Oʻzbekiston respublikasi oliy va oʻrta maxsus ta’lim vazirligi toshkent moliya instituti



Yüklə 15,56 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə75/186
tarix14.12.2023
ölçüsü15,56 Kb.
#176885
1   ...   71   72   73   74   75   76   77   78   ...   186
Дарслик Korporativ moliya (2)

№3. Enel S.p.A –
 16,5 milliard AQSH dollari
 
Enel italyan elektroenergetika kompaniyasi dunyodagi eng yirik 
energetika kompaniyalaridan biri sanaladi. Oʻz qarzlaridan chiqish 
uchun kompaniya IPO oʻtkazishga qaror qiladi. Aksiyalar bahosining 
sezilarli oʻsishi yuz bermasada aksiyalarni ochiq joylashtirish 
kompaniyaga 16,5 milliard AQSH dollari keltiradi. Keyinchalik bu 
operatsiya investorlar uchun umidsizlikka sabab boʻladi va 2007-yilda 
kompaniya aksiyalari birjadan muomaladan chiqariladi. 
№2. Visa –
 17,9 milliard AQSH dollari
2008-yil kuz oylarida jahon moliyaviy inqirozi ayni avj olgan bir 
paytda Visa kompaniyasi IPO oʻtkazish boʻyicha jiddiy tayyorgarlik 
koʻrish bilan birga uni muvaffaqiyatli amalga oshiradi. Natijada 2008-
yil oxirida kompaniya 17,9 milliard AQSH dollari miqdoridagi 
mablagʻ jalb qilishga erishadi. Barcha investorlar bu kompaniya butun 
dunyo boʻyicha 1,5 milliarddan ortiq kredit kartalariga xizmat 
qilishini bilardi. Birinchi yilning oʻzidayoq birjadagi Visa aksiyalari 
bahosi 219 foizga oʻsishi kuzatiladi. 
№1. Alibaba –
 25 milliard AQSH dollari
 
IPO oʻtkazish va amalga oshirish boʻyicha rekord elektron tijorat 
faoliyati bilan shugʻullanuvchi xitoy gigant kompaniyasi Alibabaga 
tegishli. Kompaniya asoschisi Jek Ma Gonkong fond birjasi bilan 
oʻzaro kelisha olmadi va shuning uchun operatsiyani Nyu-Yorkka 
koʻchiradi. Aksiyalarni ochiq joylashtirish 2014-yilning sentyabr 
oyida tashkil etilib, natijada Alibaba elektron tijorat kompaniyasi 25 
milliard AQSH dollari miqdoridagi mablagʻ jalb qilishga erishdi. 
Investorlar kompaniyaning kelajagiga soʻzsiz ishonmoqda va sigʻimi 
boʻyicha dunyodagi eng katta bozor sifatida baholamoqda. Mazkur 
operatsiya kompaniya asoschisi Jek Mani sayyoramizdagi eng boy 
odamga aylantirdi. 



162 - 
Kompaniyalarning aksiyalarini joylashtirish bo‘yicha listing 
uchun to‘lovlardan tashqari fond birjalari tomonidan belgilab 
qo‘yilgan alohida talablar ham mavjudligini qayd etib o‘tish lozim. 
Masalan, Nyu-York fond birjasida kompaniya aksiyalarini listingdan 
o‘tkazish uchun oxirgi moliya yili bo‘yicha soliqlar to‘lngunga qadar 
daromad 2,7 million AQSH dollaridan, oxirgi ikki yil davomidagi 
foyda 3 million AQSH dollaridan, moddiy aktivlarning sof qiymati 
18,0 million AQSH dollaridan, aksiyalar kurs qiymati 19 million 
AQSH dollaridan, oxirgi olti oy davomida emitent aksiyalari 
savdolarining o‘rtacha oylik hajmi 100 ming AQSH dollaridan kam 
bo‘lmasligi, shuningdek 100 ta va undan ortiq aksiyalarga egalik 
qiluvchi aksiyadorlar soni kamida ikki mingtani tashkil etishi shart. 
London fond birjasi tomonidan esa kompaniyalar tijorat, moliyaviy va 
boshqaruvga oid axborotlarining ochiqligi bilan birga bozor 
kapitalizatsiyasi 700 ming funt sterlingdan kam bo‘lmasligi, 
muomalaga chiqarilgan aksiyalar erkin muomalada bo‘lishi, kamida 
25 
foiz 
aksiyalar 
kompaniya 
direktorlari 
hisoblanmagan 
aksiyadorlarga tegishli bo‘lishi, birorta ham aksiyador 30 foizdan ortiq 
ovozga ega bo‘lmasligi talab etiladi. 

Yüklə 15,56 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   71   72   73   74   75   76   77   78   ...   186




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin