Oʻzbekiston respublikasi oliy va oʻrta maxsus ta’lim vazirligi toshkent moliya instituti



Yüklə 15,56 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə74/186
tarix14.12.2023
ölçüsü15,56 Kb.
#176885
1   ...   70   71   72   73   74   75   76   77   ...   186
Дарслик Korporativ moliya (2)

№6. Deutsche Telekom –
 13 milliard AQSH dollari
 
Deutsche Telekom 1996-yilda dunyodagi eng yirik uchinchi 
telekommunikatsiya operatori edi. Kompaniya oʻsha yili aksiyalarni 
ochiq joylashtirish natijasida 13 milliard AQSH dollari miqdorida 
mablagʻ jalb qildi, lekin tezda kompaniya aksiyalari qiymati tushib 
ketdi. Bu holat investorlarni sarosimaga tushirgan boʻlsada, 
kompaniya oʻz moliyaviy holatini qisqa vaqt ichida oʻnglashga 
erishadi. Bugungi kunga kelib xususiy investorlar kompaniyaning 68 
foiz, Germaniya hukumati esa 32 foiz aksiyasiga egalik qiladi.
№5. GM –
 15,8 milliard AQSH dollari
 
Xalqaro miqyosda avtomobil ishlab chiqaruvchi General Motors 
kompaniyasi amerika mashinasozligining yuragi hisoblanadi. 2008-
yilga kelib oʻzining yuz yilligini nishonlash arafasida turgan 
kompaniya jahon moliyaviy inqirozidan jiddiy zarar koʻradi. Amerika 
qoʻshma shtatlari hukumati kompaniyani qutqarib qolish maqsadida 
50 milliard AQSH dollari miqdorida subsidiya ajratadi. Bir yarim 
yildan soʻng General Motors yana foyda koʻrib boshlaydi va IPO 
oʻtkazish natijasida 15,8 milliard AQSH dollari miqdorida mablagʻ 
jalb qilishga erishadi. 
№4. Facebook –
 16 milliard AQSH dollari
 
Facebook aksiyalari atrofidagi shov-shuv IPO oʻtkazgunga qadar 
bir necha oy davomida koʻplab investorlar diqqat-e’tiborida turadi. 
Shunday taassurot yuzaga keldiki, goʻyoki dunyodagi har bir investor 
ijtimoiy tarmoqning bir qismiga egalik qilishni hohlardi. Bu jarayon 
2012-yilda IPO oʻtkazish belgilangan kunda texnik muammo yuzaga 



161 - 
kelib savdolar yarim soatga kechikkanligi bilan ham tarixga kiradi. 
Operatsiya esa Facebook kompaniyasiga Oculus va WhatsApp 
kompaniyalarini oʻziga qoʻshib olish uchun yoʻnaltirilgan 16 milliard 
AQSH dollarini jalb qilish imkonini berdi. 

Yüklə 15,56 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   70   71   72   73   74   75   76   77   ...   186




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin