Oʻzbekiston respublikasi oliy va oʻrta maxsus ta’lim vazirligi toshkent moliya instituti



Yüklə 15,56 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə61/186
tarix14.12.2023
ölçüsü15,56 Kb.
#176885
1   ...   57   58   59   60   61   62   63   64   ...   186
Дарслик Korporativ moliya (2)

10.2. Kredit notalari 
Jahon amaliyotida kredit notalari (
credit linked notes – CLN

ta’minlanmagan qarz mablagʻlari ajratish usuli sifatida koʻzga 
tashlanadi. Hozirgi kunga kelib bu instrument xalqaro amaliyotda 
yirik sanoat korxonalari oʻrtasida keng koʻlamda qoʻllanilmoqda.
Qarz oluvchi nuqtai nazaridan 
CLN 
xorijiy bankning valyutadagi 
kreditini oʻzida aks ettiradi. Lekin bu amaliyotning asosiy farqli 
xususiyati bank kredit taqdim etgandan soʻng birdaniga qimmatli 
qogʻozlardagi qarzdorlikni qayta tarkiblab, 
CLN
ni bozorda sotadi. 
Texnik tomondan 
CLN 
chiqarish yevroobligatsiya chiqarishga 
oʻxshash. Bunda 
CLN
chiqarish bilan shugʻullanuvchi lid-menejer 
sifatida odatda banklar ishtirok etadi.



143 - 
Bank tomonidan 
CLN
muomalaga chiqarishni tashkil etishning 
dastlabki bosqichida investorlar oʻrtasida qarz oluvchining 
majburiyatlariga nisbatan potensial talabni baholash amalga oshiriladi. 
Qarz oluvchining faoliyati va moliyaviy holati, tarmoq xususiyatlari
bozor kon’yunkturasi atroflicha oʻrganiladi, investorlar bilan faol 
muzokaralar olib boriladi. Ijobiy qarorga kelingan holatdagina 
CLN
emitenti hisoblangan bank qarz oluvchiga xorijiy bank krediti taqdim 
etadi. Odatda, emitent sifatida yuqori reytingga, 
CLN
dasturini amalga 
oshirish boʻyicha tajribaga ega bank tanlanadi. 
CLN 
muomalaga 
chiqarish bir nechta bosqichli dastur asosida tashkil etiladi. Qarz 
oluvchining kredit boʻyicha majburiyatlarini bajarish holatida 
CLN
boʻyicha toʻlovlarni bank-emitent amalga oshiradi. Agarda kredit 
oluvchi korxona oʻz vaqtida va toʻliq olingan kreditni qaytara olmasa 
yuzaga kelishi mumkin boʻlgan risklar bank-emitent zimmasiga emas, 
balki 
CLN 
sotib oluvchilar zimmasiga tushadi. 
CLN 
muomalaga chiqarilgandan soʻng ularning savdosi 
ikkilamchi bozorda tashkil etiladi. Kredit notalari birjadan tashqari 
bozorlarda muomalada boʻladi. 
Korporativ yevroobligatsiyalarga nisbatan kredit notalari boʻyicha 
risklarning yuqoriligidan kelib chiqqan holda bunday qimmatli 
qogʻozlar qoʻshimcha mukofotlar e’lon qilingan holda sotiladi.
Shuningdek, ham iqtisodiy, ham yuridik ma’lumotlar ochiqligi aniq 
belgilab qoʻyilgan standartlarga mos kelishi talab qilinadi. 
Yevroobligatsiyaga nisbatan 
CLN
ning asosiy afzalligi sifatida ularni 
muomalaga chiqarishning birmuncha tezligi va arzonligini keltirish 
mumkin. Xalqaro amaliyotda 
CLN
muomalaga chiqarish uchun 8 
haftadan 12 haftagacha vaqt ketadi. 
CLN 
muomalaga chiqarish qiymati 
respublikamizdagi koʻpgina mahalliy korxonalar uchun ogʻirlik qiladi. 
Xorijda bu qiymat 30 mingdan 50 ming AQSH dollarigacha xarajatni 
talab qiladi va bu qiymat rivojlangan davlatlar kompaniyalari uchun juda 
past hisoblanadi. 
CLN 
muomalaga chiqarishda alohida talablar mavjud 
boʻlib, emissiya risolasida axborotning toʻlaligicha ochiqligi, shuning-
dek, yuqori reyting koʻrsatkichlari berilganligi va xalqaro auditorlik 
kompaniyalari tomonidan qarz oluvchi va operatsiya tashkilotchisining 



144 - 
mustaqil baholanishi kabilarga alohida e’tibor qaratiladi. Kredit 
notalarini muomalaga chiqarish yevroobligatsiya muomalasi oldidan 
kredit tarixini shakllantirishning samarali usuli sifatida xizmat qiladi. 
Masalan “AFC Sistema” kompaniyasi tomonidan 100 million AQSH 
dollarlik kredit notalari chiqarilgandan soʻng ikki oy oʻtib kompaniya 
yevroobligatsiya emissiyasini amalga oshirgan. Lekin boshqa tomondan 
kredit notalari oʻrtacha foiz stavkasi yevroobligatsiyalarga nisbatan 1 – 2 
foiz yuqori belgilanadi. 
Bugungi kunda xalqaro amaliyotda 250 million dollardan yuqori 
boʻlgan yillik oborotga ega kompaniyalar kredit notalarini 100 million 
dollardan kam boʻlmagan miqdorda muomalaga chiqarmoqda. 

Yüklə 15,56 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   57   58   59   60   61   62   63   64   ...   186




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin