Oʻzbekiston respublikasi oliy va oʻrta maxsus ta’lim vazirligi toshkent moliya instituti



Yüklə 15,56 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə70/186
tarix14.12.2023
ölçüsü15,56 Kb.
#176885
1   ...   66   67   68   69   70   71   72   73   ...   186
Дарслик Korporativ moliya (2)

4. Ish natijalari 
Korxona biznesini yoki 
aksiyalar paketini 
baholash to‘g‘risida 
hisobot. 
Moliyaviy ekspertiza 
to‘g‘risida hisobot. 
Kompaniya yuridik 
ekspertizasi to‘g‘risida 
hisobot. 



156 - 
Shuningdek, qimmatli qog‘ozlarni joylashtirish bo‘yicha PR-
agentlar, investorlar bilan ishlashga jiddiy yondashilib, potensial 
investorlar oldiga borib taqdimotlar o‘tkaziladi. Taqdimotlar o‘tkazish 
uchun potensial investorlarni tanlashda investor faoliyati tashkil 
etilgan davlatda soliqqa tortish darajasini ham hisobga olish talab 
etiladi. Chunki dividendlarga nisbatan soliq yuki yuqori bo‘lgan 
davlatlarda aksiyalar sotib olish orqali daromad ko‘rishga intilish 
darajasi nihoyatda past bo‘ladi.
Bundan tashqari mazkur bosqichda savdo maydonini tanlash
ya’ni qimmatli qog‘ozlar bo‘yicha oldi-sotdi bitimlari ro‘yxatga 
olinadigan fond birjasi va ochiq bozorga chiqish vaqti aniqlab olinadi.
IPO o‘tkazish bosqichlaridan eng asosiysi hisoblangan 
uchinchi 
bosqichda 
qimmatli qog‘ozlarni davlat organlarida va birjada 
ro‘yxatdan o‘tkazish, joylashtirilishi kutilayotgan qimmatli qog‘ozlar 
narx diapazonini belgilash, birlamchi emissiya prospektini chop etish 
amalga oshiriladi.
Yakuniy 
to‘rtinchi bosqichda
esa kompaniya aksiyalarining 
birjada muomalasi boshlanib, unda aksiyadorlar va menejerlardan 
tashqari anderrayterlar, moliyaviy, yuridik va soliq maslahatchilari, 
potensial investorlar va moliya bozorining boshqa ishtirokchilari 
qatnashadi. Shuningdek, strategik ahamiyatga ega kompaniyalar 
aksiyalarini joylashtirishda davlat organlari ham ishtirok etishi 
mumkin. Bunda anderrayterlar birlamchi bozorda aksiyalarni kafolatli 
joylashtirish bilan shug‘ullansa, soliq maslahatchilari aksiyalarni 
joylashtirishda soliqqa oid masalalar yuzaga kelganda bevosita 
ishtirok etadi. Yuqorida ta’kidlab o‘tganimizdek, IPO operatsiyalarini 
o‘tkazish ma’lum darajada xarajatlarni talab qiladi. Bunda aksiyalarni 
joylashtirishga ketadigan xarajatlarni shartli ravishda boshlang‘ich va 
asosiy xarajatlarga bo‘lish mumkin. IPO o‘tkazishning maqsadga 
muvofiqligini baholashga ketgan xarajatlar boshlang‘ich xarajatlar 
sifatida baholanadi. Asosiy xarajatlar bevosita tayyorgarlikka ketgan 
xarajatlardir. Umumiy holda, IPO qiymati quyidagi xarajatlardan kelib 
chiqadi:
- yuridik due diligence;



157 - 
- moliyaviy va soliqlar bo‘yicha due diligence
- auditorlik hisobotlarini tayyorlash; 
- aktivlarni baholash;
- anderrayterlar bilan shartnomalar tuzish va anderrayter 
mukofoti; 
- aksiyalar emissiyasi va ularni ro‘yxatdan o‘tkazish xarajatlari; 
- soliqlar, bir martalik yig‘imlar va boshqa xarajatlar.
Eng ko‘p xarajat talab qiladigan jarayon bu kompaniya moliyaviy 
holatining ishonchliligini tekshirish jarayonidir.
IPO o‘tkazish bo‘yicha asosiy xarajatlardan biri Xalqaro fond 
birjalariga listing uchun dastlabki to‘lovlar va har yillik badallar 
hisoblanadi. Quyida xalqaro fond birjalarida amal qiluvchi listing 
uchun dastlabki va har yillik badallarni keltirib o‘tamiz (11.2-jadval). 
11.2-jadval 

Yüklə 15,56 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   66   67   68   69   70   71   72   73   ...   186




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin