-
118 -
Moliyaviy baholash biznes-reja ma’lumotlari
va korxona
moliyaviy hisobotlari asosida oʻtkaziladi. Har bir bank oʻz uslubi
boʻyicha baholashni amalga oshiradi, lekin aniqlanadigan
koʻrsatkichlar barcha banklar uchun amalda bir xil – likvidlilik,
rentabellik, toʻlovga layoqatlilik koeffitsientlari. Amaliyotda koʻplab
banklar tovar realizatsiyasi boʻyicha tushum, bozorda egallagan ulushi
va boshqa baholash mezonlari asosida korxonaning faoliyat koʻlamiga
ham jiddiy e’tibor qaratadi.
Shuningdek, qarz oluvchi korxonaning
asosiy hamkorlari, ta’sischilari, shoʻba korxonalari ham oʻrganib
chiqiladi.
Boshqa ijtimoiy omillarga korxonaning nufuzi, kredit tarixi va
boshqaruv sifati kabilarni kiritish mumkin.
Umuman, mamlakatimiz va xalqaro
bank amaliyotida qarz
oluvchining kreditga layoqatliligini baholash mezonlari sifatida
quyidagilarga e’tibor qaratiladi:
- qarz oluvchi korxona faoliyatining qonuniyligi;
- qarz oluvchi korxonada boshqaruv sifat darajasi;
- kredit amal qilish muddatidagi shart-sharoitlar;
- kreditning ta’minlanganligi;
- korxonaning xususiy kapitali holati
va moliyalashtirilayotgan
operatsiyaga oʻz kapitalini yoʻnaltirish darajasi;
- kredit olgach moliyaviy-xoʻjalik faoliyati davomida qarzni uzish
uchun pul oqimi harakatining tashkil etilish sifati.
Barcha banklarda kredit taqdim etish jarayoni deyarli bir xil.
Bank xizmatchilari taqdim etilgan hujjatlarni koʻrib chiqadi va oʻz
xulosalarini beradi. Agar xulosalar ijobiy boʻlsa, kredit taqdim etish
toʻgʻrisidagi masala bank kredit qoʻmitasiga koʻrib chiqish uchun
taqdim etiladi. Kredit qoʻmitasi tasdiqlagach, korxona bilan kredit
shartnomasi tuziladi. Shu oʻrinda ta’kidlash kerakki,
mahalliy
korxonalarda loyihalarni moliyalashtirish uchun kredit resurslariga
boʻlgan talab juda yuqori.