Oʻzbekiston respublikasi oliy va oʻrta maxsus ta’lim vazirligi toshkent moliya instituti



Yüklə 15,56 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə58/186
tarix14.12.2023
ölçüsü15,56 Kb.
#176885
1   ...   54   55   56   57   58   59   60   61   ...   186
Дарслик Korporativ moliya (2)

AKSIYADORLAR
Investitsiya fondi
----------------------------------------------------- 
Direktorlar kengashi
Fond faoliyatini kuzatib boradi, boshqaruvchi kompaniya va boshqa xizmat 
ko‘rsatuvchilar bilan shartnomalarni ma’qullaydi 
Investitsiya 
maslahatchisi
Fond ustavida 
belgilangan 
maqsad va 
siyosatga 
muvofiq, fond 
portfelini 
boshqaradi 
Asosiy 
anderrayter
Fond 
aksiyalarini 
to‘g‘ridan-
to‘g‘ri yoki
boshqa firmalar 
(broker-dilerlar) 
orqali sotadi 
Administrator 
Fondga xizmat 
ko‘rsatayotgan 
boshqa 
kompaniyalar 
ustidan kuzatib 
boradi va federal 
talablar 
bajarilishini 
kafolatlaydi. 
Transfer agent
Aksiyador 
o‘tkazmalarini 
bajaradi, boshqa 
faoliyatlar hisobini 
yuritadi va 
aksiyadorga 
hisobraqamdan 
ko‘chirma va 
hujjatlarni taqdim 
etadi 
Kastodian
Fond aktivlarini 
aksiyadorlar 
huquqlarini 
himoya qilish 
maqsadida 
alohida saqlaydi, 
fond aktivlarini 
tartibga soladi 
Mustaqil 
auditor 
Fond moliyaviy 
hisobotlarini 
tasdiqlaydi 



135 - 
maslahatchilari, asosiy anderrayterlar, administratorlar, transfer-agent-
lar, kastodian va mustaqil auditorlar xizmatlaridan ham foydalaniladi. 
 
9
.2. O‘zbekistonda investitsiya fondlari faoliyat 
mexanizmi 
Mamlakatimizda investitsiya va pay fondlari faoliyati 2015 yil 25 
avgustda O‘RQ-392-son bilan qabul qilingan “Investitsiya va pay 
fondlari to‘g‘risida”gi qonun bilan tartibga solinadi. Unga ko‘ra, 
“Investorlarning pul mablag‘larini jalb etish va ularni investitsiya 
aktivlariga qo‘yish maqsadida aksiyalar chiqarishni amalga oshiruvchi 
yuridik shaxs – aksiyadorlik jamiyati investitsiya fondidir”
22
. Investit-
siya fondi o‘z faoliyatini qimmatli qog‘ozlar bozorini tartibga solish 
bo‘yicha vakolatli davlat organi hisoblangan Qimmatli qog‘ozlar 
bozorini muvofiqlashtirish va rivojlantirish markazi tomonidan 
beriladigan litsenziya asosida amalga oshiradi. 
Investitsiya fondi quyidagi turda bo‘lishi mumkin: 
- o‘zi chiqargan aksiyalarni qaytarib sotib olish majburiyatiga ega 
bo‘lgan investitsiya fondi; 
- o‘zi chiqargan aksiyalarni qaytarib sotib olish majburiyatiga ega 
bo‘lmagan investitsiya fondi. 
Investitsiya fondining turi fondning ta’sis hujjatlarida ko‘rsatiladi. 
Investitsiya fondi yangi yuridik shaxsni ta’sis etish yoki boshqa 
investitsiya fondini qayta tashkil etish yo‘li bilan tashkil etiladi. 
Investitsiya fondini investitsiya fondi bo‘lmagan boshqa yuridik 
shaxsni qayta tashkil etish orqali tashkil etishga yo‘l qo‘yilmaydi. 
Investitsiya fondi tijorat tashkiloti bo‘lib, u o‘zining alohida hisobga 
olinadigan mol-mulkiga, shu jumladan ustav kapitaliga berilgan mol-
mulkka ega bo‘ladi. Yuridik va jismoniy shaxslar investitsiya 
fondining muassislari (aksiyadorlari) sifatida ish yuritishi mumkin. 
22
Ўзбекистон Республикаси “Инвестиция ва пай фондлари тўғрисида”ги Қонуни, 3-
модда. 



136 - 
Investitsiya fondini davlat ro‘yxatidan o‘tkazish O‘zbekiston 
Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan amalga oshiriladi. 
Investitsiya fondini tashkil etishda uning aksiyalari qiymatini 
to‘lash pul mablag‘lari, qimmatli qog‘ozlar, ulushlar, shuningdek 
ko‘chmas mulk va boshqa mol-mulk, mulkiy huquqlar bilan amalga 
oshiriladi. Bunda uning ustav kapitalining kamida 75 foizi pul 
shaklida to‘lanishi kerak. Investitsiya fondining aksiyalarini 
joylashtirish fond birjasida amalga oshiriladi. 
Aksiyadorlarning umumiy yig‘ilishi va kuzatuv kengashi, 
shuningdek vakolatlarini ishonchli boshqaruvchi amalga oshiradigan 
ijroiya organi investitsiya fondining boshqaruv organlaridir. 
Investitsiya fondi: 
- faoliyatni litsenziya olmasdan amalga oshirishga
- korporativ obligatsiyalar va infratuzilma obligatsiyalari, 
shuningdek imtiyozli aksiyalar chiqarishga; 
- investitsiya fondi sof aktivlarining 10 foizidan ortig‘ini bir 
emitentning qimmatli qog‘ozlariga yoki mas’uliyati cheklangan 
jamiyatning ulushiga investitsiya qilishga; 
- to‘lanishi lozim bo‘lgan qarzlarning jami hajmi kredit va (yoki) 
qarz bitimi imzolangan sanadagi investitsiya fondi sof aktivlari 
qiymatining 15 foizidan oshib ketgan taqdirda, kredit va (yoki) qarz 
mablag‘larini jalb etishga (bunda kredit va (yoki) qarz muddati uch 
oydan oshib ketmasligi kerak); 
- kafil bo‘lishga, mol-mulkni yoki mulkiy huquqlarni garovga 
qo‘yishga; 
- tashkiliy-huquqiy shakli o‘z ishtirokchilarining qo‘shimcha 
javobgarligini nazarda tutadigan xo‘jalik jamiyatlarining qimmatli 
qog‘ozlariga va ulushlariga investitsiyalarni amalga oshirishga; 
- ishonchli boshqaruvchi, auditorlik tashkilotlari tomonidan 
chiqarilgan qimmatli qog‘ozlarga investitsiyalarni amalga oshirishga, 
shuningdek ularning ustav kapitalidagi ulushlarini olishga; 



137 - 
- boshqa investitsiya fondlarining aksiyalarini olishga va ularga 
ega bo‘lishga; 
- investitsiya faoliyati bilan bog‘liq bo‘lmagan bitimlar tuzishga, 
opsionlar yoki fyucherslar olishga; 
- umumiy summasi fond sof aktivlarining 10 foizidan ortiq 
investitsiyalarni amalga oshirishga (bundan qimmatli qog‘ozlarga 
qo‘yish mustasno) haqli emas. 
Investitsiya fondi investitsiya fondi sifatida o‘z faoliyatini 
tugatmasdan yuridik shaxsning boshqa tashkiliy-huquqiy shakllariga 
o‘zgartirilishga haqli emas. 
Ishonchli boshqaruvchi bo‘lmagan taqdirda, investitsiya 
fondining kuzatuv kengashi uch oy ichida ishonchli boshqaruvchi 
yollashi yoxud investitsiya fondini tugatish tashabbusi bilan chiqishi 
shart. 
Investitsiya fondlari tomonidan chiqarilgan va ularga tegishli 
qimmatli qog‘ozlarga bo‘lgan huquqlarni hisobga olish, shuningdek 
ularni saqlash, agar qonun hujjatlarida boshqacha qoida 
belgilanmagan bo‘lsa, Qimmatli qog‘ozlar markaziy depozitariysi 
tomonidan amalga oshiriladi. 
Investitsiya aktivlari ishonchli boshqaruvchida alohida balansda 
aks ettiriladi va u bo‘yicha mustaqil hisob yuritiladi. Ishonchli 
boshqarish bilan bog‘liq faoliyat bo‘yicha hisob-kitoblar uchun 
alohida bank hisobvarag‘i ochiladi. 
Investitsiya fondining buxgalteriya hisobini yuritish hamda 
moliya, soliq hisobotlarini va boshqa hisobotlarni tuzish ishonchli 
boshqaruvchi tomonidan amalga oshiriladi. 
Ishonchli boshqaruvchi fond investitsiya aktivlarining alohida hi-
sobini yuritadi, ularning yaxlitligini va but saqlanishini ta’minlaydi, 
shuningdek investitsiya fondining moliya, soliq hisobotlari hamda 
boshqa hisobotlarining to‘g‘riligi va ishonchliligi uchun javobgar 
bo‘ladi. 



138 - 
2018 yil 15 fevral holatiga mamlakatimizda 9 ta investitsiya fondi 
faoliyat ko‘rsatmoqda. Ular tomonidan muomalaga chiqarilgan 
aksiyalar emissiya hajmi 2,32 milliard so‘mni tashkil etadi (9.3-rasm). 
9.3-rasm. 

Yüklə 15,56 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   54   55   56   57   58   59   60   61   ...   186




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin