Oʻzbekiston respublikasi oliy va oʻrta maxsus ta’lim vazirligi toshkent moliya instituti



Yüklə 15,56 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə48/186
tarix14.12.2023
ölçüsü15,56 Kb.
#176885
1   ...   44   45   46   47   48   49   50   51   ...   186
Дарслик Korporativ moliya (2)

Nazorat savollari 
 
1.
Bozor iqtisodiyoti sharoitida moliaviy rejalashtirishning aha-
miyatli jihatlari. 
2.
Moliyaviy rejalashtirish tamoyillari. 
3.
Bozor talabi asosida moliyaviy rejalashtirish. 
4.
Pul oqimlarini bashoratlash. 
5.
Moliyaviy ta’minot uzluksizligini rejalashtirish. 
6.
Investitsiya qaytimini bashoratlash. 
7.
Korporativ tuzilmalarda mavsumiylik asosida moliyaviy 
rejalashtirish. 



109 - 
VIII BOB. QARZ MABLA
G’LARI HISOBIGA 
MOLIYALASHTIRISH 
 
8.1. Qarz mablag
ʻ
lari hisobiga moliyalashtirish 
manbalari va ularning tasniflanishi 
Korxonaning oʻz moliyaviy-xoʻjalik faoliyatini qarz mablagʻlarini 
jalb qilmagan holda samarali davom ettirishi bozor iqtisodiyoti sha-
roitida murakkab masala hisoblanadi. Qarz mablagʻlaridan 
foydalanish moliyaviy-xoʻjalik faoliyatini mos ravishda kengaytirish, 
xususiy kapitaldan yanada samarali foydalanishni ta’minlash, turli xil 
maqsadli moliyaviy fondlarni shakllantirish jarayonini tezlashtirish, 
nihoyat korxonaning bozor qiymatini oshirish imkonini beradi. 
Xususiy kapital har qanday biznes asosini tashkil etsada, qator 
tarmoq korxonalarida foydalaniladigan qarz kapitali miqdori xususiy 
kapital miqdoridan sezilarli darajada yuqori boʻladi. Aynan shu holat 
bilan bogʻliqlikda qarz kapitalini jalb qilish va undan samarali 
foydalanishni boshqarish korporativ moliyani boshqarishning muhim 
funksiyalaridan biri hisoblanadi. Bu funksiya korxona moliyaviy-
xoʻjalik faoliyati boʻyicha yuqori natijalarga erishishni ta’minlashga 
yoʻnaltiriladi. 
Korxonalarda foydalaniladigan qarz kapitali jami moliyaviy 
majburiyatlar miqdori bilan tavsiflanadi. Bunday majburiyatlarni 
quyidagicha tabaqalashtirish mumkin: 
1. Uzoq muddatli moliyaviy majburiyatlar. Ularga korxonalarda 
amal qiluvchi foydalanish muddati bir yildan ortiq boʻlgan qarz 
kapitalining barcha shakllarini kiritish mumkin. Uzoq muddatli bank 
kreditlari va boshqa uzoq muddatli qarz mablagʻlari (moliyaviy lizing, 
soliq 
krediti boʻyicha 
qarzdorlik, 
muomalaga 
chiqarilgan 
obligatsiyalar boʻyicha qarzdorlik, moliyaviy yordam boʻyicha 



110 - 
qarzdorlik, qaytarish sharti bilan berilgan boshqa mablagʻlar) uzoq 
muddatli moliyaviy majburiyatlarning asosiy shakllari hisoblanadi. 
2. Qisqa muddatli qarz kapitali. Bir yilgacha boʻlgan muddatda 
foydalanish uchun jalb qilingan qarz kapitalining barcha shakllarini 
qisqa muddatli moliyaviy majburiyatlarga kiritish mumkin. Bunday 
majburiyatlarning asosiy shakllari sifatida qisqa muddatli bank 
kreditlari va boshqa qisqa muddatli qarz mablagʻlari (muomalaga 
chiqarilgan qisqa muddatli moliyaviy obligatsiyalar, bir yilgacha 
taqdim etilgan soliq kreditlari, berilgan veksellar, olingan avanslar)ni 
keltirish mumkin. 
Oʻz moliyaviy majburiyatlarini qoplash chora-tadbirlari boʻyicha 
korxonani rivojlantirish jarayonida qoʻshimcha qarz mablagʻlarini jalb 
qilishga talab yuzaga keladi. Bunda korxona tomonidan jalb 
qilinadigan qarz mablagʻlarini quyidagicha tasniflash mumkin: 
- jalb qilish manbalari boʻyicha: mamlakat ichkarisidan va tashqi 
manbalardan yoki moliya institutlaridan, real sektor korxonalaridan, 
jismoniy shaxslardan; 
- jalb qilish muddati boʻyicha: qisqa muddatli (bir yilgacha) va 
uzoq muddatli (bir yildan ortiq); 
- jalb qilish shakli boʻyicha: pul shaklida (moliyaviy kredit), 
asosiy vosita (uskuna) shaklida (moliyaviy lizing), tovar shaklida 
(tijorat krediti) va boshqa moddiy va nomoddiy shakllarda. 
Iqtisodiy munosabatlarda har qanday qarz mablagʻi shak-
shubhasiz majburiyat va olingan qarz mablagʻini belgilangan 
muddatda qaytarish, shuningdek, foydalanganlik uchun foiz 
koʻrinishidagi mukofot summasini mablagʻ egasiga oʻtkazib berish 
asosida taqdim etiladi. 
Qarz mablagʻlari hisobiga moliyalashtirish manbalari va shakllari 
yetarli darajada xilma-xillikka ega. Quyida milliy va xalqaro tajribada 
qoʻllaniladigan keng tarqalgan qarz mablagʻlari manbalari mohiyati va 
xususiyatlari tavsifiga toʻxtalib oʻtamiz. 
Qarz mablagʻlari hisobiga moliyalashtirish quyidagi muhim 
tamoyillarga asoslanadi: 
- qaytarishlik; 



111 - 
- toʻlovlilik; 
- muddatlilik. 
Qaytarish
tamoyili qarzdor tomonidan olingan summa (asosiy 
qarz summasi)ni belgilangan muddatda toʻliq qoplash zaruriyatini 
oʻzida aks ettiradi. Amaliyotda qarzdorning bu talabni bajarishi uning 
moliyaviy natijalari barqarorligiga, shuningdek, qarzning ta’minlanish 
sifatiga bogʻliq hisoblanadi. Shuning uchun ham bank kreditlarini 
taqdim etishda 
ta’minlanganlik
tamoyiliga ham e’tibor talab etiladi.
Toʻlovlilik 
tamoyili taqdim etilgan mablagʻlardan foydalanish 
huquqi uchun qarz oluvchining kreditorga foiz toʻlash majburiyatini 
oʻzida aks ettiradi. Qarz mablagʻlari boʻyicha foiz stavkasi pul 
mablagʻlarining miqdori va foydalanish muddatiga, risklilik va 
likvidlilik darajasiga va kreditor tomonidan qoʻyiladigan boshqa 
talablarga bogʻliq holda belgilanadi. 
Muddatlilik 
tamoyili berilgan qarz mablagʻining aniq vaqt 
oraligʻidan soʻng kreditorga qaytarilishi bilan tavsiflanadi. 
Yuqorida keltirilgan tamoyillarga qoʻshimcha tarzda ba’zi qarz 
mablagʻlari shakllari beriladigan mablagʻ va unga mos foiz 
toʻlovlarining 
ta’minlanganligi
asosida ham koʻrib chiqiladi. Bunga 
bank kreditlarini misol sifatida keltirishimiz mumkin. 
Umumiy holda qarz mablagʻlari hisobiga moliyalashtirish jalb 
qilish shaklidan qat’iy nazar quyidagi afzalliklarga ega: 
- qat’iy belgilangan qiymat va muddat pul oqimlarini 
rejalashtirishda aniqlikni ta’minlashga xizmat qiladi; 
- foydalanganlik uchun toʻlov miqdori firma daromadiga bogʻliq 
emas, ya’ni mulkdorlar buyrugʻi asosida daromadning oʻsish 
holatlarida qoʻshimcha daromadni saqlash imkonini beradi; 
- moliyaviy richagdan foydalanish hisobiga xususiy kapital 
rentabelligini oshirish imkoniyatini yaratadi; 
- foydalanganlik uchun toʻlov foyda soligʻi bazasidan chegiriladi 
va natijada jalb qilingan kapital qiymatini pasaytiradi; 
- boshqaruv huquqini olish va moliyaviy-xoʻjalik faoliyatiga 
aralashishni nazarda tutmaydi. 



112 - 
Qarz mablagʻlari hisobiga moliyalashtirishning umumiy 
kamchiliklari sifatida quyidagilarni keltirish mumkin: 
- belgilangan foiz miqdori va asosiy qarz summasini qoplashning 
majburiyligi moliyaviy natijalarga bogʻliq emas; 
- moliyaviy riskning ortishi; 
- firma moliyaviy siyosatiga ta’sir etishi mumkin boʻlgan 
chegaralovchi shartlarning yuzaga kelishi (masalan, dividend toʻlash, 
boshqa qarz mablagʻlari jalb qilish, qoʻshilish va ajralib chiqish, 
aktivlarni garov sifatida rasmiylashtirish va boshqalarning 
cheklanishi); 
- ta’minlanganlik boʻyicha talablarning qoʻyilishi; 
- jalb qilish miqdori va foydalanish muddati boʻyicha cheklovlar. 
Qoʻshimcha sifatida ta’kidlash lozimki, qarz mablagʻlari hisobiga 
moliyalashtirishning har bir shakli oʻzining alohida afzalliklari va 
kamchiliklariga ega. 

Yüklə 15,56 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   44   45   46   47   48   49   50   51   ...   186




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin