-
156 -
Shuningdek, qimmatli qog‘ozlarni joylashtirish bo‘yicha PR-
agentlar, investorlar bilan ishlashga jiddiy yondashilib,
potensial
investorlar oldiga borib taqdimotlar o‘tkaziladi. Taqdimotlar o‘tkazish
uchun potensial investorlarni tanlashda investor faoliyati tashkil
etilgan davlatda soliqqa tortish darajasini ham hisobga olish talab
etiladi. Chunki dividendlarga nisbatan soliq yuki yuqori bo‘lgan
davlatlarda aksiyalar sotib olish orqali daromad ko‘rishga intilish
darajasi nihoyatda past bo‘ladi.
Bundan tashqari mazkur bosqichda
savdo maydonini tanlash,
ya’ni qimmatli qog‘ozlar bo‘yicha oldi-sotdi bitimlari ro‘yxatga
olinadigan fond birjasi va ochiq bozorga chiqish vaqti aniqlab olinadi.
IPO o‘tkazish bosqichlaridan eng asosiysi hisoblangan
uchinchi
bosqichda
qimmatli qog‘ozlarni davlat organlarida va birjada
ro‘yxatdan o‘tkazish, joylashtirilishi kutilayotgan qimmatli qog‘ozlar
narx diapazonini belgilash, birlamchi emissiya prospektini chop etish
amalga oshiriladi.
Yakuniy
to‘rtinchi bosqichda
esa
kompaniya aksiyalarining
birjada muomalasi boshlanib, unda aksiyadorlar va menejerlardan
tashqari anderrayterlar,
moliyaviy, yuridik va soliq maslahatchilari,
potensial investorlar va moliya bozorining boshqa ishtirokchilari
qatnashadi. Shuningdek, strategik
ahamiyatga ega kompaniyalar
aksiyalarini joylashtirishda davlat organlari ham ishtirok etishi
mumkin. Bunda anderrayterlar birlamchi bozorda aksiyalarni kafolatli
joylashtirish bilan shug‘ullansa, soliq maslahatchilari aksiyalarni
joylashtirishda soliqqa oid masalalar yuzaga kelganda bevosita
ishtirok etadi. Yuqorida ta’kidlab o‘tganimizdek, IPO operatsiyalarini
o‘tkazish ma’lum darajada xarajatlarni talab qiladi. Bunda aksiyalarni
joylashtirishga ketadigan xarajatlarni shartli ravishda boshlang‘ich va
asosiy xarajatlarga bo‘lish mumkin. IPO o‘tkazishning
maqsadga
muvofiqligini baholashga ketgan xarajatlar boshlang‘ich xarajatlar
sifatida baholanadi. Asosiy xarajatlar bevosita tayyorgarlikka ketgan
xarajatlardir. Umumiy holda, IPO qiymati quyidagi xarajatlardan kelib
chiqadi:
- yuridik due diligence;
-
157 -
- moliyaviy va soliqlar bo‘yicha
due diligence;
- auditorlik hisobotlarini tayyorlash;
- aktivlarni baholash;
- anderrayterlar bilan shartnomalar tuzish va anderrayter
mukofoti;
- aksiyalar emissiyasi va ularni ro‘yxatdan o‘tkazish xarajatlari;
- soliqlar, bir martalik yig‘imlar va boshqa xarajatlar.
Eng ko‘p xarajat talab qiladigan jarayon bu kompaniya moliyaviy
holatining ishonchliligini tekshirish jarayonidir.
IPO o‘tkazish bo‘yicha asosiy xarajatlardan
biri Xalqaro fond
birjalariga listing uchun dastlabki to‘lovlar va har yillik badallar
hisoblanadi. Quyida xalqaro fond birjalarida amal qiluvchi listing
uchun dastlabki va har yillik badallarni keltirib o‘tamiz (11.2-jadval).
11.2-jadval
Dostları ilə paylaş: