-
162 -
Kompaniyalarning aksiyalarini joylashtirish bo‘yicha
listing
uchun to‘lovlardan tashqari fond birjalari tomonidan belgilab
qo‘yilgan alohida talablar ham mavjudligini qayd etib o‘tish lozim.
Masalan, Nyu-York fond birjasida kompaniya aksiyalarini listingdan
o‘tkazish uchun oxirgi moliya yili bo‘yicha soliqlar to‘lngunga qadar
daromad 2,7 million AQSH dollaridan,
oxirgi ikki yil davomidagi
foyda 3 million AQSH dollaridan, moddiy aktivlarning sof qiymati
18,0 million AQSH dollaridan, aksiyalar kurs qiymati 19
million
AQSH dollaridan, oxirgi olti oy davomida emitent aksiyalari
savdolarining o‘rtacha oylik hajmi 100 ming AQSH dollaridan kam
bo‘lmasligi, shuningdek 100 ta va undan
ortiq aksiyalarga egalik
qiluvchi aksiyadorlar soni kamida ikki mingtani tashkil etishi shart.
London fond birjasi tomonidan esa kompaniyalar tijorat, moliyaviy va
boshqaruvga oid axborotlarining ochiqligi bilan birga bozor
kapitalizatsiyasi 700 ming funt sterlingdan kam bo‘lmasligi,
muomalaga chiqarilgan aksiyalar erkin muomalada bo‘lishi, kamida
25
foiz
aksiyalar
kompaniya
direktorlari
hisoblanmagan
aksiyadorlarga tegishli bo‘lishi, birorta ham aksiyador 30 foizdan ortiq
ovozga ega bo‘lmasligi talab etiladi.
Dostları ilə paylaş: