8.4. Qarz mablag
ʻ
lari hisobiga moliyalashtirishda
lizing munosabatlari
Mamlakatimizda lizing munosabatlari Oʻzbekiston Respublikasi
Fuqarolik kodeksi, “Lizing toʻgʻrisida”gi qonuni va boshqa tegishli
qonun hujjatlari bilan tartibga solinadi.
Lizing – moliyaviy ijaraning alohida turi boʻlib, unda lizing
beruvchi lizing oluvchining topshirigʻiga binoan sotuvchidan lizing
shartnomasida shartlashilgan mol-mulkni (lizing obyektini) mulk qilib
oladi va uni lizing oluvchiga shu shartnomada belgilangan shartlarda
haq evaziga egalik qilish va foydalanish uchun oʻn ikki oydan ortiq
muddatga beradi. Bunda lizing shartnomasi quyidagi talablardan
biriga javob berishi kerak:
- lizing shartnomasi muddati tugagach, lizing obyekti lizing
oluvchining mulki boʻlib oʻtishi;
- lizing shartnomasining muddati lizing obyekti xizmat
muddatining sakson foizidan ortig‘ini tashkil etishi yoki lizing
obyektining lizing shartnomasi tugaganidan keyingi qoldiq qiymati
uning boshlangʻich qiymatining yigirma foizidan kam boʻlishi;
- lizing shartnomasi davri uchun lizing toʻlovlarining joriy
diskontlangan (hisobga olingan) qiymati lizing obyektining lizingga
topshirish paytidagi joriy qiymatining toʻqson foizidan ortiq boʻlishi.
-
122 -
Joriy diskontlangan (hisobga olingan) qiymat buxgalteriya hisobi
toʻgʻrisidagi qonun hujjatlariga muvofiq belgilanadi.
Lizing uch taraflama (sotuvchi – lizing beruvchi – lizing oluvchi)
yoki ikki taraflama (lizing beruvchi – lizing oluvchi) lizing
shartnomasi boʻyicha amalga oshiriladi.
Lizing beruvchi va sotuvchi oʻrtasida ikki taraflama lizing
shartnomasi tuzilayotganida qoʻshimcha ravishda lizing obyektining
oldi-sotdi shartnomasi tuziladi.
Tadbirkorlik
faoliyati
uchun
foydalaniladigan
iste’mol
qilinmaydigan har qanday ashyolar, shu jumladan, korxonalar, mulkiy
komplekslar, binolar, inshootlar, uskunalar, transport vositalari hamda
boshqa koʻchar va koʻchmas mulk lizing obyektlari boʻlishi mumkin.
Yer uchastkalari va boshqa tabiiy obyektlar, shuningdek, muoma-
ladan chiqarilgan yoki muomalada boʻlishi cheklangan boshqa mol-
mulk lizing obyektlari boʻlishi mumkin emas.
Lizing beruvchi, lizing oluvchi va sotuvchi lizing subyektlaridir.
Lizing obyekti lizing oluvchining krediti (qarzi) hisobidan
olingan taqdirda, aniq lizing obyektiga nisbatan lizing beruvchining
kreditori va lizing oluvchi bir shaxs timsolida ish koʻrishiga yoʻl
qoʻyilmaydi.
Lizing uning uchta subyekti ishtirok etadigan toʻgʻridan-toʻgʻri
shaklda ham, lizing oluvchi va sotuvchi boʻlib bir shaxsning oʻzi
ishtirok etadigan qaytariladigan shaklda ham amalga oshirilishi
mumkin.
Lizing oluvchi lizing beruvchi oldida lizing shartnomasi
yuzasidan javobgar boʻlib qolgani holda, lizing shartnomasi boʻyicha
olgan lizing obyektini lizing beruvchining yozma roziligi bilan
vaqtinchalik egalik qilish va foydalanish uchun uchinchi shaxsga
qoʻshimcha lizingga topshirishga haqli. Bunda amaldagi qoidalar
qoʻshimcha lizing shartnomasida qoʻshimcha lizing beruvchiga,
qoʻshimcha lizing oluvchiga va sotuvchiga nisbatan muvofiq ravishda
lizing beruvchiga, lizing oluvchiga va sotuvchiga boʻlganidek
qoʻllaniladi.
-
123 -
Qoʻshimcha lizing shartnomasining amal qilish muddati lizing
shartnomasining amal qilish muddatidan ortiq boʻlishi mumkin emas.
Lizing obyekti lizing oluvchi balansida hisobga olinadi va lizing
muddati davomida amaldagi soliq qonunchiligiga koʻra yuridik
shaxslar mol-mulk soligʻidan ozod qilinadi.
Lizing faoliyati lizing beruvchi tomonidan oʻz mablagʻlari va jalb
etilgan mablagʻlar hisobidan lizing obyektining sotib olinishi va uni
lizing shartnomasi boʻyicha lizing oluvchiga berilishi borasidagi
investitsiya faoliyati turidir.
Lizing shartnomasi yozma shaklda, qonun hujjatlarida
belgilangan tartibda tuziladi. Oʻzbekiston Respublikasi Fuqarolik
kodeksining 27-bobida shartnomalarni tuzish tartibi nazarda tutilgan.
Lizing shartnomasi shartnoma taraflaridan birining talabiga koʻra,
lizing obyekti boʻyicha tuziladigan bitimlar qonunga muvofiq notarial
tasdiqlanishi talab qilinadigan hollarda notarial tasdiqlanishi lozim.
Bunda Oʻzbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksiga muvofiq
avtomototransport vositalari va koʻchmas mulk bilan bogʻliq alohida
bitimlarning notarial tasdiqlanishi talab etiladi.
Quyidagilar lizing shartnomasining muhim shartlari hisoblanadi:
- lizing obyektining tavsiflanishi (lizing obyektining miqdori,
sifati, roʻyxati, shartnoma qiymati va boshqa koʻrsatkichlari) va
shartnoma umumiy summasining koʻrsatilishi;
- taraflarning lizing obyektini olish va berish bilan bogʻliq
majburiyatlari;
- lizing obyektini berish tartibi, shu jumladan lizing obyektini
yetkazib berish, montaj qilish va foydalanishga topshirish tartibi;
- lizing toʻlovlarini toʻlash shartlari, miqdorlari, muddatlari va
tartibi;
- lizing obyektidan foydalanish, uni saqlab turish va ta’mirlash
yuzasidan taraflarning majburiyatlari;
- shartnomaning amal qilish muddati;
- sotuvchi va lizing obyektini tanlash uchun mas’ul tarafning
koʻrsatilishi.
-
124 -
Taraflarning kelishuviga binoan lizing shartnomasiga quyidagi
shartlar kiritilishi mumkin:
- lizing obyektini sotib olish tartibi va muddatlari;
- lizing shartnomasini oʻzgartirish va bekor qilish;
- lizing obyektini sugʻurta qilish;
- fors-major holatlar;
- lizing beruvchi tomonidan qoʻshimcha xizmatlar koʻrsatish bilan
bogʻliq holatlar;
- lizing subyektlari tomonidan lizing shartnomasi shartlariga rioya
etilishini nazorat qilish tartibi va boshqalar.
Lizing shartnomasini oʻzgartirish va bekor qilish qonunchilikda
belgilangan tartibda tomonlar kelishuviga binoan amalga oshirilishi
mumkin.
Lizing amaliyotida lizing beruvchi quyidagi huquqlarga ega:
- lizing oluvchining lizing obyektidan qanday sharoitlarda foyda-
lanayotganligini va uni belgilangan maqsadiga muvofiq ishlatayot-
ganligini lizing shartnomasi shartlariga muvofiq nazorat qilish;
- lizing oluvchining roziligi bilan lizing obyekti va uning
sotuvchisini tanlash;
- qonun hujjatlarida yoki lizing shartnomasida nazarda tutilgan
hollarda va tartibda lizing oluvchidan lizing obyektini talab qilib olish;
- lizing oluvchi lizing shartnomasini jiddiy tarzda buzgan taqdirda
barcha lizing toʻlovlarini muddatidan ilgari toʻlashni yoxud
yetkazilgan zararni undirib olish yoki lizing obyektini qaytib olgan
tarzda shartnomani bekor qilishni talab etish.
Agar lizing obyekti lizing beruvchining aybi bilan yetkazib
berilmagan boʻlsa yoki lizing shartnomasi shartlariga nomuvofiq
boʻlsa, lizing beruvchi lizing oluvchining roziligi bilan oʻzi lozim
darajada bajarmagan lizing shartnomasi shartlarini tuzatib bajarishga
yoki lizing oluvchiga boshqa lizing obyektini taklif etishga haqli.
Lizing beruvchi oʻz zimmasiga quyidagi majburiyatlarni olishi
shart:
- lizing shartnomasi boʻyicha mol-mulkni olishi va uni lizing
oluvchiga egalik qilish hamda foydalanish uchun berishi;
-
125 -
- lizing oluvchi uchun mol-mulk olayotganda mol-mulk muayyan
shaxsga lizingga berishga moʻljallanganligini sotuvchiga ma’lum
qilishi;
- lizing obyektini, agar shartnomada shunday shartlar nazarda
tutilgan boʻlsa, saqlab turish, ta’mirlash va unga texnik xizmat
koʻrsatish boʻyicha lizing oluvchi oldida oʻz zimmasiga olingan
majburiyatlarni oʻz vaqtida va toʻliq bajarishi.
Oʻz navbatida, lizing oluvchi quyidagi huquqlarga ega:
- lizing obyektini mustaqil aniqlash va sotuvchini tanlash;
- lizing beruvchidan lizing shartnomasini bajarmaganlik yoki
lozim darajada bajarmaganlik tufayli yetkazilgan zarar qoplanishini
talab qilish;
- sotuvchiga lizing obyekti oldi-sotdi shartnomasidan kelib
chiquvchi talablarni, jumladan uning sifati va butligi, topshirish
muddati, kafolatli ta’mirlashi va hokazolar xususida talablar qoʻyish;
- lizing obyekti yetkazib berilmagan, toʻliq yetkazib berilmagan,
yetkazib berish muddati oʻtkazib yuborilgan yoki sifati talab
darajasida boʻlmagan lizing obyekti yetkazib berilgan taqdirda, agar
shartnomada boshqacha qoida nazarda tutilgan boʻlmasa, lizing
toʻlovlari toʻlashni kechiktirish, yetkazib beriladigan lizing obyektidan
voz kechish va lizing shartnomasining bekor qilinishini talab etish;
- lizing shartnomasi muddatidan oldin bekor qilingan taqdirda,
oʻzi ilgari avans sifatida toʻlagan toʻlovlarni lizing obyektidan
foydalanishdan olingan foydaning qiymatini chegirib tashlagan holda,
qaytarib berishni talab qilish.
Uchinchi shaxs undiruvni lizing obyektiga qaratganda lizing
oluvchi lizing shartnomasini bekor qilish va lizing obyektini mulk
qilib olish bilan bir paytda lizing shartnomasi boʻyicha tegishli lizing
toʻlovlari qoldigʻini lizing beruvchining qolgan davrda oladigan
daromadini chegirib tashlagan holda bir yoʻla toʻlashga haqli.
Lizing oluvchi:
- lizing obyektini qabul qilib olishi va undan lozim darajada
foydalanishi, uni shartnoma shartlariga muvofiq saqlab turishi;
-
126 -
- lizing toʻlovlarini oʻz vaqtida toʻlab turishi, agar lizing
shartnomasida boshqacha tartib belgilanmagan boʻlsa, lizing obyektini
oʻz hisobidan joriy ta’mirlashi, uni saqlab turishga doir boshqa
xarajatlar qilishi shart.
Lizing shartnomasi bekor qilinganda lizing oluvchi lizing
obyektini lizing beruvchidan qanday holatda olgan boʻlsa, shunday
holatda, normal eskirish va taraflarning kelishuvida shartlashilgan
oʻzgarishlarni hisobga olgan holda qaytarishi shart. Lizing
oluvchining lizing obyektini ta’mirlash va unga texnik xizmat
koʻrsatishga doir huquqi va majburiyati sotuvchi bilan alohida
tuzilgan shartnomada belgilanishi mumkin.
Lizing obyektining oldi-sotdi shartnomasi lizing beruvchi va
sotuvchi oʻrtasida tuzilib, unga koʻra lizing beruvchi lizing
oluvchining topshirigʻiga binoan lizing obyektini keyinchalik lizing
oluvchiga berish uchun oʻz mulki qilib oladi.
Lizing obyekti oldi-sotdi shartnomasini tuzish paytida lizing be-
ruvchi lizing obyekti qaysi maqsadda olinayotganligidan sotuvchini
oldindan xabardor qilishi, buni oldi-sotdi shartnomasida qayd etishi
shart.
Lizing shartnomasining amal qilish muddati tugagunga qadar
barcha lizing toʻlovlari lizing beruvchining lizing shartnomasi
muddati tugagunga qadar qolgan davrda oladigan daromadi chegirib
tashlangan holda toʻlangan taqdirda, agar lizing shartnomasida
boshqacha qoida nazarda tutilgan boʻlmasa, lizing obyektiga boʻlgan
mulk huquqi lizing oluvchiga oʻtishi mumkin.
Lizing oluvchi bankrot boʻlgan va uning mol-mulki davlat
organlari tomonidan roʻyxatga olingan yoki musodara qilingan
taqdirda, lizing obyekti lizing oluvchining umumiy mol-mulkidan
ajratiladi va lizing beruvchiga qaytarilishi lozim, u mol-mulkni oʻz
xohishiga koʻra tasarruf etishi mumkin.
Yoʻqolish, oʻgʻirlash, shikastlanish, buzilish va barvaqt eskirish
xavfi bilan bogʻliq boʻlgan tarzdagi har qanday yetkazilishi mumkin
boʻlgan zarardan lizing obyektini sugʻurtalash taraflarning kelishuviga
-
127 -
binoan amalga oshiriladi. Bunday kelishuv boʻlmagan taqdirda, lizing
oluvchi lizing obyekti sugʻurtasi uchun javobgar boʻladi.
Lizing obyekti bilan bogʻliq barcha xavflar, shu jumladan, uning
tasodifan yoʻqolishi yoki tasodifan buzilishi, shuningdek,
oʻgʻirlanishi, barvaqt eskirishi, shikastlanishi xavflari lizing
shartnomasida nazarda tutilgan tartibda lizing oluvchiga oʻtadi.
Xavflar lizing oluvchiga oʻtgan daqiqadan e’tiboran lizing oluvchi
lizing obyekti har qanday tarzda yoʻqolishi yoki shikastlanishi uchun
lizing shartnomasi amal qiladigan muddat davomida javobgar boʻladi.
Lizing beruvchi lizing oluvchining oldindan roziligini olmay
turib, lizing obyektidan garov sifatida foydalanish huquqiga ega emas.
Oʻz navbatida, lizing oluvchi ham lizing obyektini garov sifatida
ishlatishga haqli emas. Lizing toʻlovlari lizing beruvchiga lizing
obyekti qiymatining lizing oluvchi tomonidan qoplanishidan,
shuningdek, lizing beruvchining foizli daromadidan iborat boʻladi.
Lizing toʻlovlari shartnomaning butun amal qilish muddatiga
taqsimlanadi va boʻlib-boʻlib toʻlanadi. Lizing toʻlovlarining
miqdorlari va davriyligi lizing shartnomasi bilan belgilanadi. Lizing
beruvchi tomonidan lizing oluvchidan pul summasini talab qilib olish
va lizing obyektini olib qoʻyish tartibi ham mavjud boʻlib, bunday
holat shartnoma shartlari bajarilmagan holatlarda yuzaga kelishi
mumkin. Lizingga oid masalalar Oʻzbekiston Respublikasi Fuqarolik
kodeksining 587-599 moddalarida ham aks ettirilgan.
Dostları ilə paylaş: |