-
116 -
maqbul foiz stavkalari va boshqalar)ni aniqlash, shuningdek, ulardan
foydalanishni iqtisodiy asoslash amalga oshiriladi.
Pul mablagʻlarini bir vaqtda yoki moliyalashtirilayotgan
loyihaning aniq bosqichlariga mos
ravishda davriy tartibda
bosqichma-bosqich jalb qilish mumkin. Masalan, qurilishda kredit
mablagʻlarini olish turli xil pudratchilarga ish (xizmat) haqlarini
toʻlash muddatlari bilan bogʻliq boʻlishi mumkin.
Bunday holatda
kreditni alohida transhlar koʻrinishida taqdim etish yoki olish
maqsadga muvofiq.
Qarz mablagʻlariga talabning iqtisodiy asoslanishiga alohida
e’tibor qaratilishi lozim. Aksariyat ekspertlar
va tijorat banklari
mutaxassislarining fikriga koʻra mahalliy korxonalar uchun qarz
oluvchilarning sifatli biznes-reja yoki texnik-iqtisodiy asosnoma
taqdim etish qobiliyatiga ega emasligi dolzarb masala boʻlib turibdi.
Iqtisodiy asoslash sifatining pastligi kredit foiz stavkasining oshishiga
yoki bank tomonidan kredit taqdim etishning
rad etilishiga sabab
boʻlishi ham mumkin.
Mazkur bosqichda garov ta’minoti predmeti boʻyicha dastlabki
tanlov ham amalga oshirilishi lozim va bunda garov ta’minotiga
asosiy talab uning bozor qiymati kredit miqdorining 125 foizini
tashkil etishi lozim.
Ikkinchi bosqich
– tijorat bankini tanlash
va potensial kreditor
bilan dastalbki konsultatsiyalarni oʻtkazish hisoblanadi. Mazkur
bosqichda korxonalar kredit bitimlarining mavjud shartlarini aniqlash
va korxona uchun qulay boʻlgan bankni tanlashi lozim.
Bankni tanlash jarayonida banklar faoliyati boʻyicha majburiy
iqtisodiy normativlar hisobga olinishi kerak.
Banklarning likvidliligi
va ishonchliligi, normativlar tahlili tijorat banki tomonidan taqdim
etilishi mumkin boʻlgan maksimal kredit mablagʻi miqdorini aniqlash
imkonini beradi.
Amalda banklarning kredit berishlari
uchun majburiy shartlar
sifatida qarz oluvchining oʻz majburiyatlarini toʻliq va oʻz vaqtida
bajarishini ta’minlash keltiriladi.
-
117 -
Mamlakatimizda kredit berish (olish) “Oʻzbekiston Respublikasi
banklarida kredit hujjatlarini yuritish tartibi toʻgʻrisida”gi
Nizomga
asosan amalga oshiriladi va bu nizom banklar tomonidan beriladigan
barcha kreditlarga va kredit liniyalariga nisbatan qoʻllaniladi.
Dostları ilə paylaş: