Moliya bozorining barqaror rivojlanishi moliyaviy 
aktivlarga talab va taklif oʻrtasidagi nisbatning toʻgʻri oʻrnatilishi, 
ya’ni balanslilikni talab qiladi. Shunda moliyaviy instrumentlar 
barqaror va real baholarda sotiladi va sotib olinadi. 
Moliya bozorida ham talab va taklif doimiy ravishda oʻsib borishi 
lozim. Bu jihat moliyaviy aktivlarga boʻlgan talabning 
qanoatlantirilishi bilan bir vaqtning oʻzida taklif qilinadigan moliyaviy 



60 - 
instrumentlarning bozorda erkin sotilishini ta’minlaydi. Rivojlangan 
bozorda moliyaviy aktivlar koʻplab sanoat tovarlariga nisbatan 
aksariyat holatlarda yuqori likvidli hisoblanadi. Ularni qimmatli 
qogʻozlar kursi koʻtarilishi yoki pasayishiga qarab qulay sharoitdan 
foydalangan holda bir onda sotish yoki sotib olish mumkin. Shuning 
uchun moliya bozorining biror bir subyekti qimmatli qogʻozlarni 
sotuvchi yoki sotib oluvchi sifatida (muddatli shartnomalar – 
opsionlar, fyucherslar vositasida) qatnashishi mumkin. Qimmatli 
qogʻozlarning daromadliligi va risk darajasi oʻrtasida toʻgʻridan-
toʻgʻri bogʻliqlik amal qiladi. Ya’ni yuqori riskli qimmatli qogʻozlar 
(masalan yangi tashkil etilgan kompaniya aksiyalari) boʻyicha yuqori 
daromad ham taklif etiladi. 
Moliya bozori nisbatan mustaqil segmentlar tizimini oʻzida aks 
ettiradi. Masalan, korporativ qimmatli qogʻozlar bozori, davlat qarz 
majburiyatlari bozori, hosilaviy fond instrumentlari (hosilaviy 
qimmatli qogʻozlar yoki derivativlar) bozori va boshqalar.
Qamroviga koʻra moliya bozorlarini xalqaro va ichki moliya 
bozorlariga boʻlish mumkin. Oʻz navbatida, ichki moliyaviy bozor 
moliyaviy markazlar (fond birjalari, yirik banklar, moliyaviy kom-
paniyalar va boshqalar)dan tashkil topgan regional bozorlarga ham 
boʻlinadi. Ayrim mamlakatlar regional moliya bozorlarida regional 
(munitsipal) majburiyatni ifodalovchi obligatsiyalar ham muomalada 
boʻlishi mumkin. 
Ichki moliya bozorlarda tovar sifatida quyidagilar namoyon 
boʻladi: 
- qimmatli qogʻozlar – emission va tijorat qimmatli qogʻozlari; 
- sugʻurta kompaniyalari, nodavlat pensiya fondlari va boshqa 
moliyaviy vositachilar qat’iy majburiyatlarini oʻzida aks ettiruvchi 
qimmatli qogʻozlar; 
- valyuta qimmatliklari (xorijiy valyutalar va xorijiy valyutada aks 
ettirilgan qimmatli qogʻozlar); 
- qimmatbaho metallar va toshlar; 
- pullar (milliy banknotalar, depozit va jamgʻarma sertifikatlari). 



61 - 
Moliya bozoridan korporativ guruhlar tomonidan jalb qilingan pul 
mablagʻlari quyidagi maqsadlarda foydalaniladi: 
- aksiyalarni birlamchi joylashtirishdan olinadigan pul mablagʻlari 
ta’sis hujjatlarida koʻrsatilgan ustav kapitalini shakllantirish manbasi 
boʻlib xizmat qiladi
- aksiyalar qoʻshimcha emissiyasidan tushadigan pul mablagʻlari 
ustav kapitalini oshirishga yoʻnaltiriladi;
- korporativ obligatsiyalarni sotishdan olinadigan pul mablagʻlari 
real aktivlar (kapital qoʻyilmalar)ni moliyalashtirishga yoʻnaltirilishi 
mumkin; 
- aksiyadorlik jamiyati emission daromadi qoʻshimcha kapitalni 
toʻldirish manbasi boʻlib xizmat qiladi; 
- tijorat veksellari hamkorlar bilan oʻzaro munosabatlarda toʻlov 
vositasi sifatida ishtirok etadi.
Umuman, moliyaviy bozorlar orqali korporatsiyalarning mablagʻ 
jalb qilishi ularning moliyaviy barqarorligi va toʻlovga layoqatliligini 
oshiradi, shuningdek, iqtisodiy oʻsish uchun moliyaviy asos boʻlib 
xizmat qiladi.

Yüklə 15,56 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   ...   186




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin