-
154 -
darajasiga erishish imkoniyatini pasaytirishi mumkin. Kompaniya o‘z
ichki imkoniyatlarini tahlil qilgan holda
IPO operatsiyalarini amalga
oshirish to‘g‘risida qaror qabul qilgandan keyin,
tayyorgarlik
jarayonini boshlaydi. Bu jarayon bir necha yillarni o‘z ichiga qamrab
olgan to‘rtta bosqichni o‘zida aks ettiradi. Har bir bosqich haqida
quyida to‘xtalib o‘tamiz.
Birinchi bosqichda
tashkilotchilar va IPO ishtirokchilari guruhi
tuziladi hamda ular tomonidan kompaniya
moliyaviy strategiyasi
belgilanadi va mos ravishda biznes-reja ishlab chiqiladi. Shuningdek,
kompaniya tayyorgarlik darajasi moliyaviy tomondan baholanadi. Bu
jarayonda xalqaro standartlar asosida moliyaviy hisobotlar tayyor-
lanadi.
Ikkinchi bosqichda
tashqi
hamkorlar, maslahatchilar,
yirik
potensial investorlar tomonidan kompaniya moliyaviy holatining
ishonchliligini tekshirish (ingl. “due diligence”)
jarayoniga katta
e’tibor qaratiladi. Bu jarayon o‘z ichiga oladigan jihatlar quyidagi
jadvalda keltirilgan (11.1-jadval).
11.1-jadval
Kompaniya moliyaviy holatining ishonchliligini tekshirish
Dostları ilə paylaş: