Jamoat organlari jamoalarda sog’lash, ijodiy muhit yaratishda, ishlab
chiqarishda uyushqoqlik va intizomni mustahkamlashda ma’muriy organlarga
kqmaklashib, ma’naviy- ma’rifiy ishlar bilan ham shug’ullanadilar.
O’zbekiston Respublikasining “Fuqarolarning o’zini-o’zi
boshqarish
organlari to’g’risida”gi qonunining (06.09.199) 1-moddasida o’zini-o’zi
boshqarish organlari haqida quyidagicha yozilgan:
“Shaharcha, qishloq va ovullarda, shuningdek ular tarkibidagi mahallalarda
hamma shaharlardagi mahallalarda fuqarolarning yig’inlari o’zini o’zi boshqarish
organlari bo’lib, ular ikki yarim yil muddatga raisni (oqsoqolni) va uning
maslahatchilarini saylaydi”.
O’zini o’zi boshqarish organlari jamiyat va davlat
ishlarini boshqarishda
qatnashishga doir o’z huquqlarini ro’yobga chiqarishlarida fuqarolarga
ko’maklashadi, o’z xududlaridagi ijtimoiy va xo’jalik vazifalarini hal etish,
ommaviy-madaniy tadbirlarni o’tkazish, davlat
hokimiyati va boshqaruv
organlariga O’zbekiston Respublikasi qonunlarini, O’zbekiston Respublikasi
hukumatining, xalq deputatlari Kengashlari va hokimlarning qarorlarini bajarishda
yordamlashish maqsadida fuqarolarni birlashtiradi.
O’zini o’zi boshqarish organlari xududiy printsip bo’yicha tuziladi. Ular ish
olib boradigan xududlarni fuqarolarning takliflariga ko’ra tuman,
shahar hokimi
belgilaydi, ushbu qaror keyinchalik tegishli xalq deputatlari Kengashi tomonidan
tasdiqlanadi.
Fuqarolarning yig’ini (yig’ilishi):
• o’zini o’zi boshqarish organiningfaoliyat dasturi hamda xarajatlar smetasi,
aholi punktlarini obodonlashtirish va sanitariya
holatini yaxshilashga doir
tadbirlar rejalarini tasdiqlaydi;
• rais (oqsoqol) va uning maslahatchilari ishining asosiy yo’na-lishlarini
belgilaydi, har yili ularning hisobotlarini tinglaydi;
• o’z xududidagi ijtimoiy infrastrukturani rivojlantirish uchun aholining,
tashkilot va muassasalarning mablag’larini ixtiyoriylik asosida birlashtirish
masalalari yuzasidan qarorlar qabul qiladi;
• pul mablag’lari sarflanishi ustidan nazorat qilishni tashkil etadi, zarur
bo’lganida taftish komissiyasi tuzadi va ushbu komissiya to’g’risidagi
nizomni tasdiqlaydi;
• qonunlarda belgilangan tartibda o’z xududida kichik kor-xonalar,
kooperativlar, ustaxonalar, xalq hunarmandchiligi
tsexlarni tashkil etish
masalalarini ko’rib chiqadi;
• yig’inning, ma’muriy-xududiy tuzilmalarning chegaralarini o’zgar-tirishga,
kqcha, maydon va boshqa joylarning nomini o’zgartirishga doir masalalrni
ko’rib chiqadi hamda tegishli davlat organlariga takliflar tayyorlaydi;
O’zbekiston Respublikasining qonunlariga muvofiq boshqa vako-latlarni
amalga oshiradi.
Dostları ilə paylaş: