-
159 -
№10. Telstra –
5,6 milliard AQSH dollari
Telstra kompaniyasi bir necha milliardlik yillik daromadi bilan
Avstraliya telekompaniyalari oʻrtasida ikkinchi oʻrinni egallaydi. Bu
kompaniya
yuqori
sur’atlarda
rivojlanayotgan
mamlakat
telekommunikatsiya bozorining liderlaridan biri hisoblanadi. Shuning
uchun ham investorlar bu kompaniya tomonidan tashkil etilgan IPOga
jiddiy qiziqish bildirdilar. Ilgari Telstra kompaniyasining asosiy
mulkdori Avstraliya hukumati edi va 1997-yildan
boshlab
kompaniyani xususiylashtirish boshlandi. Aynan 1997-yilda
kompaniyaning 83 foiz aksiyasini ochiq bozorda joylashtirish
natijasida 5,6 milliard AQSH dollari miqdorida mablagʻ jalb qilishga
erishildi, qolgan 17 foiz aksiya esa mamlakat hukumati ixtiyorida
qoldirildi. Keyinchalik 2011-yilda hukumat
ixtiyorida qoldirilgan
aksiyalar ham ochiq bozorda joylashtirildi hamda Telstra kompaniyasi
toʻlaligicha xususiylashtirildi.
Dostları ilə paylaş: