-
151 -
XI BOB. AKSIYALARNI OMMAVIY JOYLASHTIRISH
11.1. Aksiyalarni ommaviy joylashtirishning iqtisodiy
mohiyati, afzalliklari va kamchiliklari
Bugungi
kunda
mamlakatimizda
korporativ
moliyaviy
munosabatlarni samarali tashkil etishga alohida e’tibor qaratilmoqda.
Chunki korporativ moliyaviy munosabatlar natijasida ham davlat, ham
uy xo‘jaligi bevosita daromadlarga ega bo‘ladilar, shuningdek xalqaro
mehnat taqsimotida mamlakatning egallab turgan o‘rni
mustahkam-
lanadi. Shundan kelib chiqqan holda bu borada qonunchilik hujjatlari
muntazam ravishda takomillashtirililib, korporativ tuzilmalar
faoliyatini rivojlantirish masalasiga jiddiy yondashilmoqda.
Birinchi
Prezidentimiz I.Karimov ta’kidlaganlaridek “korporativ yoki
aksiyadorlik birlashmalarimizning faoliyati samaradorligini tanqidiy
baholash, ularni xorijiy davlatlardagi ana shunday korxonalar bilan
taqqoslab ko‘rish zarur. Chunki, bugungi kunda iqtisodiy rivojlangan
mamlakatlarda, ayniqsa, sanoat sohasida
mulkchilikning bunday
shakli muhim o‘rin tutadi.”
24
Ma’lumki, aksiyadorlik jamiyatlari qimmatli qog‘ozlar bozori
emitenti sifatida o‘z aksiyalarini ochiq va yopiq obuna tartibida
joylashtirishlari mumkin. Mamlakatimizda faoliyat ko‘rsatayotgan
aksiyadorlik jamiyatlarining xalqaro darajada
raqobatbardoshligini
oshirishda xorijiy kapital jalb qilish masalasi muhim ahamiyatga ega.
Bu masala aksiyalarni ochiq obuna tarzida xalqaro fond birjalarida
joylashtirish orqali ham amalga oshiriladi hamda ishlab chiqarish va
24
Karimov I.A. 2015 yilda iqtisodiyotimizda tub tarkibiy o‘zgarishlarni
amalga oshirish,
modernizatsiya va diversifikatsiya jarayonlarini izchil davom ettirish hisobidan xususiy mulk
va xususiy tadbirkorlikka keng yo‘l ochib berish – ustuvor vazifamizdir. O‘zbekiston
Prezidenti I.Karimovning mamlakatimizni 2014 yilda ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish
yakunlari va 2015 yilga mo‘ljallangan iqtisodiy dasturning eng muhim ustuvor yo‘nalishlariga
bag‘ishlangan Vazirlar Mahkamasining majlisidagi ma’ruzasidan.
www.uza.uz
-
152 -
xizmat ko‘rsatish sifatining o‘sishiga bevosita o‘z ta’sirini ko‘rsatadi.
Shu boisdan quyida aynan shu masala xususida to‘xtalib o‘tamiz.
Aksiyalarni ochiq obuna tartibida joylashtirish amaliyoti qisqacha
IPO (ing. “Initial Public Offering”) deb yuritiladi. IPO emitent tomo-
nidan aksiyalarni bozorda birlamchi ochiq obuna usulida joylashtirish
bo‘lib, bu jarayon davomida ular investorlarning keng doirasiga kirib
boradilar va fond birjasida erkin savdoni amalga oshiradilar.
Boshqacha qilib aytganda IPO deganda emitent kompaniyaning
aksiyalarini ochiq bozorda birinchi
marta sotuvga chiqarishi
tushuniladi. Shu yo‘l bilan kompaniya “yopiq”dan “ochiq”ga
o‘zgaradi, ya’ni shu kompaniya aksiyalariga qiziqib qolgan investorlar
ularni fond birjasida erkin sotib olishlari mumkin. Kompaniya
qimmatli qog‘ozlarining birjada muomalaga chiqishi natijasida ularni
erkin savdo-sotiq predmeti bo‘lishiga, likvidliligi oshishiga va
ularning bozor bahosining maksimal o‘sishiga olib keladi. IPO
yordamida kompaniyada joriy xarajatlarni
qoplashga va yirik
loyihalarni amalga oshirish uchun uzoq muddatli tashqi moliyaviy
resurslarni jalb qilish imkoni tug‘iladi. IPO uchun talab qilinadigan
jarayonlar va ularning amalga oshirilishi kompaniyaning shaffofligini
oshiradi va uning moliyaviy holatini
obyektiv baholash imkonini
beradi. Umumiy holda oddiy aksiyalar emissiyasi hisobiga
moliyalashtirish IPO operatsiyalarining afzalliklari va kamchiliklari
sifatida quyidagilarni keltirishimiz mumkin (9.1-jadval).
9.1-jadval
Dostları ilə paylaş: