-
131 -
IX BOB. KORPORATIV MOLIYADA KOLLEKTIV
MOLIYALASHTIRISH AMALIYOTI
9.1. Kollektiv investitsiyalashning iqtisodiy mohiyati,
paydo bo‘lishi va ahamiyatli jihatlari
Rivojlangan
davlatlarda
kollektiv
investitsiyalash
(moliyalashtirish) institutlari faoliyati bo‘yicha boy tajriba to‘plangan.
Kollektiv investitsiyalash institutlari faoliyatining xalqaro darajada
yo‘lga qo‘yilishi kapital bozorining
yanada rivojlanishiga, hamda
kapital bahosining pasayib borishi orqali muntazam ravishda o‘sib
borgan korporativ tuzilmalardagi kapitalga bo‘lgan talabning
qondirilishiga xizmat qilgan. Shundan kelib chiqqan holda
respublikamizda ham investitsiya va pay fondlarini rivojlantirishga
alohida e’tibor qaratilmoqda.
Bugungi kunda investitsiya va pay fondlari moliya bozorining
muhim ishtirokchilari qatorida tilga olinadi. Investitsiya fondlari rivoj-
langan davlatlar moliya bozorlarida
ham keng miqyosda faoliyat
ko‘rsatib kelmoqda. Shundan kelib chiqqan holda quyida mazkur
masala xususida to‘xtalib o‘tamiz.
Investitsiya fondlari ko‘plab investorlar tomonidan tanlangan
investitsion vositachilar hisoblanadi. Bunda “Investitsiya fondlari
moliyaviy vositachilar sifatida individual investorlarga aksiyalarni
sotish orqali fond shakllantiradilar va fond mablag‘larini aksiya va
obligatsiyalar bilan diversifikatsiyalangan investitsiya
portfelini sotib
olishga yo‘naltiradilar”.
18
Investitsiya fondlari faoliyati o‘z aksiyalarini joylashtirish orqali
jalb qilingan kapitalni boshqa moliyaviy aktivlarga, xususan qimmatli
qog‘ozlarga kiritish orqali daromad olish hamda olingan daromadni
18
Frederic Mishkin, Stanley Eakins. Financial markets and institutions. – 7th ed. USA:
Pearson, 2012. P. 30.
-
132 -
aksiyadorlar o‘rtasida taqsimlash asosida tashkil etiladi. Bunda
daromad olish deganda kurs oshganda qimmatli qog‘ozlarni (xorijiy
valyutalarni) qayta sotish, olinadigan foiz yoki dividend ko‘rinishilagi
tushumlar nazarda tutiladi.
Investitsiya fondlari aksiyalar muomalaga chiqarishidan ham ko‘-
rinib turibdiki, milliy va xalqaro amaliyotda ular aksiyadorlik
jamiyatlari shaklida tashkil etiladi. Investitsiya
fondlari mustaqil
korporativ tuzilmalar hisoblanadi.
“Investitsiya fondlarining paydo bo‘lishi 1800-yillar o‘rtalarida
Angliya va SHotlandiyaga to‘g‘ri keladi. Investitsion kompaniyalar
cheklangan resurslarga ega investorlarning pul mablag‘larini birlash-
tirish hisobiga tashkil etilgan bo‘lib, o‘z navbatida yig‘ilgan pullar
turli qimmatli qog‘ozlarga yo‘naltirilgan. Amerika qo‘shma shtatlari
iqtisodiy o‘sishi uchun Amerika temir yo‘l kompaniyalari obligatsiya-
lariga kapital kiritila boshlangach, bunday
investitsion kompaniyalar
nihoyatda ommalashadi. 1824 yilda Bostonda birinchi investitsiya
fondi asosiy sohalarga investitsiyalar kiritish uchun mablag‘lar jalb
qilish maqsadida aksiyalar muomalaga chiqargan”.
19
Birinchi investitsiya fondi faoliyat muvaffaqiyatli kechgach,
bunday fondlar ko‘plab tashkil etila boshlandi. 1929-1933 yildagi
jahon iqtisodiy inqirozi investitsiya fondlari rivojlanishiga salbiy ta’sir
ko‘rsatdi. Xususan, “1929 yildagi fond bozorining qulashi investitsiya
fondlari rivojlanishini bir necha o‘n yillar davomida to‘xtatib qo‘ydi,
chunki mayda investorlarning aksiyalarga investitsiyalar va qisman
investitsiya fondlariga ham ishonchini pasaytirdi. 1940 yilda AQSHda
to‘lovlar va investitsiya siyosati bilan bog‘liq munosabatlarni oshkor
qilish siyosatiga doir ko‘plab talablarni o‘z ichiga olgan “Investitsiya
kompaniyalari to‘g‘risida”gi qonun qabul qilindi. Natijada investitsiya
fondlari faoliyatida barqaror o‘sish va sanoatni qo‘llab-quvvatlash
qaytadan boshlandi”.
20
19
Frederic S.Mishkin, Stanley G.Eakins. Financial markets and institutions. – 7th ed. USA:
Pearson, 2012. P. 490.
20
Frederic S.Mishkin, Stanley G.Eakins. Financial markets and institutions. – 7th ed. USA:
Pearson, 2012. P. 490.
-
133 -
Investitsiya fondlariga investorlar jalb
qilinishidagi asosiy jihat
investitsion faoliyatni markazlashgan tartibda diversifikatsiyalashdir.
Bunda kapital egalarining investitsiya fondlari bilan hamkorlikda
ishlashiga yetakchi tarmoq va sohalardagi aksiyadorlik kompaniyalari
aksiyalarini mayda investorlarning sotib ololmasligi, investitsiya
fondlari tomonidan risklarni hisobga olishga alohida e’tibor qaratishi
ham sabab bo‘ladi. Shuni alohida qayd etish kerakki, investitsiya
fondlari faoliyati fond bozorida operatsiyalarni
amalga oshirish
bo‘yicha hech qanday tajribaga ega bo‘lmagan kapital egalari uchun
ham ahamiyatga ega. Chunki ularning risklarni to‘g‘ri baholay
olmasligi natijasida moliyaviy yo‘qotishlar yuzaga kelishi mumkin.
Umumiy holda investitsiya fondlari afzalliklari sifatida quyidagi-
larni keltirish mumkin (9.1-rasm):
Dostları ilə paylaş: