Oʻzbekiston respublikasi oliy va oʻrta maxsus ta’lim vazirligi toshkent moliya instituti



Yüklə 15,56 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə85/186
tarix14.12.2023
ölçüsü15,56 Kb.
#176885
1   ...   81   82   83   84   85   86   87   88   ...   186
Дарслик Korporativ moliya (2)

Moliyaviy tahlil va 
baholash 
Audit va moliyaviy 
tekshiruv 
Huquqiy hamkorlik va 
hamrohlik 
1. Amalga oshiradigan mutaxassislar 
........ 
...... 
....... 
2. Jamoaning ish maqsadi 
........ 
...... 
....... 
3. Amalga oshiriladigan ishlar 
........ 
...... 
....... 
4. Ish natijalari 
........ 
...... 
....... 
 
3. Yetakchi xalqaro fond birjalarining listing talablarini o‘rganing 
(obyektlar darsdan bir hafta oldin talabalarga beriladi). 
 
 



176 - 
 
 
 
XII BOB. KAPITAL TARKIBI VA BAHOSI 
 
12.1. Kapital tarkibi va bahosi tushunchasi 
Bozor iqtisodiyoti sharoitida resurslarning asosiy turlari hisoblan-
gan moddiy, mehnat va moliyaviy resurslarsiz tadbirkorlik faoliyatini 
yuritish mumkin emas. Bu resurslar, oʻz navbatida, tekin emas. Ularni 
qidirib topish, jalb qilish, boshqarish va boshqa jihatlar ma’lum bir 
xarajatlarni talab qiladi. Oʻxshash xarajatlarni ratsional va samarali 
boshqarish koʻp jihatdan korxona moliyaviy faoliyati yakuniy 
natijalarini oldindan belgilab beradi. Foydalanilgan resurslarning 
qiymatini oshirish orqali loyihalarni amalga oshirish natijasida 
daromad olingan holatlarda korxonada qoʻshimcha qiymat yaratiladi 
va samarali ishlayotgan hisoblanadi. 
Moliyaviy resurslar ham bundan mustasno emas. Bozor 
iqtisodiyoti sharoitida korporativ moliyada turli xil moliyalashtirish 
manbalaridan keng doirada foydalanish imkoniyati mavjud. Bunda 
korporativ moliyaviy boshqaruvning asosiy vazifasi korxona bozor 
qiymatini maksimallashtirish va mulkdorlar moliyaviy barqarorligi 
yanada oʻsishini ta’minlovchi faoliyatni moliyalashtirish manbalari-
ning optimal variantini topish hisoblanadi. Shuning uchun korxona 
moliyaviy-xoʻjalik faoliyati uchun zarur moliyaviy resurslarni jalb 
qilish, ularning optimal tarkibini belgilash, foydalanish uchun 
toʻlovlar borasida qaror qabul qilish masalalari bugungi kun 
korporativ moliya nazariyasi va amaliyotining keng qamrovli 
masalalaridan biri sanaladi.
Qayd etib oʻtish kerakki, korporativ tuzilmalarning moliyaviy 
strukturasini shakllantirishga doir turli xil nazariyalar, konsepsiya va 
yondashuvlar amal qilsada, bu borada yagona xulosaga hali-hamon 
kelinmagan. Lekin boshqa tomondan, kapital tarkibi nazariyasining 
asosiy qoidalarini bilish biznesni moliyalashtirish va qoʻshimcha 



177 - 
qiymat yaratish tamoyillarini chuqur anglash kapital tarkibini 
optimallashtirish boʻyicha samarali boshqaruv qarorlarini qabul qilish 
imkonini beradi.
Korxona
 
oʻz faoliyati uchun turli manbalardan zaruriy kapitalni 
oladi. Bu jarayonda foydalaniladigan kapital manbalari jalb qilish 
shakli va bahosi boʻyicha oʻzaro farqlanadi. Shunga qaramasdan 
oʻxshash jihatlariga koʻra kapital manbalari umumiy holatda xususiy 
va qarz kapitaliga boʻlinadi. Bunday bogʻliqlikdan kapital tarkibi 
tushunchasi korxonani moliyalashtirishda xususiy kapital va qarz 
kapitali oʻrtasidagi oʻzaro nisbatni anglatadi. 
Kapitalni jalb qilish uchun toʻlov keng qamrovga ega hisoblanadi. 
Biror bir korxonaga mablagʻ qoʻyishda mulkdorlar belgilangan daro-
madlarni dividend koʻrinishida olish yoki kapital oʻsib borishini 
hisob-kitob qiladilar. Oʻz navbatida, kreditorlar olinadigan foizli 
daromadlarni hisob-kitob qiladilar. Hattoki, mavjud mablagʻlardan 
foydalanish rad etilganda ham korxona tomonidan mablagʻlarni qayta 
joylashtirish qoʻshimcha xarajatlarning yuzaga kelishiga sabab 
boʻladi. Shunday qilib, bozor iqtisodiyoti sharoitida tekin kapital 
manbalari boʻlmaydi. 
Ma’lum bir kapital manbasidan foydalanish hisobiga toʻlanishi 
lozim boʻlgan umumiy summa va kapital hajmi oʻrtasidagi nisbatning 
foizlarda aks ettiriladigan miqdori kapital bahosi (Cost of Capital – 
CC) deb ataladi. 
𝐾𝑎𝑝𝑖𝑡𝑎𝑙 𝑏𝑎ℎ𝑜𝑠𝑖 =
𝐾𝑎𝑝𝑖𝑡𝑎𝑙 𝑒𝑔𝑎𝑠𝑖𝑔𝑎 𝑡𝑜
ʻ
𝑙𝑜𝑣𝑙𝑎𝑟
𝐽𝑎𝑙𝑏 𝑞𝑖𝑙𝑖𝑛𝑔𝑎𝑛 𝑘𝑎𝑝𝑖𝑡𝑎𝑙
× 100%.
 
Mos ravishda korxona kapitalining umumlashgan bahosi uning 
alohida komponentlari bahosi qoʻshilgan holda aniqlanadi. 
Korporativ moliyani boshqarishda kapital bahosi asosiy koʻrsat-
kichlardan biri hisoblanadi va quyidagilarni hal qilishda keng 
foydalaniladi: 
- investorlar tomonidan qoʻyilgan mablagʻ boʻyicha talab qilina-
digan qaytimni oʻzida aks ettiradi; 



178 - 
- investitsiyalarning bir necha xil variantlaridan birini toʻgʻri 
tanlash imkonini beradi; 
- moliyalashtirish manbalari tarkibini boshqarishning asosi 
hisoblanadi; 
- korxona faoliyatining va mulkdorlar uchun qoʻshimcha qiymat 
yaratishning samaradorligini oshirish richaglaridan biri sifatida yuzaga 
chiqadi va boshqalar. 
Amaliyotda asosiy murakkablik mos manbalardan olinadigan 
kapitalning alohida komponentlari bahosini aniqlashda kuzatiladi. 
Ba’zi manbalar uchun kapital bahosini aniqlash birmuncha oson. 
Masalan kreditlar boʻyicha kredit shartnomasida keltirilgan foiz 
toʻlovlari, yoki obligatsiyalar boʻyicha emissiya prospektida qat’iy 
belgilangan foiz stavkasi kapital bahosini oʻzida ifodalaydi. Boshqa 
aksariyat manbalar boʻyicha esa kapital bahosini aniqlash birmuncha 
murakkab hisoblanadi va aniq hisoblash imkoniyati mavjud emas. 
Lekin taqdim etilgan kapitaldan foydalanish hisobiga kapital egasi 
tomonidan talab qilinadigan toʻlovlar, jalb qilish bilan bogʻliq 
xarajatlar (emissiya xarajatlari, kredit shartnomasini rasmiylashtirish, 
sugʻurtalash, garov, maslahatchilar jalb qilish va boshqa xarajatlar) 
korxona tomonidan aniqlanishi mumkin. Kapital bahosi mablagʻlarni 
jalb qilish uchun sarflanadigan vaqt va risk omillari ta’sirini 
baholashni ham taqozo etadi.
Lekin, e’tibor qaratish talab etiladigan darajada murakkabliklar,
aniqlik darajasini pasaytiruvchi obyektiv va subyektiv omillar 
mavjudligiga qaramasdan kapital yoki uning alohida komponentlari 
bahosini aniqlash, hech boʻlmaganda taxminiy bahosini belgilash 
masalasiga korporativ moliyani boshqarish amaliyotida moliyaviy 
boshqaruv oldidagi oʻtkir zarurat sifatida qaralishi lozim. Bu jihatni 
moliyaviy boshqaruvchilar tomonidan korxona va uning boʻlinmalari 
faoliyat samaradorligini baholash investitsion samaradorlikni baholash 
kabi muhimligi bilan izohlash mumkin. 
Korporativ moliya amaliyotida keng tarqalgan kapital manbalari 
bahosini aniqlashning konseptual yondashuvlarini quyida koʻrib 



179 - 
chiqamiz. Shuningdek, bu jarayonda foydalaniladigan metodlar va 
modellarga alohida toʻxtalib oʻtamiz. 

Yüklə 15,56 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   81   82   83   84   85   86   87   88   ...   186




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin