Oʻzbekiston respublikasi oliy va oʻrta maxsus ta’lim vazirligi toshkent moliya instituti


 Yevroobligatsiyalarni muomalaga chiqarish



Yüklə 15,56 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə62/186
tarix14.12.2023
ölçüsü15,56 Kb.
#176885
1   ...   58   59   60   61   62   63   64   65   ...   186
Дарслик Korporativ moliya (2)

10.3. Yevroobligatsiyalarni muomalaga chiqarish 
Bugungi kun amaliyotida kompaniyalar milliy valyutadagi korpo-
rativ obligatsiyalari bilan bir qatorda yevroobligatsiya deb ataluvchi 
xorijiy valyutadagi qimmatli qogʻozlarning ham xalqaro fond 
birjalaridagi muomalasi ham kuzatilmoqda. 
Yevroobligatsiyalar
(
ingl. eurobond
) mamlakatdan tashqarida 
qattiq valyutada sotiladigan obligatsiyalardir. Ularga misol sifatida 
yevrodollar obligatsiyalari, yevroien obligatsiyalarini keltirish 
mumkin. Bunda obligatsiya soʻziga yevro soʻzining qoʻshib 
ishlatilishini AQSH kompaniyalarining Yevropa fond birjalarida 
sotish uchun maxsus obligatsiyalar chiqarganligi bilan izohlanadi. 
Lekin bugungi kunga kelib yevroobligatsiyalar har qanday 
mamlakatda chiqarilishi mumkin va aksariyat holatlarda yevro yoki 
AQSH dollarida muomalaga chiqarilmoqda. 
Yevroobligatsiyalar 
muomalaga 
chiqarish 
ma’lum 
bir 
tayyorgarlik ishlarini va xarajatlarni talab qiladi. Lekin boshqa 
tomondan nisbatan past foizlarda uzoq muddatli yuqori miqdordagi 
moliyaviy resurslar jalb qilish imkonini beradi. 
Odatda, yevroobligatsiyalar kamida 3 yilga chiqariladi, eng keng 
tarqalgan muddat sifatida 5 yillik muddat keltiriladi. Dunyoga 
mashhur kompaniyalar (masalan, Gazprom) tomonidan muomalaga 



145 - 
chiqariladigan yevroobligatsiyalar 15 yildan 30 yilgacha boʻlgan 
muddat boʻyicha amal qiladi. 
Yuqorida qayd etib oʻtganimizdek, yevroobligatsiyalar bozoriga 
chiqish tayyorgarlik koʻrish va emissiya qilish, chet eldan moliyaviy 
konsultantlar va anderrayterlar jalb qilish, xalqaro investorlar uchun 
taqdimotlar oʻtkazish, huquqiy xizmat uchun toʻlovlar va boshqalar 
bilan bevosita bogʻliq boʻlgan yuqori miqdordagi xarajatlarni talab 
qiladi. 
Yevroobligatsiyalarni muomalaga chiqarish bilan shugʻullanuvchi 
dunyoga mashhur tashkilotchilar sifatida Deutche Bank, ABN Amro, 
CSFB, UBS, DrKW, Citigroup, J.P.Morgan kabilarni keltirish 
mumkin. 
Rivojlangan 
mamlakatlar 
hukumati 
tomonidan 
yevroobligatsiyalar bozorini tartibga solishning biror bir mezoni 
oʻrnatilmaganligiga 
qaramasdan 
emitentlar 
odatda 
Xalqaro 
obligatsiyalar birlamchi bozori ishtirokchilari assotsiatsiyasi Xalqaro 
qimmatli qogʻozlar bozori ishtirokchilari assotsiatsiyasi standartlari va 
talablari asosida boshqarib boriladi. Mazkur qimmatli qogʻozlarning 
asosiy savdo markazi tarixan London hisoblanadi. Shundan kelib 
chiqqan holda yevroobligatsiyalar muomalasi Angliya moliya 
xizmatlari agentligi tomonidan ham tartibga solinadi va bu agentlik 
tegishli hujjatlarni tayyorlash boʻyicha talablar bajarilishining qat’iy 
nazoratini amalga oshiradi. Bunda xalqaro standartlar boʻyicha 
tuzilgan uch yillik ijobiy auditorlik hisoboti, S&P, Fitch, Moody’s va 
boshqa yetakchi agentliklarning kredit reytingi majburiy talablar 
sifatida belgilangan. Shuningdek, kompaniya egalari haqidagi 
axborotlarning toʻliq ochiqligi, qarz oluvchining asosiy aksiyadorlari 
pasport nusxasigacha talab qilinadi.
Yevroobligatsiyalarni muomalaga chiqarish jarayonida yuristlar 
xizmatlari boʻyicha xarajatlar miqdori 600 mingdan 1 million AQSH 
dollarigacha tashkil etishi kuzatiladi. Anderrayterning oʻrtacha 
komissiya haqi esa odatda muomalaga chiqarilgan yevroobligatsiya 
umumiy summasining 0,5 – 0,7 foizini tashkil etadi. 



146 - 
Yevroobligatsiyalar odatda, London yoki Lyuksemburg fond 
birjalarida sotiladi. Lekin ular savdosining kattagina qismi birjadan 
tashqari bozorlar hissasiga toʻgʻri keladi. 
Moliyalashtirish manbasi sifatida yevroobligatsiyalarning asosiy 
afzalliklari sifatida quyidagilarni keltirish mumkin: 
- jalb qilinadigan mablagʻ miqdorining yuqoriligi (muomalaga 
chiqarishning oʻrtacha qiymati – 300 million AQSH dollari); 
- muomala muddatining uzoqligi (3 yildan – 30 yilgacha); 
- foiz stavkalarining juda pastligi (yillik 5%); 
- ta’minot va garov boʻyicha talablarning mavjud emasligi; 
- xalqaro miqyosda kredit tarixi yuzaga kelishi. 
Qarz mablagʻlari jalb qilishning mazkur instrumenti kamchiliklari 
sifatida esa quyidagilarni keltirish mumkin: 
- axborotlarni oshkor etish boʻyicha qarz oluvchiga nisbatan 
jiddiy talablarning mavjudligi; 
- yevroobligatsiya muomalaga chiqarish jarayonining yuqori 
miqdorda xarajatlar talab qilishi; 
- jahon miqyosidagi yetakchi reyting agentliklarining biridan 
kredit reytingi olish zarurati; 
- qimmatli qogʻozlarni tayyorlash va joylashtirishning koʻp vaqt 
talab qilishi (4–6 oy);
- valyuta riskining yuzaga kelishi va boshqalar. 
Yuqori miqdordagi xarajatlar va koʻp vaqt talab qilishiga 
qaramasdan 500 million dollarlik yevroobligatsiyani 5 yil muddatga 
joylashtirish bugungi xalqaro amaliyotda oʻzini oqlamoqda. Bundan 
tashqari xalqaro bozorlarda IPO oʻtkazish uchun yaxshigina repititsiya 
vazifasini ham oʻtamoqda. 

Yüklə 15,56 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   58   59   60   61   62   63   64   65   ...   186




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin