Oʻzbekiston respublikasi oliy va oʻrta maxsus ta’lim vazirligi toshkent moliya instituti



Yüklə 15,56 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə52/186
tarix14.12.2023
ölçüsü15,56 Kb.
#176885
1   ...   48   49   50   51   52   53   54   55   ...   186
Дарслик Korporativ moliya (2)

8.3. Qarz mablag
ʻ
lari hisobiga moliyalashtirishda 
korporativ obligatsiyalar 
Korporativ amaliyotda qarz mablagʻlari hisobiga moliyalashti-
rishning yana bir shakli korporativ obligatsiyalar muomalaga 
chiqarish hisoblanadi. Oʻzbekiston Respublikasining “Qimmatli 
qogʻozlar bozori toʻgʻrisida”gi qonuniga asosan, 
korporativ 
obligatsiyalar
– aksiyadorlik jamiyatlari va o‘zining tashkiliy-
huquqiy shaklidan qat’i nazar tijorat banklari tomonidan 
chiqariladigan obligatsiyalardir.
Korporativ obligatsiyalar quyidagi shartlarga rioya etgan holda: 
- emitentning bunday obligatsiyalar chiqarish to‘g‘risida qaror 
qabul qilingan sanadagi, auditorlik tashkiloti xulosasi bilan 
tasdiqlangan o‘z kapitali miqdori doirasida; 
- keyingi uch yilda rentabellik, to‘lovga qobiliyatlilik, moliyaviy 
barqarorlik va likvidlilikning auditorlik tashkiloti xulosalari bilan 
tasdiqlangan ijobiy ko‘rsatkichlariga ega bo‘lgan, shuningdek, qonun 
hujjatlarida belgilangan tartibda mustaqil reyting bahosini olgan 
emitentlar tomonidan; 
- investorlarga tegishli mablag‘larning emitentlar tomonidan 
to‘lanishi bo‘yicha to‘lov agentlari vazifasini bajaruvchi tijorat 
banklari ishtirokida chiqariladi. 
Korporativ obligatsiyalar ularning egalariga aksiyadorlik 
jamiyatini va boshqa tashkiliy-huquqiy shaklda tashkil etilgan tijorat 
bankini boshqarishda ishtirok etish huquqini bermaydi. 
O‘zbekiston Respublikasi “Aksiyadorlik jamiyatlari va aksiya-
dorlarning huquqlarini himoya qilish to‘g‘risida”gi Qonuniga asosan 
aksiyadorlik jamiyatlari qonun hujjatlariga va o‘z ustaviga muvofiq 
korporativ obligatsiyalarni va boshqa qimmatli qog‘ozlarni 
muomalaga chiqarishlari hamda joylashtirishlari mumkin. 
Aksiyadorlik jamiyatining korporativ obligatsiyalari jamiyat 
aksiyalariga ayirboshlanadigan qimmatli qog‘ozlar bo‘lishi mumkin. 
Aksiyadorlik jamiyatlari mol-mulk bilan ta’minlangan korporativ 
obligatsiyalarni ularni chiqarish to‘g‘risida qaror qabul qilish 



120 - 
sanasidagi o‘z kapitali miqdori doirasida chiqarishga haqli 
hisoblanadi.
Aksiyadorlik jamiyatlarida korporativ obligatsiyalarni chiqarish, 
shu 
jumladan 
aksiyalarga 
ayirboshlanadigan 
korporativ 
obligatsiyalarni chiqarish aksiyadorlar umumiy yig‘ilishining qaroriga 
ko‘ra yoki, agar jamiyat ustaviga yoki aksiyadorlar umumiy 
yig‘ilishining qaroriga muvofiq jamiyat kuzatuv kengashiga bunday 
qaror qabul qilish huquqi tegishli bo‘lsa, jamiyat kuzatuv 
kengashining qaroriga ko‘ra amalga oshiriladi. Kuzatuv kengashining 
qaroriga ko‘ra aksiyalarga ayirboshlanadigan korporativ obligatsiyalar 
chiqarilgan taqdirda, mazkur qaror jamiyat kuzatuv kengashining 
barcha a’zolari tomonidan bir ovozdan qabul qilinishi kerak. 
Oʻzbekistonda korporativ obligatsiyalarni muomalaga chiqarish 
keng miqyosda qoʻllanilmaydi. Qimmatli qogʻozlar bozori yuqori 
darajada rivojlangan AQSHda korporativ obligatsiyalar bozorining 
jami kapitallashuvi 3,5 trln dollarni tashkil etadi. 
Umumiy 
holda 
korporativ 
obligatsiyalarning 
quyidagi 
afzalliklarini alohida keltirish mumkin: 
- xalqaro amaliyotda keng doirada qoʻllaniladigan qarz amal 
qilish muddati uzaytirilishi mumkinligi; 
- ochiq kredit tarixi shakllantiriladi, bu oʻz navbatida, kelgusida 
jalb qilinishi mumkin boʻlgan qarz mablagʻlarining bahosini 
pasaytirish va ularni jalb qilish muddatini uzaytirish, shuningdek, 
xalqaro kapital bozorlariga chiqish imkoniyatini beradi; 
- kreditorlar (investorlar) sonini oshirish hisobiga qarz olish 
manbalarini diversifikatsiyalash va bitta kreditorga bogʻliqlikning 
oldi olinishi imkonini beradi
- ikkilamchi bozorda operatsiyalar oʻtkazish hisobiga qarz 
tarkibini operativ boshqarish; 
- korxona aksiyalarini ochiq joylashtirish uchun sharoit yaratish 
va boshqalar. 
Lekin alohida ta’kidlash kerakki, obligatsiyalarni muomalaga 
chiqarish va joylashtirish bank krediti olishga qaraganda yuqoriroq 
miqdorda xarajat talab qiladi. 



121 - 
Qimmatli 
qogʻozlarni 
joylashtirish 
amaliyotiga 
koʻra 
obligatsiyalarni muomalaga chiqarish va joylashtirish toʻgʻrisida qaror 
qabul qilish jarayoni bir necha bosqichlarni amalga oshirishni talab 
etadi. Bunda obligatsiyalarni muomalaga chiqarish boʻyicha 
moliyaviy konsultant (tashkilotchi) tanloviga aniqlik kiritilishi, 
moliyaviy konsultant tomonidan korxonaning talabidan kelib chiqqan 
holda obligatsiyalarning asosiy parametrlari va uning tarkibiy 
tuzilmasi, obligatsiyalarga talab boʻyicha bozorning real qobiliyati, 
shuningdek, potensial investorlarni topish boʻyicha masalalarga 
e’tibor qaratiladi. 

Yüklə 15,56 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   48   49   50   51   52   53   54   55   ...   186




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin