-
72 -
tijorat foizlari deb yuritiladi. Aniq foizlarda esa vaqt bazasi
olinayotganda haqiqatdagi yil kunlari soni 365 yoki 366 kun olinadi.
Misol koʻrib chiqamiz.
10 000 birlik qiymatga teng mahsulot 30 kunga toʻlov
kafolati
olingan holda xaridorga tijorat krediti tarzida berildi. Kredit boʻyicha
yillik foiz stavkasi 30%. Shartnoma boʻyicha muddat yakunlangach
xaridordan qancha mablagʻ olinadi?
a) Odatiy foizdan foydalangan holda hisoblaymiz:
FV = 10 000x(1+0,30x(30/360)) = 10250 birlik
;
b) aniq foizlardan foydalangan holda hisoblaymiz:
FV = 10 000x(1+0,30x(30/365)) = 10 246,57 birlik.
Oʻz navbatida, operatsiya
davomiyligi muddati
t
oy boʻyicha
olinganda shartli ravishda 30 kun yoki oy boʻyicha haqiqatdagi kunlar
soni olinadi.
Shunday qilib, t va V parametrlariga bogʻliq holda operatsiya
muddati quyidagi variantlarda hisoblanishi mumkin:
-
365/365 – operatsiya amalga oshiriladigan kunlarning aniq
soni va yil boʻyicha
haqiqatdagi kunlar soni;
-
365/360 – operatsiya amalga oshiriladigan kunlarning aniq
soni va moliya yili (12 oy 30 kundan iborat deb olinadi);
-
360/360 – operatsiya amalga oshiriladigan kunlarning
taxminiy soni (bir oy 30 kunga teng deb qabul qilinadi) va moliya yili
(12 oy 30 kundan iborat deb olinadi).
Odatiy foizlar (360/360) tahliliy hisob-kitoblarda
foydalanish
uchun juda qulay. Bu jihat ularning koʻplab rivojlangan davlatlar,
xususan AQSH va Yevropa mamlakatlari amaliyotida qoʻllanilishi
bilan izohlanadi. Oʻzbekiston amaliyotida asosan operatsiya
oʻtkaziladigan kunlar aniq soni va moliya yili (365/360)
amaliyotda
qoʻllaniladi. Rossiya Federatsiyasi amaliyotida esa aniq foizlar
(365/365) qoʻllaniladi.
Aniq foizlarni formula boʻyicha hisoblash operatsiyalar oʻtkazila-
digan kunlarning haqiqatdagi sonini aniqlashni talab etadi. Bunda
foizlar boʻyicha ma’lumotlar aks etgan
maxsus jadvallardan yoki
kompyuter dasturlaridan, masalan Microsoft Excel dasturidan
-
73 -
foydalanish tavsiya etiladi. 10 000 birlik pul mablagʻining yillik 10%,
15% va 20%lik stavka boʻyicha kelgusi
qiymati quyidagi jadvalda
keltirilgan (5.1-jadval).
5.1-jadval
Dostları ilə paylaş: