Oʻzbekiston respublikasi oliy va oʻrta maxsus ta’lim vazirligi toshkent moliya instituti iqtisodiyot fakulteti



Yüklə 0,75 Mb.
səhifə68/102
tarix14.12.2023
ölçüsü0,75 Mb.
#180047
1   ...   64   65   66   67   68   69   70   71   ...   102
Iqtisodiyot fakulteti “Menejment” kafedrasi-fayllar.org

3. Firmaning maqsad va vazifalari
Xar bir firmaning o’z oldiga qo’ygan maqsad va vazifalari boshqaruv-chilarni
har doim o’ylantirib yuradi va tabiiyki boshqaruvchi bu vazi-falarga javobgar
bo’ladi. Bu tizim vazifalarni echish metodikasi sifatida mashhurdir. Misol
tariqasida «Interneyshnl minerals end klinikal kor-poreyshn» firmasini olaylik. Bu
firma mineral o’g’itlar va er uchun ke-rakli har xil moddalar ishlab chiqarish bilan



shug’ullanadi. Firma o’zining dasturini mineral o’g’itlar ishlab chiqarish bilangina


emas, balki dunyoda ocharchilikka qarshi kurash shiori ostida olib bordi. Bu
dastlab shuni anglatadiki, firma qishloq xo’jaligida samaradorlikni oshirish uchun
o’z dasturini olib bordi. Qishloq xo’jaligi samaradorligini oshirish uchun esa yangi
o’g’itlar va kuchli moddalar kerak. Shu tariqa vazifasining asosiy maqsadi firma
daromadini oshirish bo’ladi. Firma daromadini ishlab chiqarish uchun oshirish
yoki yangi mahsulotlarni sotuvini ko’paytirish va firma xarajatlarini kamaytirish
bilan oshirish mumkin. Mahsulot sotuvi hajmini oshirish, bozorni egallash yoki
chet el bozorlariga kirish yo’li bilan ham olib borish mumkin. Bu kabi vazifalar
firmaning marketing sohasidagi asosiy vazifalari hisoblanadi. Bu marketing
vazifalarini amalga oshirish uchun mos keladigan strategik marketing ishlab
chiqarish kerak. Bozorni egallash uchun, bozorda xaridor talab qiladigan
mahsulotni ishlab chiqarish kerak. Chet el bozorlariga chiqish uchun esa, albatta,
narx-navoni tushirish va oshirish, jahon standartlariga javob beradigan mah-sulotni
ishlab chiqarish va chet el bozorida faoliyat yuritayotgan firmalar bilan raqobat
qila olishi kerakdir. Shu tariqa keng ma’noda strategiya marketingi ifoda etiladi.
Xar bir sohada marketing strategiyasini to’liq jihatdan ifodalash kerak.
Misol, mahsulot ishlab chiqarish va sotuvning hajmini oshirish uchun, ish
kuchini ko’paytirish, ishchilar sonini oshirish va reklamani ham jadallashtirish
kerak bo’ladi. Shuning uchun ham bir yo’nalishga alohida strategiya ishlab chiqish
kerak. Shunda firma o’zining aniq vazifalariga ega bo’ladi. Bozorda firmaning o’z
hissasini oshirish «vazifasi» yil oxirida bozorda firmaning 45% hissasini oshirish
vazifasiga ko’ra aniqroq ifoda etiladi. Boshqaruvchilar «maqsad» iborasini
vazifasini ifodalash, ko’rsatkichlar va yilni aniqlash sifatida ishlatiladi. Firma
maqsadidagi vazifalar keyingi bosqichlardagi rejalashtirish va nazoratni
osonlashtirdi.
«Interneyshnl mineral end klinikal korporeyshn» firmasi o’g’itlarini ishlab
chiqarish ierarxiyasi (8.1-rasm).

8.1-rasm





Faoliyat dasturi


Dunyoda ochlikka qarshi kurash
Firmaning vazifasi
Qishloq xo’jaligi mahsulotini o’sishini
ta’minoti
Marketing vazifasi
Bozorda
firmaning
hissasini oshishi
Chet el bozoriga chiqish
Marketing strategiyasi
Tovarlarning bozorda
ko’proq sotilishini
ta’minlash
Narxni tushirish va yirik
raqobatchi firmalar bilan
kelishuv
Янги минерал ўғитларни
ишлаб чиқариш
изланишлари
Янги изланишлар олиб
бориш молиялашда
даромадни ошириш
Сотувнинг ўсиши
Харажатларнинг
камайиши





Xo’jalik portfelini rivojlantirish rejasi. Strategik rejalashtirishda asosiy
xususiyat firmaning vaziyati va firmaning ishlab chiqarish strukturasiga kiradigan
butun xususiyatlar haqida boradi.
Ushbu tahlil ishlab chiqarishdagi aniq yo’llarni topish va ular bilan nima
qilish kerakligini ko’rsatadi. Firma o’zining asosiy maqsadlarini yaxshi foyda
keltirishga va rentabellik ishlab chiqarishga sarflashni va zaif bo’lgan sohalarni
kamaytirish yoki to’xtatishni xohlaydi. Shu tariqa firma o’zining xo’jalik portfelini
har doim jangovar holatga tayyorlab, o’z kuchini aniq yo’naltirgan maqsadli ishlab
chiqarishga qaratadi.
Misol sifatida «Jeneral elektrik» firmasining xo’jalik portfelini olaylik. Bu
firmani xo’jalik portfelini tahlil qilganimizda uning ko’rsatkichlarini ikki alohida
sohada ko’rishimiz mumkin.
Bu korporatsiyaning bozordagi ulushi, uning daromadining o’sishi,
raqobatdoshlik va mahsulot tannarxining tushishi firma uchun aniq baho
hisoblanadi. Firmaning qudratini, uning bozordagi hissasini ko’rsatkichlardan ham
bilishimiz mumkin, ya’ni firmaning xo’jalik portfeli yaxshi rivojlantirilgan. Bu
tahlil asosida firma o’z faoliyat mablag’larini boshqa alohida ishlab chiqarish
kuchlariga ishlatadi. Buning natijasida bu firma juda ko’pgina firmalarda yuqori
faoliyat asosida ish olib boriladi.


Yüklə 0,75 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   64   65   66   67   68   69   70   71   ...   102




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin