Oʻzbekiston respublikasi oliy va oʻrta maxsus ta’lim vazirligi toshkent moliya instituti


boʻlishini ta’minlashga qaratilgan kredit shakli bu



Yüklə 15,56 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə56/186
tarix14.12.2023
ölçüsü15,56 Kb.
#176885
1   ...   52   53   54   55   56   57   58   59   ...   186
Дарслик Korporativ moliya (2)

boʻlishini ta’minlashga qaratilgan kredit shakli bu ... 
a) overdraft; 
b) investitsion kredit; 
d) qayta moliyalash krediti; 
e) sindikatsiyalashgan kredit. 
8. Bitta qarz oluvchining keng koʻlamli xoʻjalik dasturlari 
yoki 
yirik 
investitsion 
loyihalarni 
amalga 
oshirishni 
moliyalashtirish maqsadida kreditorlar tomonidan oʻzaro 
birlashgan holda taqdim etiladigan uzoq muddatli kredit nima 
deb ataladi? 
a) sindikatsiyalashgan kredit; 
b) overdraft; 
d) qayta moliyalash krediti; 
e) investitsion kredit. 
9. Aksiyadorlik jamiyatlari va tijorat banklari tomonidan 
chiqariladigan obligatsiyalar nima deb ataladi? 
a) korporativ obligatsiyalar;
b) moliyaviy obligatsiyalar; 
d) zayomlar; 
e) davlat obligatsiyalar. 
10. Bugungi kunga kelib AQSHda korporativ obligatsiyalar 
bozorining jami kapitallashuvi necha trillion dollarni tashkil 
etadi? 
a) 3,5 trillion;
b) 4,5 trillion;
d) korporativ obligatsiyalar yevroobligatsiyalar boʻlganligi sababi 
AQSHda amal qilmaydi 
e) 5,5 trillion. 



131 - 
IX BOB. KORPORATIV MOLIYADA KOLLEKTIV 
MOLIYALASHTIRISH AMALIYOTI 
 
9.1. Kollektiv investitsiyalashning iqtisodiy mohiyati, 
paydo bo‘lishi va ahamiyatli jihatlari 
 
Rivojlangan 
davlatlarda 
kollektiv 
investitsiyalash 
(moliyalashtirish) institutlari faoliyati bo‘yicha boy tajriba to‘plangan. 
Kollektiv investitsiyalash institutlari faoliyatining xalqaro darajada 
yo‘lga qo‘yilishi kapital bozorining yanada rivojlanishiga, hamda 
kapital bahosining pasayib borishi orqali muntazam ravishda o‘sib 
borgan korporativ tuzilmalardagi kapitalga bo‘lgan talabning 
qondirilishiga xizmat qilgan. Shundan kelib chiqqan holda 
respublikamizda ham investitsiya va pay fondlarini rivojlantirishga 
alohida e’tibor qaratilmoqda. 
Bugungi kunda investitsiya va pay fondlari moliya bozorining 
muhim ishtirokchilari qatorida tilga olinadi. Investitsiya fondlari rivoj-
langan davlatlar moliya bozorlarida ham keng miqyosda faoliyat 
ko‘rsatib kelmoqda. Shundan kelib chiqqan holda quyida mazkur 
masala xususida to‘xtalib o‘tamiz. 
Investitsiya fondlari ko‘plab investorlar tomonidan tanlangan 
investitsion vositachilar hisoblanadi. Bunda “Investitsiya fondlari 
moliyaviy vositachilar sifatida individual investorlarga aksiyalarni 
sotish orqali fond shakllantiradilar va fond mablag‘larini aksiya va 
obligatsiyalar bilan diversifikatsiyalangan investitsiya portfelini sotib 
olishga yo‘naltiradilar”.
18
Investitsiya fondlari faoliyati o‘z aksiyalarini joylashtirish orqali 
jalb qilingan kapitalni boshqa moliyaviy aktivlarga, xususan qimmatli 
qog‘ozlarga kiritish orqali daromad olish hamda olingan daromadni 
18
Frederic Mishkin, Stanley Eakins. Financial markets and institutions. – 7th ed. USA: 
Pearson, 2012. P. 30. 



132 - 
aksiyadorlar o‘rtasida taqsimlash asosida tashkil etiladi. Bunda 
daromad olish deganda kurs oshganda qimmatli qog‘ozlarni (xorijiy 
valyutalarni) qayta sotish, olinadigan foiz yoki dividend ko‘rinishilagi 
tushumlar nazarda tutiladi.
Investitsiya fondlari aksiyalar muomalaga chiqarishidan ham ko‘-
rinib turibdiki, milliy va xalqaro amaliyotda ular aksiyadorlik 
jamiyatlari shaklida tashkil etiladi. Investitsiya fondlari mustaqil 
korporativ tuzilmalar hisoblanadi. 
“Investitsiya fondlarining paydo bo‘lishi 1800-yillar o‘rtalarida 
Angliya va SHotlandiyaga to‘g‘ri keladi. Investitsion kompaniyalar 
cheklangan resurslarga ega investorlarning pul mablag‘larini birlash-
tirish hisobiga tashkil etilgan bo‘lib, o‘z navbatida yig‘ilgan pullar 
turli qimmatli qog‘ozlarga yo‘naltirilgan. Amerika qo‘shma shtatlari 
iqtisodiy o‘sishi uchun Amerika temir yo‘l kompaniyalari obligatsiya-
lariga kapital kiritila boshlangach, bunday investitsion kompaniyalar 
nihoyatda ommalashadi. 1824 yilda Bostonda birinchi investitsiya 
fondi asosiy sohalarga investitsiyalar kiritish uchun mablag‘lar jalb 
qilish maqsadida aksiyalar muomalaga chiqargan”.
19
Birinchi investitsiya fondi faoliyat muvaffaqiyatli kechgach, 
bunday fondlar ko‘plab tashkil etila boshlandi. 1929-1933 yildagi 
jahon iqtisodiy inqirozi investitsiya fondlari rivojlanishiga salbiy ta’sir 
ko‘rsatdi. Xususan, “1929 yildagi fond bozorining qulashi investitsiya 
fondlari rivojlanishini bir necha o‘n yillar davomida to‘xtatib qo‘ydi, 
chunki mayda investorlarning aksiyalarga investitsiyalar va qisman 
investitsiya fondlariga ham ishonchini pasaytirdi. 1940 yilda AQSHda 
to‘lovlar va investitsiya siyosati bilan bog‘liq munosabatlarni oshkor 
qilish siyosatiga doir ko‘plab talablarni o‘z ichiga olgan “Investitsiya 
kompaniyalari to‘g‘risida”gi qonun qabul qilindi. Natijada investitsiya 
fondlari faoliyatida barqaror o‘sish va sanoatni qo‘llab-quvvatlash 
qaytadan boshlandi”.
20
19
Frederic S.Mishkin, Stanley G.Eakins. Financial markets and institutions. – 7th ed. USA: 
Pearson, 2012. P. 490. 
20
Frederic S.Mishkin, Stanley G.Eakins. Financial markets and institutions. – 7th ed. USA: 
Pearson, 2012. P. 490. 



133 - 
Investitsiya fondlariga investorlar jalb qilinishidagi asosiy jihat 
investitsion faoliyatni markazlashgan tartibda diversifikatsiyalashdir. 
Bunda kapital egalarining investitsiya fondlari bilan hamkorlikda 
ishlashiga yetakchi tarmoq va sohalardagi aksiyadorlik kompaniyalari 
aksiyalarini mayda investorlarning sotib ololmasligi, investitsiya 
fondlari tomonidan risklarni hisobga olishga alohida e’tibor qaratishi 
ham sabab bo‘ladi. Shuni alohida qayd etish kerakki, investitsiya 
fondlari faoliyati fond bozorida operatsiyalarni amalga oshirish 
bo‘yicha hech qanday tajribaga ega bo‘lmagan kapital egalari uchun 
ham ahamiyatga ega. Chunki ularning risklarni to‘g‘ri baholay 
olmasligi natijasida moliyaviy yo‘qotishlar yuzaga kelishi mumkin.
Umumiy holda investitsiya fondlari afzalliklari sifatida quyidagi-
larni keltirish mumkin (9.1-rasm): 

Yüklə 15,56 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   52   53   54   55   56   57   58   59   ...   186




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin