AKSIYADORLAR
Investitsiya fondi
-----------------------------------------------------
Direktorlar kengashi
Fond faoliyatini kuzatib boradi, boshqaruvchi kompaniya va boshqa xizmat
ko‘rsatuvchilar bilan shartnomalarni ma’qullaydi
Investitsiya
maslahatchisi
Fond ustavida
belgilangan
maqsad va
siyosatga
muvofiq, fond
portfelini
boshqaradi
Asosiy
anderrayter
Fond
aksiyalarini
to‘g‘ridan-
to‘g‘ri yoki
boshqa firmalar
(broker-dilerlar)
orqali sotadi
Administrator
Fondga xizmat
ko‘rsatayotgan
boshqa
kompaniyalar
ustidan kuzatib
boradi va federal
talablar
bajarilishini
kafolatlaydi.
Transfer agent
Aksiyador
o‘tkazmalarini
bajaradi, boshqa
faoliyatlar hisobini
yuritadi va
aksiyadorga
hisobraqamdan
ko‘chirma va
hujjatlarni taqdim
etadi
Kastodian
Fond aktivlarini
aksiyadorlar
huquqlarini
himoya qilish
maqsadida
alohida saqlaydi,
fond aktivlarini
tartibga soladi
Mustaqil
auditor
Fond moliyaviy
hisobotlarini
tasdiqlaydi
-
135 -
maslahatchilari, asosiy anderrayterlar, administratorlar, transfer-agent-
lar, kastodian va mustaqil auditorlar xizmatlaridan ham foydalaniladi.
9
.2. O‘zbekistonda investitsiya fondlari faoliyat
mexanizmi
Mamlakatimizda investitsiya va pay fondlari faoliyati 2015 yil 25
avgustda O‘RQ-392-son bilan qabul qilingan “Investitsiya va pay
fondlari to‘g‘risida”gi qonun bilan tartibga solinadi. Unga ko‘ra,
“Investorlarning pul mablag‘larini jalb etish va ularni investitsiya
aktivlariga qo‘yish maqsadida aksiyalar chiqarishni amalga oshiruvchi
yuridik shaxs – aksiyadorlik jamiyati investitsiya fondidir”
22
. Investit-
siya fondi o‘z faoliyatini qimmatli qog‘ozlar bozorini tartibga solish
bo‘yicha vakolatli davlat organi hisoblangan Qimmatli qog‘ozlar
bozorini muvofiqlashtirish va rivojlantirish markazi tomonidan
beriladigan litsenziya asosida amalga oshiradi.
Investitsiya fondi quyidagi turda bo‘lishi mumkin:
- o‘zi chiqargan aksiyalarni qaytarib sotib olish majburiyatiga ega
bo‘lgan investitsiya fondi;
- o‘zi chiqargan aksiyalarni qaytarib sotib olish majburiyatiga ega
bo‘lmagan investitsiya fondi.
Investitsiya fondining turi fondning ta’sis hujjatlarida ko‘rsatiladi.
Investitsiya fondi yangi yuridik shaxsni ta’sis etish yoki boshqa
investitsiya fondini qayta tashkil etish yo‘li bilan tashkil etiladi.
Investitsiya fondini investitsiya fondi bo‘lmagan boshqa yuridik
shaxsni qayta tashkil etish orqali tashkil etishga yo‘l qo‘yilmaydi.
Investitsiya fondi tijorat tashkiloti bo‘lib, u o‘zining alohida hisobga
olinadigan mol-mulkiga, shu jumladan ustav kapitaliga berilgan mol-
mulkka ega bo‘ladi. Yuridik va jismoniy shaxslar investitsiya
fondining muassislari (aksiyadorlari) sifatida ish yuritishi mumkin.
22
Ўзбекистон Республикаси “Инвестиция ва пай фондлари тўғрисида”ги Қонуни, 3-
модда.
-
136 -
Investitsiya fondini davlat ro‘yxatidan o‘tkazish O‘zbekiston
Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan amalga oshiriladi.
Investitsiya fondini tashkil etishda uning aksiyalari qiymatini
to‘lash pul mablag‘lari, qimmatli qog‘ozlar, ulushlar, shuningdek
ko‘chmas mulk va boshqa mol-mulk, mulkiy huquqlar bilan amalga
oshiriladi. Bunda uning ustav kapitalining kamida 75 foizi pul
shaklida to‘lanishi kerak. Investitsiya fondining aksiyalarini
joylashtirish fond birjasida amalga oshiriladi.
Aksiyadorlarning umumiy yig‘ilishi va kuzatuv kengashi,
shuningdek vakolatlarini ishonchli boshqaruvchi amalga oshiradigan
ijroiya organi investitsiya fondining boshqaruv organlaridir.
Investitsiya fondi:
- faoliyatni litsenziya olmasdan amalga oshirishga;
- korporativ obligatsiyalar va infratuzilma obligatsiyalari,
shuningdek imtiyozli aksiyalar chiqarishga;
- investitsiya fondi sof aktivlarining 10 foizidan ortig‘ini bir
emitentning qimmatli qog‘ozlariga yoki mas’uliyati cheklangan
jamiyatning ulushiga investitsiya qilishga;
- to‘lanishi lozim bo‘lgan qarzlarning jami hajmi kredit va (yoki)
qarz bitimi imzolangan sanadagi investitsiya fondi sof aktivlari
qiymatining 15 foizidan oshib ketgan taqdirda, kredit va (yoki) qarz
mablag‘larini jalb etishga (bunda kredit va (yoki) qarz muddati uch
oydan oshib ketmasligi kerak);
- kafil bo‘lishga, mol-mulkni yoki mulkiy huquqlarni garovga
qo‘yishga;
- tashkiliy-huquqiy shakli o‘z ishtirokchilarining qo‘shimcha
javobgarligini nazarda tutadigan xo‘jalik jamiyatlarining qimmatli
qog‘ozlariga va ulushlariga investitsiyalarni amalga oshirishga;
- ishonchli boshqaruvchi, auditorlik tashkilotlari tomonidan
chiqarilgan qimmatli qog‘ozlarga investitsiyalarni amalga oshirishga,
shuningdek ularning ustav kapitalidagi ulushlarini olishga;
-
137 -
- boshqa investitsiya fondlarining aksiyalarini olishga va ularga
ega bo‘lishga;
- investitsiya faoliyati bilan bog‘liq bo‘lmagan bitimlar tuzishga,
opsionlar yoki fyucherslar olishga;
- umumiy summasi fond sof aktivlarining 10 foizidan ortiq
investitsiyalarni amalga oshirishga (bundan qimmatli qog‘ozlarga
qo‘yish mustasno) haqli emas.
Investitsiya fondi investitsiya fondi sifatida o‘z faoliyatini
tugatmasdan yuridik shaxsning boshqa tashkiliy-huquqiy shakllariga
o‘zgartirilishga haqli emas.
Ishonchli boshqaruvchi bo‘lmagan taqdirda, investitsiya
fondining kuzatuv kengashi uch oy ichida ishonchli boshqaruvchi
yollashi yoxud investitsiya fondini tugatish tashabbusi bilan chiqishi
shart.
Investitsiya fondlari tomonidan chiqarilgan va ularga tegishli
qimmatli qog‘ozlarga bo‘lgan huquqlarni hisobga olish, shuningdek
ularni saqlash, agar qonun hujjatlarida boshqacha qoida
belgilanmagan bo‘lsa, Qimmatli qog‘ozlar markaziy depozitariysi
tomonidan amalga oshiriladi.
Investitsiya aktivlari ishonchli boshqaruvchida alohida balansda
aks ettiriladi va u bo‘yicha mustaqil hisob yuritiladi. Ishonchli
boshqarish bilan bog‘liq faoliyat bo‘yicha hisob-kitoblar uchun
alohida bank hisobvarag‘i ochiladi.
Investitsiya fondining buxgalteriya hisobini yuritish hamda
moliya, soliq hisobotlarini va boshqa hisobotlarni tuzish ishonchli
boshqaruvchi tomonidan amalga oshiriladi.
Ishonchli boshqaruvchi fond investitsiya aktivlarining alohida hi-
sobini yuritadi, ularning yaxlitligini va but saqlanishini ta’minlaydi,
shuningdek investitsiya fondining moliya, soliq hisobotlari hamda
boshqa hisobotlarining to‘g‘riligi va ishonchliligi uchun javobgar
bo‘ladi.
-
138 -
2018 yil 15 fevral holatiga mamlakatimizda 9 ta investitsiya fondi
faoliyat ko‘rsatmoqda. Ular tomonidan muomalaga chiqarilgan
aksiyalar emissiya hajmi 2,32 milliard so‘mni tashkil etadi (9.3-rasm).
9.3-rasm.
Dostları ilə paylaş: |