Oʻzbekiston respublikasi oliy va oʻrta maxsus ta’lim vazirligi toshkent moliya instituti


 Moliyalashtirishning qarz manbalari



Yüklə 15,56 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə86/186
tarix14.12.2023
ölçüsü15,56 Kb.
#176885
1   ...   82   83   84   85   86   87   88   89   ...   186
Дарслик Korporativ moliya (2)

12.2. Moliyalashtirishning qarz manbalari
bahosini aniqlash 
Korxona kapitalini shakllantirishning uzoq muddatli qarz 
manbalari an’anaviy turlari sifatida bank kreditlari, obligatsiyalar,
lizing va boshqalarni keltirish mumkin. 
Aksariyat qarz manbalarining manbasi haqiqatda jalb qilingan 
summa va uning qoplanishi boʻyicha toʻlovlar oqimi asosida 
aniqlanishi haqida yuqorida ham ta’kidlandi. Buning uchun bizga 
ma’lum boʻlgan pul oqimlari boʻyicha daromadlilikning ichki me’yori 
(
IRR
)ni hisoblash formulasidan foydalanamiz. 

𝐶𝐹
1
(1+𝑅)
𝑡
− (𝐷
0
− 𝑇𝐶) = 0,
𝑁
𝑡=1
8.1 
bu yerda, 
CF
1
– pul oqimi (qoidaga koʻra annuitet); 
R
– qarz mablagʻining toʻliq qiymati (mazkur toʻlovlar oqimlari 
boʻyicha daromadlilikning ichki me’yori, 
IRR
); 
N
– toʻlovlar umumiy soni; 
D

– t = 0 davrda jalb qilingan qarz mablagʻi miqdori; 
TC – qarz mablagʻini olish bilan bogʻliq jami xarajatlar miqdori. 
Umumiy holatda har qanday qarz mablagʻining muhim 
xususiyatlaridan biri sifatida qarz mablagʻlari boʻyicha toʻlanadagigan 
foiz toʻlovlarining foyda soligʻi boʻyicha soliqqa tortiladigan bazadan 
chegirilishi yoki mahsulot tannarxiga kiritilishini keltirish mumkin. 
Shuning uchun 1-formuladan olingan 
R
miqdor mazkur natijani aks 
ettirish maqsadida (1 – 
T
) koʻpaytuvchiga toʻgʻrilanadi. 
Shunday qilib, qarz kapitalining yakuniy bahosi toʻlanadigan 
foyda soligʻi ta’sirini hisobga olgan holda quyidagicha aniqlanadi: 
k
D
 = R 
x (1 – 
T
), 
bu yerda, 
k

– qarz kapitali bahosi; 
T – 
foyda soligʻi stavkasi. 
Misol koʻrib chiqamiz. 



180 - 
Korxona nominal qiymati 1000 birlikka teng, qoplash muddati 10 
yil, yillik kupon stavkasi 10% va bir yilda bir marta toʻlanadigan 
obligatsiya muomalaga chiqardi. Emissiya hajmi – 100 000 dona. 
Obligatsiyalar 
nominalga 
nisbatan 
93,2% 
kurs 
boʻyicha 
joylashtirilgan. Har bir obligatsiyani muomalaga chiqarish boʻyicha 
xarajatlar 50 birlikni tashkil etgan. Foyda soligʻi stavkasi 20%. Qarz 
mablagʻi qiymatini aniqlang. 
Masala ma’lumotlarini 1-formulaga qoʻyib chiqamiz 

100
(1 + 𝑅)
𝑡
+
1000
(1 + 𝑅)
10
− (932 − 50) = 0.
10
𝑡=1
Mazkur tenglikni yechish 0,1210 ga teng boʻlgan miqdorni beradi 
(tekshirib koʻrish kerak). Shunda foyda soligʻini hisobga olgan holda 
obligatsion qarz qiymati 2-formulaga asosan 
k
D
 = 
0,1210
 
x (1 – 0,2) = 0,0968 = 9,68%. 
1-formuladan va keltirilgan misoldan koʻrinib turibdiki, soliqni 
hisobga olmasdan obligatsiyaning oldingi bahosi amaliy jihatdan 
uning haqiqiy bahosiga va istisno ravishda aniqlanadigan pul oqimiga 
bogʻliqlik kasb etmaydi. Oʻz navbatida, 2-formulaga muvofiq 
obligatsiyaning haqiqiy bahosi amaliyotda uni jalb qilishga ketgan 
xarajatlarni ham hisobga olgan holda nominaldan (kapital egasi talab 
qiladigan nominaldan ham) past narxda boʻlib koʻrinadi. Qarz kapitali 
qiymatini pasaytirishning koʻrib chiqilayotgan ta’sir natijasi “soliq 
orqali himoya” deb yuritiladi. Lekin agarda firma zarar bilan 
ishlayotgan boʻlsa, qarz kapitali bahosi moliyaviy xarajatlarga 
mustasno ravishda real imkoniyatlar yoʻqligi sababli oʻzgarmaydi.
Qarz mablagʻlari jalb qilish orqali moliyalashtirishda kapital 
bahosini aniqlashda 1-formulaga universal yondashuv sifatida 
qaraladi. Shuning uchun lizing, veksel, kreditlar boʻyicha ham kapital 
qiymatini baholashda 1-formuladan foydalanish mumkin. Qarz 
mablagʻlari hisobiga moliyalashtirishning murakkab instrumentlari 
hisoblangan 
konversiyalanadigan 
yoki 
chaqirib 
olinadigan 
obligatsiyalar va boshqalar boʻyicha kapital qiymatini baholash 
birmuncha murakkab jarayon hisoblanadi.



181 - 
Kredit bahosi haqida soʻz yuritganda qarz oluvchi tomonidan 
kredit jalb qilish va undan foydalanish uchun toʻlanadigan barcha 
xarajatlarni nazarda tutish lozim. Boshqacha aytganda, kredit bahosi 
tarkibiy jihatdan kredit shartnomasida belgilangan kredit foiz stavkasi 
va bank tomonidan belgilangan qoʻshimcha toʻlovlar, biznesni 
rejalashtirish boʻyicha boshqa xarajatlardan tashkil topadi. Bank 
tomonidan joriy etilgan kredit boʻyicha toʻlovlarga kredit 
buyurtmasini koʻrib chiqish va kreditni rasmiylashtirish uchun haq, 
kredit berganlik uchun vositachilik haqi, kredit hisobvaragʻini yuritish 
va uni boshqarish uchun toʻlov, kredit boʻyicha oʻtkaziladigan 
toʻlovlar boʻyicha komission haq, mijoz majburiyatlari oʻz vaqtida 
toʻliq bajarilmagan holatlarda toʻlanadigan penya kabilarni kiritish 
mumkin. Kredit bahosiga ta’sir qiluvchi tashqi omillar sifatida 
mamlakatdagi (hududdagi) ijtimoiy-siyosiy holat, Markaziy bankning 
pul-kredit siyosati, qayta moliyalash stavkasining oʻzgarishi,
banklararo raqobat muhiti, kreditga boʻlgan talab darajasi 
(iqtisodiyotda kreditning tutgan oʻrni), inflyatsiya darajasi, byudjet-
soliq siyosati (soliq yuki darajasi) va boshqalarni keltirish mumkin. 
Ichki omillar sifatida esa tijorat banklarining kredit siyosati, foiz 
siyosati, jalb qilingan moliyaviy resurslarning miqdori va qiymati
qarz oluvchining moliyaviy holati va kredit tarixi, kredit ta’minoti, 
risklilik darajasi, kredit muddati va toʻlash shartlari, kredit 
berilayotgan valyuta, kredit miqdori va boshqa shu kabilarni keltirish 
mumkin.
31

Yüklə 15,56 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   82   83   84   85   86   87   88   89   ...   186




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin